Mavzy №11. Tushunchalarni shakllantiruvchi mantiqiy usullar Reja



Download 224,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana09.07.2022
Hajmi224,18 Kb.
#758939
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzy ¹11. Tushunchalarni shakllantiruvchi mantiqiy usullar Reja




Mavzy №11
. Tushunchalarni shakllantiruvchi mantiqiy usullar 
Reja:
 
1.Mantiq ilmining fanlar tizimidagi orni.
2.
Tushunchaning tilda ifodalanishi tuzilishi
: nom va termin
.
3. Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar
4. Fikr yuritishda tushunchalar bilan boglik xatoliklari 
I.Mantiq ilmining fanlar tizimidagi orni.
Talaba ushbu mavzuga tayyorgarlikda Sharipov 
M., Fayzixoʻjayeva D., Mantiq (maʼruzalar matni)da foydalanishini tavsiya etamiz
.
Mantiq arabcha 
so’zdan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “aql” ma'nosini anglatadi. Mantiq atamasi o’rta asrlarda Markaziy Osiyo va 
Yaqin Shrqda qo’llanilgan. Mantiq yunoncha “logika” atamasiga mos keladi. Logika “logos” so’zidan olingan bo’lib 
“so’z”, “fikr”, “nutq”,“aql” ma'nolarini anglatadi. Logikaga fan sifatida mil.av. IV asrda Aristotel asos 
solgan.Kundalik muomalada mantiq atamasi turli o’rinda biz tomonimizdan ko’p qo’llaniladi. Masalan: “fikrlar 
mantig’i”, “gap mantig’i”, “hatti-harakat mantig’i”, “narsalar mantig’i”, “voqealar mantig’i” kabi jumlalar biz 
tomonimizdan fikrimizni ifodalashda qo’llaniladi. Hozirgi davrda mantiq tushunchasi turli ma'nolarni anglatadi.
Birinchidan,
bu so’z ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalar rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatni anglatadi. Bu 
ob'ektiv mantiq deb ataladi. Ob'ektiv mantiq insonga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan moddiy olamni tashkil 
etuvchi narsalar, hodisalar, jarayonlar taraqqiyotidagi zaruriy qonuniyat, aloqa, munosabatlarni ifodalaydi. Shu 
sababli u “narsalar mantig’i” deb ham ataladi. 
Ikkinchidan,
mantiq fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlarni anglatadi. Bu qonuniyatlar 
sub'ektiv mantiq deb ataladi. Sub'ektiv mantiq bilan ob'ektiv mantiq uzviy bog’liqdir. Chunki ob'ektiv borliqdagi narsa 
va hodisalar hamda ular o’rtasidagi munosabat va aloqadorlik inson tafakkurida in'ikos etadi. 
Uchinchidan,
mantiq deb tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fanga aytiladi. Biz o’rganayotgan 
bu fan formal mantiq deyiladi. Formal mantiq tadqiqot uslubiga k o’ra an'anaviy mantiq (Aristotel mantig’i) va XIX 
asrning ikkinchi yarmidan boshlab mantiq fanida sun'iy (formallashgan) tildan foydalanuvchi matematik metodlar 
keng qo’llanila boshlanishi asosida shakllangan matematik mantiq (zamonaviy mantiq) sohalariga bo’linadi. Fan-
texnika taraqqiyoti hamda matematik mantiq metodlarining ilmiy tadqiqotlarda keng qo’llanilishi sababli bu yo’nalish 
an'anaviy mantiqdan farqlash uchun ham zamonaviy mantiq ham deb nomlanadi.Ilmiy bilishda formal mantiq bilan 
bir qatorda nemis faylasufi Gegel tomonidan asos solingan dialektik mantiq ham keng qo’llaniladi. Dialektik mantiq 
hodisalar o’zaro aloqadorligi, o’zgarishi va taraqqiyotini tadqiq etishda ob'ektivlik, tarixiylik va mantiqiylikning 
yaxlitligi, abstraktlikdan konkretlikga o’tishdan foydalanadi.Mantiq bilish jarayoni bilan uzviy bog’liqdir. Chunki 
mantiq fanini o’rganish ob'ektini 
tafakkur 
tashkil etadi.Bilish – bilim olish maqsadida vaqelikni inson ongida in'ikos 
etish jarayonidir. U hissiy organlar va tafakkur yordamida amalga oshadi. Hissiy bilishning uchta asosiy bosqichi 
mavjud

Download 224,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish