67
7.4. Pul-kredit sektori tahlili uslubiyati
7.4.1. Pul-kredit sohasining hisoblarini yuritish. Moliya
tizimining tarkibi. Pul-kredit tizimi statistikasi asosida hisobga olish
tamoyillari. Pul-kredit tizimini boshqarish idoralari. Pul-depozit
banklari. Pul-kredit sharhi
Asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir
qancha sabablarga ko‘ra muhim rol o‘ynaydi.
Birinchidan, asosida pul yotgan bozor iqtisodiyotida moliyaviy tizim
sektorlararo resurslar oqib o‘tadigan vositachi vazifasini bajaradi. Pul-
kredit sektori iqtisodiyotdagi barcha moliyaviy oqimlar bo‘yicha hisob-
kitob markazi hisoblanib, ushbu sektorning hisoblarida moddiy
resurslarni sektorlararo harakatini ifodalaydigan oqimlar dinamikasini aks
etadi.
Ikkinchidan, pul-kredit hisoblari ochiq iqtisodiyotni makroiqtisodiy
tahlil qilishda markaziy rol o‘ynaydigan o‘zgaruvchilar (pul, kredit,
xorijiy aktivlar va passivlar kabi) holatini ifodalaydi. Bu
o‘zgaruvchilarning daromadlar, narxlar va TBning holatiga ta’sir
mexanizmini tushuntirishi uchun bir qancha turli klassik va hozirgi zamon
iqtisodiy nazariyalari ishlab chiqilgan. Ushbu paragrafda TBga monetar
yondashish uchun asos bo‘lgan pul-kredit sohasidagi hisobga olish
kategoriyalari ko‘rib chiqilgan. Pul-kredit sohasining hisoblar tizimi
yetarli darajada keng va moslanuvchan bo‘lgani uchun pul, narxlar va
TBning turli nazariyalarga asoslangan tahlil ishlarida foydalanish
mumkin.
Uchinchidan, barqarorlik dasturlari doirasida biror-bir mamlakatda
shakllangan muayyan holatlarni hisobga olgan turli xil vosita va
yondoshishlardan foydalaniladi. Ushbu dasturlar nazariy asoslarining
markaziy elementi bo‘lib pul-kredit agregatlari va soliq-budjet
operatsiyalari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar (albatta, TBning yakuniy
holatini hisobga olgan holda) hisoblanadi. Shu sababli, pul-kredit sektori
hisoblarining tarkibi va holati to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lish,
barqarorlashtirish dasturining asosi hisoblanmish pul-kredit tahlilida juda
muhimdir.
Va nihoyat, to‘rtinchidan, pul-kredit hisoblari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni odatda minimal xarajatlar bilan olish mumkin. Hattoki,
rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ham
iqtisodiyotning holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar yetishmasligiga
qaramasdan, pul-kredit sektori bo‘yicha ma’lumotlar makroiqtisodiy
68
statistikaning eng ishonchli qismi ekanligi, mamlakatdagi joriy holatni
kuzatishda iqtisodiy siyosat olib boradigan idoralar uchun katta
ahamiyatga egadir. Shunga ko‘ra, barqarorlashtirish dasturlarini amalga
oshirish jarayonida umumlashtiruvchi moliyaviy ko‘rsatkichlar ko‘pincha
bazis mo‘ljallari va me’yorlari bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: