Budjet taqchilligi va uning ko‘rinishlari. Har bir davlat budjetning
daromad qismi bilan xarajat qismlarining teng bo‘lishini ta’minlashga
harakat qiladi. Ammo amalda ko‘p holatlarda xarajat daromadga nisbatan
yuqoriroq bo‘ladi. Natijada budjet taqchilligi yuzaga keladi. Uning paydo
bo‘lishi bir qator sabablarga bog‘liq:
ishlab chiqarishning pasayishi;
ijtimoiy dasturlarga ko‘zlangan xarajatlardan ko‘proq sarflash;
76
mudofaaga xarajatning oshib ketishi;
yashirin (xufyona) iqtisodiyotning ko‘payishi.
Budjet kamomadining
strukturaviy, davriy va
amaldagi ko‘rinishlari
mavjud.