Max + plus II avtomatik loyihalash tizimi. Kombinatsion sxemalarni tahlil qilish va sintez qilish


Grafik muharrirda elementlarning bog‘lanishi



Download 3,19 Mb.
bet3/4
Sana30.11.2022
Hajmi3,19 Mb.
#875535
1   2   3   4
Bog'liq
3-Mavzu (ma\'ruza)

Grafik muharrirda elementlarning bog‘lanishi jismoniy yoki mantiqiy bo‘lishi mumkin.
Elementlarning jismoniy bog‘lanishi o‘tkazgichlar yoki shinalar yordamida amalga oshiriladi. Elementlarni jismoniy bog‘lash uchun kursorni elementning chiqishiga olib boriladi, sichqonchaning chap tugmachasini bosib, uni ushlab turgan xolda boshqa ulanishi kerak bo‘lgan element chiqishiga qarab tortib boriladi. Bu holda kursor xoch (krestik) shaklini oladi. O‘tkazuvchilar ingichka chiziq ko‘rinishida, shinalar esa qalin chiziq ko‘rinishida chiziladi, chiziq turi Options/Line Style menyusidan tanlab o‘rnatiladi. O‘tkazgichning o‘rnini sxemada joylash uchun chap tugmachani qisqa vaqtga qo‘yib yuborish bilan amalga oshiriladi.
O‘tkazuvchilarning yoki shinalarning mantiqiy ulanishi bir xil nomlarni berish orqali amalga oshiriladi. Nomni kiritish uchun zanjir (o‘tkazgich yoki shina)ni tanlash kerak, kursorni sxemaning tanasiga qo‘yish va sichqonchaning chap tugmasini bosish kerak. Tanlangan zanjir (sxema) qizil rangga ega bo‘ladi va kursor miltillovchi qora kvadratga o‘zgaradi, bu esa matn kiritish mumkinligini bildiradi. Klaviaturadan zanjir (sxema) nomini kiritiladi va Enter tugmasini bosiladi.
Hech qanday zanjirga (sxemaga) ulanmagan elementga nom berish mumkin emas. Nomlanishi mumkin bo‘lgan hech bo‘lmaganda qisqa o‘tkazgichni yoki shinani tasvirlash zarur.
Parallel ikkilik kodlarni uzatish uchun shinalar ishlatiladi. Nomdan keyingi shina belgisi kvadrat qavs ichida ikkita nuqta bilan ajratilgan yuqori va quyi razryadlarning indekslarini o‘z ichiga oladi, masalan: d[2..0] – o‘tkazgichlarni o‘z ichiga olgan 3-razryadli shinaning belgisi: d2 , d1, d0.
Sxemalarni kiritish va tahrirlash uchun mo‘ljallangan uskunalar (asboblar) paneli grafik muharrir ekranining chap tomonida joylashgan (3-rasm). Ko‘rsatkich bilan tanlangan tugmaning maqsadi ingliz tilida ekranning pastki qismida holat satri (строка состояния)da ko‘rsatiladi.
1 – ob’ektni tanlash;
2 – tushuntirish matnini kiritish;
3 – ortogonal chiziqlarni kiritish;
4 – ixtiyoriy burchakli chiziqlarni kiritish;
5, 6 – mos ravishda yoylar va doiralarni kiritish;
7, 8 – tasvir masshtabini o‘zgartirish;
9 – sxemaning butun varag‘ini ko‘rsatish;
10 – zanjirlarning kesishish nuqtasi holatini o‘zgartirish;
11, 12 – rejimni yoqish va o‘chirish
3-rasm. Sxemani tahrirlash uskunalar (asboblar) paneli.

1 ob’ektini tanlash (sxemaning elementi yoki fragmentini) ko‘chirish va nusxalash uchun xizmat qiladi. Bu sxemalarni kiritish va tahrirlashda asosiy rejim. Bu rejimga boshqa har qanday rejimdan qaytib o‘tish Esc tugmasi orqali amalga oshiriladi.


Ushbu rejimda belgilarni simvollarni belgilash, sichqonchaning chap tugmachasini bosib ushlab turgan xolda esa o‘tkazgichlar yoki fragmentlar qismlarini siljitish (joyini o‘zgartirish), o‘chirish – Delete, nusxalash – Ctrl+C va nusxa olingan elementlarni joylashtirish – Ctrl+V mumkin. Sichqonchaning o‘ng tugmasi tanlangan element uchun mavjud funktsiyalarning kontekst menyusini ochadi.
O‘tkazuvchilar ingichka uzluksiz chiziq bilan, shinalar esa qalin chiziq bilan tasvirlanadi. Chiziq turi Options/Lint Style uskunalar (asboblar) paneli ro'yxatidan tanlanadi.
Sxemalarni kiritishda bog‘lanishlarni nazorat qilish imkonini beruvchi mumkin bo‘lgan eng katta masshtabni tanlash tavsiya etiladi. Masshtabni kichraytirish elementlarning joylashishini o‘zgartirganda ishlatiladi.
Sxemalarning kesishish nuqtasi holatini qarama-qarshi 10 ga o‘zgartirish uchun birinchi navbatda manipulyatorning ko'rsatgichi bilan o‘tkazgichlarning kesishish nuqtasini belgilanadi. Har bir tugmaning bosilishi o‘tkazgichlarning kesishgan ulanish nuqtasini o‘rnatadi yoki olib tashlaydi. O‘tkazgichlarning ulanishlarsiz kesishib o‘tish joyida nuqta qo‘yilmaydi, o‘tkazgichlarni o‘zaro ulashda esa nuqta qo‘yiladi.
Rezinali o‘tkazgichlar (Rubberbanding) 11, 12 – rejimini yoqish yoki o‘chirish – elementlarni siljtishda zanjirlar (shinalar) uzluksizligini ta’minlaydi. 12-tugma orqali faollashtirilgan rejim sxemani alohida elementlarga "demontaj qilish" (ajratish) va ulardan yangi sxema qurish imkonini beradi.
Grafik muharrirda kiritilgan sxema 4-rasmda ko‘rsatilgan. Mantiqiy elementlar va terminallarning sxemadagi joylashuvi muhim emas. Ixcham tartib sxemalarni chop etishda masshtabni kattalashtirish imkonini beradi.

4-rasm. Grafik muharrirda s32_ks1 sxemasi.

Sxemaning INPUT terminalida kirish signallari 3 razryadli shina ko‘rinishida ifodalangan. Terminal belgisi kvadrat qavs ichida shina nomi va indeks oralig‘ini o‘z ichiga oladi: d[2..0]. Indeks - shinadagi o‘tkazgichning raqami. Kodning kichik razryadi indeksi odatda nolga teng deb olinadi. Elementlarning kirishlarini shinaga ulash mantiqiy ulangan. Elementning har bir kirishiga nomga ega qisqa o‘tkazgich ulangan. Nom o‘tkazgichni tasviridan keyin va miltillovchi kvadrat paydo bo‘lganidan keyin kiritiladi.


Sxemada shinaga kiruvchi o‘tkazgichlarni qanday belgilash kerakligi ko‘rsatilgan, o‘tkazgich nomi shina nomi va indeksidan iborat bo‘lib, bo‘sh joysiz yozilgan. d0, d1, d2 nomli o‘tkazgichlar d nomli shinaning mos razryadlariga ulangan hisoblanadi.
Berilgan sxemaga kirganda, prim kutubxonasida 3-kiruvchi xor elementi yo‘qligi aniqlandi, shuning uchun talab etilgan amal 2-kiruvchi elementlarida bajariladi.
Asosiy faylni o‘rnatish. Sxemani kiritgandan va tahrir qilgandan so‘ng File/Project/Set Project To Current File buyrug‘ini bajarish kerak (loyihani joriy faylga mos ravishda o‘rnatish). Bu buyruq loyihalash tizimining kompilyatoriga ishlash uchun loyiha nomini ko‘rsatadi. Bu nom Manager oynasining sarlavhasida (eng yuqori qismida) ko‘rsatiladi.
Kompilyatsiya. Kompilyator – loyiha ma’lumotlarining kiritilishi to‘g‘riligini tekshiradigan, tavsifning turli shakllarini bir xilda taqdim etishga olib keladigan, ishlab chiqilayotgan qurilmani mikrosxemaning ma’lum bir kataklariga joylashtiradigan dastur. Kompilyator MAX + plus II/Compiler buyrug‘ini bajarish, keyin Start tugmasini bosish bilan ishga tushiriladi.
Kompilyatsiya natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolar haqida xabar beriladi. Error (Xato) satriga ikki marta bosish sxemadagi xato joyini belgilab ko‘rsatish imkonini beradi.
Belgini yaratish. Muvaffaqiyatli kompilyatsiyadan so‘ng belgi yaratish mumkin. Buning uchun sxema ko‘rsatilgan grafik muharrir oynasini faollashtirish (ochish) va File/Create Default Symbol buyrug‘ini chaqirish kerak. Belgi nomi loyiha nomiga mos keladi va Enter Symbol oynasining Symbol Files ro‘yxatida paydo bo‘ladi. Agar xizmat oynalaridan biri faol bo‘lsa, u holda File/Create Default Symbol buyrug‘i mavjud bo‘lmaydi.
Strukturasi iyerarxik deb ataluvchi, boshqa loyihalarda ishlab chiqilgan qurilmalardan belgilarni boshqa sxemalarga qo‘yishda foydalanish mumkin.
File/Open va Set Project To Current File buyruqlari avval yaratilgan loyihalarni ishlarni davom ettirish maqsadida ishga tushurish imkonini beradi.
Signal muharririni ishga tushirish. Signal muharriri qurilmani sinab ko‘rish uchun mo‘ljallangan. U sinov vektori deb ataluvchi va sxemani modellashtirish natijasi xisoblanuvchi, qurilmaning kiruvchi signallari vaqtinchalik diagrammasini xosil qilish imkonini beradi. Signal muharriri MAX + Plus II/Waveform Editor buyrug‘i orqali ishga tushiriladi.
Vaqt diagrammasi faylini loyiha nomi bilan yozish. Signal muharriri ishga tushirilgandan so‘ng ochilgan nomsiz fayl Save As buyrug‘i bilan saqlanadi, loyiha nomi va *.scf kengaytmasi avtomatik ravishda o‘rnatiladi. Signal muharriri oynasida vaqt diagrammalarini ko‘rsatish uchun oyna yaratiladi.
Nazorat nuqtalarini tanlash. Kursorni vaqt diagrammalarining Name ustuniga qo‘yib, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va ochilgan menyudan Enter Nodes from SNF ni tanlanadi. Natijada, modellashtirish paytida nazorat nuqtalarini tanlash oynasi ochiladi, u yerdan List tugmasini bosish kerak.
Oynaning chap qismida mavjud tugunlar va guruhlar ro‘yxati paydo bo‘ladi, ular uchun terminallar diagrammada ko‘rsatilgan (Mavjud Nodes & Grouhs). Ushbu ro‘yxatdan kerakli tugunlarni tanlash yoki ro‘yxatlar orasida joylashgan strelkali tugmachani bosib, so‘ngra OK tugmasini bosish orqali chap ro‘yxatdagi barcha tugunlarni o‘ngga yo‘naltirishingiz mumkin.
Natijada signal muharriri oynasida vaqt diagrammalari tuziladi (5-rasm). Chapdagi Name ustuni terminal belgilari va signal nomlari o‘z ishiga oladi. Kirish terminali raz’em (gnezdo) sifatida ko‘rsatilgan va I (Input) harfi bilan belgilangan va chiqish terminali O (Output) harfi bilan shteker (vilka) sifatida ko‘rsatilgan. Shina terminali uchun razryadlar oralig‘i belgilangan. Signal muharriri oynasidagi vaqt diagrammalarining joylashuvini manipulyator ko‘rsatgichini port belgisiga o‘rnatgan holda va chap tugmani bosgan holda harakatlantirish orqali o‘zgartirish mumkin. Value ustunida signal qiymatlarini ko‘rsatiladi. Yaratilgan oynada dastlab x ga teng chiqish signallarining aniqlanmagan qiymatlarini ko‘rsatiladi.

5-rasm. Vaqt diagrammasi muharriri oynasi

Download 3,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish