Zilola Obloqulova 6-1uzb 18
15-amaliy mashĝulot
Mavzu:"Zarbulmasal"ilmiy-tanqidiy matni
Reja:
1.Gulxaniyning "Zarbulmasal"asari XVI-XVIII asrlar siyosiy hayotini aks ettiruvchi manba.
2.Gulxaniyning "Zarbulmasal"asari matni ustida ishlash
3.Gulxaniyning "Zarbulmasal"asari luĝatini tuzish
1.Gulxaniy lirik sherlari va “Zarbulmasal” nomli etuk prozaik asari bilan tanilgan talantli adibdir.
Bizgacha uning ozbek va tojik tillaridagi 12 gazali, Qoqon xoni
Amir Umarxonga bagishlangan 1 qasidasi va “Zarbulmasal” asari
etib kelgan.
1822-yilda Gulxaniy mashhur “Zarbulmasal” asarini yozadi.
Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari majoziy timsollar –
Yapaloqqush va Boyogli ortasidagi qudachilik mojarolari orqali
turli toifadagi, har xil fel-atvordagi tabaqalar, kishilar munosabatini,
mamlakatdagi vayronagarchilikni tasvirlaydi. “Zarbulmasal”da
qushlar ozaro masal, maqol, matal va hikmatli sozlarni keltirish
orqali mavjud haqiqatni ifodalaydi. Mazkur asar 1980-yilda alohida
kitob holida nashr etildi.
“Zarbulmasal” xalq ogzaki ijodi durdonalari-maqol, masal va
hikmatli sozlar asosida yaratilgan. Asarning maroqli syujetini tashkil
etgan qoliplovchi hikoya xalq ertaklariga oxshab ketadi. Undagi
Yapaloqqush hikoyasiga bir necha mustaqil syujetli masala qoliplash
yoli bilan boglanib keladi.
Gulxaniy Yapaloqqush bilan Boyoglining bir-biriga quda
bolish voqeasini bayon qilish orqali osha zamon uchun xarakterli
voqea-hodisalarni va ularga oz munosabatini aks ettiradi. Yozuvchi
asardagi Yapaloqqush, Boyogli, Korqkush, Hudhud, Kulonkir
sulton, Shoranul va Kordonlarning bir-biriga aytgan masalalari,
maqollari, hikoyalari orqali asarning goyaviy mazmunini ochadi.
“Zarbulmasal” ning personajlari, asosan, qushlarning
kinoyaviy-allegorik obrazlaridan iboratdir.
Oz davr voqealarini majoziy usulda badiiy ioda etgan axloqiy-
pandnoma va tanqidiy-hajviy yonalishdagi “Zarbulmasal” asari
Gulxaniyga favqulodda shuhrat keltirdi. Unda ijtimoiy hayot
muammolari, turli toifadagi odamlar ortasidagi munosabatlar, xalq
turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda soz yuritiladi.
Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga kochirib
tasvirlansa, majoziy asar deyiladi. Gulxaniy ham, qizim, senga
aytaman, kelinim, sen eshit qabilida qushlar misolida oz davri
voqeligi manzaralarini tasvirlaydi. Toju taxt talashlari, mamlakat
urushlar natijasida yurt vayron, xalq xarob bolgan. Buxoro va Qoqon
xonliklari ortasidagi munosabat yomon bolib, ular ozaro urishib
yurganlari uchun ham asarda Buxoro goyoki vayronalarga boy
muzofot singari tasvirlansa-da, Qoqon ham undan obod emas edi.
Adib aytmoqchi, xonning atrofini Boyogli, Yapaloqqush, Korqush,
Kordon, Kulonkir sulton kabi yomon odamlar orab olgan. “Holo, bu
turgonlaring navola dostlari, piyola hariflari, taom emakka hozir,
maslahatga aqli qosir”. Bu ketishda mamlakat vayronaga, shoh uning
ustidagi Boyogliga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniyning
yirtqich va asosan, tunda ov qiladigan qushlarni oz asariga qahramon
qilib olishida nozik ishora mavjud. Shuning uchun Korqush tilidan
nasihat qiladi: “Ulugni borgohinda xiradmandi donish va aqli xiradi
bohush har qancha kob bolsa ham, oz bolur. Xususan, podshohi
odilga uch toifadin guzir yoqdur: avval, odamni boamalki,
podshohning oxiratlik asbobini tarabdudida bolsa. Ikkinchi vaziri
sohibi raykim, podshohning dunyolik yarogini tarabdudida bolsa.
Uchinchi, munshiyi rostnavis, qalamzanu nigohdoru shamshirzan
bolsa”.
“Zarbulmasal” arabcha “zarb” va “masal” sozlarining
qoshilishidan hosil bolgan bolib, «masallar yigindisi» manosini
beradi. Masal sozi otmishda biz hozir qollaydigan maqol
manosida ishlatilgan. Zarbulmasal sozga maqol qoshib gapirish,
oxshashi va dalilini keltirish manolarini ham anglatadi. Zarbulmasal
bolish – el ogziga tushish, afsona bolish, mashhur bolish
manolarida ham keladi. Malum boladiki, Gulxaniy oz davri va
zamondoshlarini asarda zarbulmasal qilgan.
Asar qahramonlari oz nutqlarida vaziyatga mos koplab
maqollarni keltiradilar, togrirog`i, maqollar yordamida gapiradilar.
Shu bilan birga, ular bir-birlariga turli masala va hikoyatlarni aytib
beradilar.
“Zarbulmasal” da 400 ga yaqin
maqol, matal, naql va 15 dan
ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud. Bu muallifning xalq
hayoti, turmush tarzi, anana va marosimlari, ogzaki va yozma
adabiyotni chuqur bilganligidan dalolat beradi. U mashhur hind eposi
“Kalila va Dimna”, Abdurahmon Jomiyning “Silsilat uz-zahab”
asarlari, shuningdek, Sadiy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav
Dehlaviy, Alisher Navoiy, Sofi Olloyor kabi ulug soz ustalari
hikmatlaridan ham mahorat bilan foydalangan. Bularning barchasi
asarning tasirchanligi va oqimishliligini oshirgan.
“Zarbulmasal” ning goyaviy mazmuni va obrazlari
xususida nimalarni bilasiz?
“Zarbulmasal” majoziy asar bolishiga qaramay, unda XIX asr
muhiti voqealari tasvirlanadi. Yozuvchi bu asarida ozaro osha
davrda bolib otayotgan urushlarning dahshatli oqibatlarini ochib
tashlaydi. Asarda bu kabi urushlarning el-yurtga keltirgan
qashshoqlik va xarobaliklari xarakterli tafsilot va imo-ishoralarda
yorqin aks ettirilgan.
Yapaloqqush ozaro toqnashuvlarda boyligi qoldan ketgan,
qorgoni buzilgan, Gulxaniy aytganidek, «oti ulug, suprasi quruq»
boylarning kinoyaviy obrazidir. Buni biz dastlab uning xatti-
harakatlarida va atrofdagilar bilan munosabatida kuzatamiz,
chunonchi, u ogliga Kulonkir sulton deb balandparvoz nom qoyadi.
Yoki Boyogliga quda bolmoqchi boladi, ozini katta tutib “Har
qanchalik qalin bolsa topilur”, deb maqtanadi. Yapaloqqushning
tushkunlikka uchragan “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” boylarning
kinoyaviy obrazi ekanligi, atrofdagilar, jumladan, unga qarshi
qoyilgan Korqush bilan muomalasida ham yaqqol korinadi:
Korqush sovchilikka ketayotganida Yapaloqning maqtanchoqliga
qarshi “Bor maqtansa – topilur, yoq maqtansa – chopilur”,
“Chumchuq semirsa botmon bolurmi?” kabi maqollarni keltiradi.
Yapaloqqush “…bolamning asbobi kulonkirligi minqori bilan
changalidan malum va ravshan emasdurmu?” degan sozlar bilan
oziga oxshash boylarning zoravonligiga ishora qiladi. Lekin bu
orinda ham Korqush Yapaloqning quruqligini fosh etib,
“Chuchvarani xom sanabsan”, “Halvo degan birla ogiz chuchimas”,
“Oti ulug-suprasi quruq”, “Uyida chaksa uni yoq, tom boshida qosh
tandir”, “Sichqon sigmas iniga, galvir boglar dumiga” degan
iboralar senga mos keladi, deydi.
Shunday qilib, Yapaloqqush misolida osha davrdagi boylarning
shuhratparastligi, ochkozligi, maqtanchoqligi ochib tashlanadi.
“Zarbulmasal” xalq orasida “Yapaloqqush hikoyasi” nomi bilan
mashhur bolib, qissaxonlik kechalarida uni eshitgan shinavandalar
asarning chuqur hayotiy mazmuniga qoyil qolishgan. Uning qisqacha
mazmuni quyidagicha:
Fargona iqlimida Qayqubod degan podshohdan qolgan bir
vayrona bor edi. Unda yashovchi Boyoglining Gunashbonu ismli
qizi boladi. Shu atrofda manzil tutgan Yapaloqqush uni ogli
Kulonkir sultonga olib bermoqchi bolib, Korqushni sovchilikka
yuboradi. Korqush yolda Hudhudga duch kelib, ozaro munozara
qiladi. Keyin Kulonkir sulton bilan gaplashib oladi. Boyoglinikiga
kelsa, u qarindoshlari bilan kengashib, song javob bermoqchi boladi.
Buni yaxshilikka yoygan Yapaloqqush dosti Shoranul degan
qarga orqali qushlar shohi Malikshohindan suyunchi oladi.
Malikshohin ozining pahlavoni bolmish Kulonkir sultonning toyini
podshohlik hisobidan otkazib bermoqchi bolib, oz xazinachisi
Kordonni toy xarajatlarini aniqlash uchun Boyoglinikiga jonatadi.
Boyogli qizining qaliniga mingta vayrona soraydi. Kordon
Umarxon davrida mamlakat obod bolib, vayronalar kamaygani,
shuning uchun uning sonini 600 taga tushirishni soraydi. Boyogli
konmagach, ortiga qaytib ketadi. Uni eshitgan Korqush oting
Kordon – ishbilarmon bolsa-da, aslida qolingdan hech ish kelmas
ekan deb, ozi Boyoglining yoniga kelib, Qoqondan topilmasa ham,
mingta vayronani Buxoro muzofotidan topib berishga vada beradi.
Shundan keyin dabdabali toy qilib, kelin-kuyov murod-maqsadlariga
etadilar.
Yuqorida takidlab otganimizdek, mazkur toy bolishidan oldin
Ko`rqush sovchili
kka borgan edi. U sovchilikka keta turib yolda
Hudhud (popishak) ga duch keladi. Korqushning Boyoglining
qiziga sovchilikka boryotganini fahmlagan Hudhud unga: “…qolidan
kelmas ishga uringan… maymunga oxshab rasvo bolma”, - deydi.
Shu orinda Gulxaniy “Maymun bilan Najjor” masalini voqeaga
boglab keltiradi.
“Hunar-zar” deb, Najjorning ishini davom ettirmoqchi bolgan
Maymunning dumi yogochning orasiga qisilib qoladi, qutulmoqning
ilojini topolmay sharmanda boladi:
Ketdi hunar shavqi bila gussasi,
Tushdi yagoch ayrisiga dumchasi.
Bal keynidin boldi tutulmoqligi,
Mumkin emas oldi qutulmoqligi.
Odami jinsida yoq qissasi,
Qoldi aning dumchasining hissasi.
Gulxaniy kishilarni bilim va hunar organishga, oz kasbini
toliq egallashga chaqiradi:
Aydi: «Ulus ichra bu bir kasbdur,
Kasbni boshina kiysang nasbdur».
Bu fikr qissadan hissa tariqasida uqtiriladi.
Gulxaniy “Maymun bilan Najjor” masalida hunar va hunar
ahlini uluglaydi, qolingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi
bolma, kor-korona birovga taqlid qilib falokatga yoliqma, degan
fikrni maymunning qismati orqali korsatadi.
Najjor juda aqlli va mohir hunarmand sifatida tasvirlanadi. U
ijtimoiy-foydali mehnat bilan shugullanishni har narsadan yuqori
qoyadi. Gulxaniy Najjor va uning mehnatini, duradgorlik mahoratini
tasvirlar ekan, hattoki, Maymun ham mehnatga muhabbat bilan
qaraydi, hunarga va hunar egasiga uning havasi keladi, degan fikrni
olga suradi.
Oz navbatida, Korqush ham Yapaloqqush uni majbur qilib
sovchilikka yuborayotganini takidlamoqchi bolib, “Sen tevaning
botasi onasi birla munozara qilganidan bexabarga oxsharsan”, deydi
va “Tuya bilan Botaloq” masalini hikoya qiladi.
Bunda sorbon tuyani choktirganda botalogi onasiga yetib
olib, uning ilgarilab ketganidan ranjib:
Bozlanib aydi: - Ayo berahm onam,
Kuydi-yu, yondi-yu tutoshti tanam.
Asta-asta yursang, bolgay na gam,
Siyna sutidin emayin dam-badam,
deydi.
Holbuki, ona tuya botalogining oh-zoriga qaramay, tuyakash-
sorbonning qistovi bilan tez yurishga majbur edi. Tuya botalogiga:
- Korki, burunduq kishining qolida,
Bu kishining kozlari oz yolida.
Menda agar zarra kabi ixtiyor
Bolsa edi, bolmas edim zeri bor,
deb ixtiyori ozida emasligini tushuntiradi.
Tuyaning majoziy obrazi misolida muallif erku ixtiyoridan
mahrum etilgan kishilarning alamli qismatini aks ettirgan.
Mehnatkash xalqning ogir hayoti va mehnati, huquqsizlikgi va
nochorligi, bir soz bilan aytganda ayanchli qismati “Tuya bilan
Botaloq” da oziga xos badiiy tasvirga ega.
Gulxaniyning tasvirlashicha Tuya hayotda ezilgan, tutqun,
erksiz, ogir mehnat bandasi hamda qul qismatiga mahkum etilgan
mehnatkashlarning majoziy obrazidir. Botaloq esa, ona sutiga ham
toyolmay, ogir, mashaqqatli hayot kechirgan, och-yalangochlikda,
muhtojlikda yashagan erksiz mehnatkash bolalarning timsolidir.
Shunday qilib, Yapaloqqushning Boyogliga quda bolish
mojarosi qoliplovchi hikoya bolib, Gulxaniy “Maymun bilan Najjor”
hamda “Tuya bilan Botaloq” kabi mustaqil syujetli masallarni asosiy
(qoliplovchi) voqeaga ustalik bilan boglab keltiradi. Shu tarzda,
ertaklarda bolganidek, hikoya ichida hikoyalarning sanatkorona
kompozitsiyasi qoliplash sanati deyiladi. Bu esa muallifning
mahoratidan dalolat beradi. Buni biz syujetning yanada
rivojlantirilishi misolida ham koramiz: “Alqissa, Korqush yiqila-
surila Kulonkir sulton dargohiga ravona” boldi.
Kulonkir sulton usti yaltiroq, ichi qaltiroq amir-amaldorlarning
kinoyaviy obrazidir. Asarda Kulonkir sultonning zoravonlik bilan el-
yurtni talab orttirgan boyliklari hisobiga shohona saroy qurib, tashqi
dabdaba va zeb-ziynatga berilishi qattiq tanqid qilingan. Korqushga
“ilgarigi mehmondin qolgon” sarqit oshni tortishi Kulonkirning ota
pastkashligidan dalolat beradi. Korqush – “Osh egasi bilan totli”
desa, Kulonkir tortinmay: “Bir yemoglik qildikim, tabaq tubiga
tushdi”. Shuning ozi uning quruqligi va ochkozligiga dalildir.
Muallif Kulonki
r sulton toifasidagi hukmron doiralarga
“oshxori jomadaronlar” deb haqqoniy baho beradi, ularning
noshudligi va layoqatsizligini “taom yemoqqa hozir, maslahatga aqli
qosir” degan londa iborada aniq va ravshan ifodalaydi. Bunday
toifadan yaxshilik kutish mumkin emasligini bayon qilib: “Bu
toifaning oz xizmati, kop minnati bolur, har kim bu toifadan
muruvvat tilabdur, goyo tol yogochdin zardolu tilabdur!” - deydi. Bu
bilan Gulxaniy sultonlar el-yurt manfaatini oylashdan uzoq
turishlarini uqtiradi.
Boyogli ham asardagi tushkun boylarning kinoyaviy obrazidir.
U ozini Qayqubod xarobalarining podshosi deb hisoblaydi. U mol-
dunyoga och. Oz mulki (chordevori) bilan qanoatlanmay, yana yangi
joylarni egallab olmoqchi boladi. Chunonchi, u avval ozidan kora
martabasi pastroq Yapaloqqush bilan quda bolishdan nomus qilsa
ham, qalinning kongildagidek bolishini eshitib, qizini berishga
konadi.
Qalin voqeasi bilan yozuvchi Boyoglini faqat mustabid feodal
ekanligini emas, balki qizini mol-dunyoga sotgan shafqatsiz, bemehr
ota ekanligini ham fosh etadi. Yozuvchi Boyoglining ziqnaligini
sovchilikka borgan Korqush tilidan ochib tashlar ekan, “Korqush
kordikim, Abdurahim sudxor baqqol mumsikdek kop xasisdur,
agar ming chordevordan bir chordevor kam bolsa, ottiz tishini
sindirur…”, - deydi.
Shoranul ota firibgar mulozim (kichik amaldor) larning
kinoyaviy obrazidir. Muallifning tariflashiga qaraganda: “Shoranul
qushlar koziga gol, oz ishiga pishiq, haromzodai tarror, ogri
mishiq, xarifi ayyor, har murda ustida tayyor, yigirmaning beshini
mustahiqqa berib, on beshini qoyniga urgan, tumshugi Zokirboy
jomafurushning tumshugiga oxshar ekan”.
Asardagi kinoyaviy obrazlar qarama-qarshi qoyish priyomi
bilan ozaro boglanib keladi. Masalan, Malik Shohin Yapaloq
nomasini topshirgan Shoranulga: “Seni yubormasa bolmasmudi?”
deb uni kamsitsa, Qarga ham Malik Shohinni tanqid qilib: “Ey
podshohi olam panoh, ozlari mano poyasidan bebahra ekanlar”, -
deydi.
Kordon – Malik Shohinning xazinachisi, Turumtoy esa uning
xizmatchisidir. «Soz kelganda jilov saqlamay robaro etguvchi»
Turumtoy Kordonga qarshi qoyilgan: “Siz oz nafsingizni bitkazing,
yo sulton amrin… Ikki suyuklik bir kongilga sigmas”, desa, “Sen
kamsafarlikdin bu sozlarni aytding”, - deb “Toshbaqa bilan Chayon”
masalini bayon qiladi va “Yaxshi rafiq birla safar qilsang, saodat
toparsan va yomon rafiq birla shaqovat” degan fikrni isbotlaydi.
Gulxaniyning “Toshbaqa bilan Chayon” masalida bir-biriga zid
va qarama-qarshi ikki obraz berilgan: Toshbaqa-aqlli, farosatli,
safarlarda kop yurib, ancha tajriba orttirgan, insofli, sodiq va qadrdon
dost timsoli. U oz hamrohi Chayonning suvdan ota olmasligini
bilgach, unga yordam qolini chozadi. Lekin u Chayonning xiyonatini
korgach, uni halok qiladi. Gulxaniy bu masali orqali Chayonga
oxshagan odamlar bilan dost va hamroh bolmaslikka, kishi ozini va
taqdirini oshanday kishilarga topshirib qoymaslikka chaqiradi.
Chayon butun umri davomida birovlarga yomonlik qiladigan,
ularga ziyon-zahmat etkazadigan, yaxshilikni bilmaydigan,
yaxshilikka yomonlik qaytaradigan, xiyonatkor toifalarning ramziy
obrazidir.
Yolda Chayonga hamroh bolib qolgan Toshbaqa
robarolaridan chiqqan suvdan suzib otgach, hamrohiga yordam
berishni lozim topib: “Ey birodar, seni daryodan otkazib qoygani
keldim, ustimga min, lekin bejo harakat qilma, oz joningga jabr
qilasan”, - desa ham, Chayon: “Har kim oz maslahatini ozi bilur”, -
deb Toshbaqaning orqasiga minib borar ekan, bejo harakat qila
boshlaydi va: “Sen bilmaysanmi Chayonning muddaosi, xoh dostning
koksiga, xoh dushmanning orqasiga bolsin, nish urishdir”, - deydi.
Yaxshilikka yomonlik qilgan Chayonning razilligidan
gazablangan Toshbaqa bir shongib, Chayonni suvga choktirib
yuboradi.
Gulxaniy bu masal orqali kishilarni xushyorlikka, zolimlarga
qarshi qattiqqol, sezgir, shafqatsiz bolishga undaydi; dostga dost,
dushmanga ayovsiz bo
lish kerakligini uqtiradi. Masalda bir-biriga
qarama-qarshi bolgan ikki xarakter gavdalanadi: bulardan biri –
Toshbaqa rahmdil, kishilarga yaxshilik qiluvchi, ulardan yordamini
ayamaydigan, dushmanga shafqatsiz kishilar obrazidir. Chayon esa
yaxshilikka yomonlik qiluvchi, togri kelgan kishiga ozor beruvchi
Chayonsifat kishilarning achchiq kinoyaviy obrazidir.
Gulxaniy olimlik, donishmandlik davo qilgan, aslida otaketgan
savodsiz, har bir sozida xatoga yol qoyadigan din ahllarini ham
savalagan. Bu hol Kordon bilan Boyoglining munozarasida ham
yaqqol korinadi: «Anda Boyogli aydi: “Siz aytgan Muhammad
Amin muftidirki, mudom har ishda ozidan bemaza va befahm va
beidrokroq odamga maslahat qilur erdi. Xoh forsiy, xoh arabiy, har
kitobki bitsa, sahv va galatdin xoli emas erdi, bovujudi bu hama
noqisligi birla ozini hammadin mullo va donishmandi rozgor korar
erdi…”
Gulxaniy yengil kulgi bilan Yodgor postindozning oz kasbini
yaxshi egallamagani holda maqtanchoqlik qilishidan ham kuladi.
“Zarbulmasal” da Xolboqi misgar, eshon kalla, Niyozcha
ogalik, Otaboy amin, mullo Sodiq va boshqa bir necha kishining
nomi bilan bogliq lavhalar borki, yozuvchi ular orqali osha
zamondagi hukmron doiralarga xos bolgan tekinxorlik, zoravonlik,
qalbakilik, munofiqlik, xushomadgoylikni qattiq qoralaydi.
Masal haqida oz fikr-mulohazalaringizni bildiring.
Biz Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi syujet (voqea) ipiga
sanatkorona boglanib kelgan va har birini mustaqil asar deyish
mumkin bolgan “Maymun bilan Najjor”, “Tuya bilan Botaloq”,
“Toshbaqa bilan Chayon” masallarida “qissadan hissa” tariqasida
axloqiy-talimiy fikr va manolar ifodalanganini korib otdik.
Masal tuzilishi jihatidan xilma-xildir: bazi masallar sher bilan
yozilsa, ayrimlari nasriy yol bilan yoziladi. Chunonchi “Maymun
bilan Najjor” sheriy formada, “Toshbaqa bilan Chayon” nasriy usulda
yozilgan.
Obraz badiiy asarning oziga xos xususiyatidir. Masalda korib
otganimizdek, maymun, tuya, botaloq singari hayvonlar, toshbaqa,
Chayon kabi jonivorlarning majoziy-kinoyaviy obrazlari malum bir
ijtimoiy manoni bildiradi. Masalan, toshbaqa bilan Chayon obrazida
fel-atvori bir-biriga zid kishilar ustida bahs yuritgan yozuvchi,
toshbaqaning harakati orqali bir-biriga yordam, dostlik, hamkorlik,
mehr-shafqat singari insoniy tuygu va fazilatlarni maqullasa,
Chayonning nojoya qilmishida insoniy qiyofasini yoqotgan, kishilik
jamiyati uchun tamomila zararli bolgan yaramas fel-atvorni fosh
etgan. Gulxaniy bunday kishilardan nafratlanib, dost bilan dushmanni
ajrata bilish, dushmanga oz vaqtida qaqshatqich zarba berishga
chaqiradi. Insonparvar kishi sifatida tasvirlangan toshbaqa tomonidan
choktirib yuborilgan Chayonning halokati misolida masalning
goyaviy mazmuni ochiladi. Gulxaniy yovuz xoinlar mahv etilishi
muqarrar degan xulosa chiqaradi.
Masaldagi bunday ibratli fikr va xulosalar qissadan hissa
deyiladi. Qissadan hissa, korib otganimizdek, kopincha, masalning
oxirida, bazan esa boshida keladi.
Gulxaniy “Zarbulmasal” asarini yozishda xalq ogzaki
ijodidan unumli foydalanganmi?
Mehnatkatkash xalq hayotini yaxshi bilgan hajviy asarlar
muallifi Gulxaniy xalqning orzu-umidlarini, uning ogzaki ijodini juda
yaxshi bilar edi. U ozbek va tojik tillaridagi bir qancha maqol, masal
va hikmatli sozlardan sanatkorlarga xos badiiy mahorat bilan ijodiy
foydalandi. Keltirilgan barcha maqollar asarning goyaviy mazmunini
ochishga yordam beradi. Masalan, Yapaloqqushning ogliga oz
qizini berishni lozim kormagan Boyogli sovchi bolib kelgan
Korqushga qarab shunday deydi:
“Sen menga nasihat oqigali keldingmu?”. “Anglamay
sozlagan ogrimay olar…”
Gulxaniy xalq ogzaki ijodi materiallarini qayta ishlash bilan
birga, uning goyaviy yonalishini, shakli, uslubi va badiiy
xususiyatlarini tola saqlab qolishga intiladi. Shuningdek, ayrim
maqollarni kochma manoda ham qollaydi. Bu esa istiora yoki
metaforik iboralardir. Masalan, “Tikansiz gul, sadafsiz
dur,
mashaqqatsiz hunar bolmas” iborasi bir ishni bitkazish uchun
mashaqqat chekishga togri keladi, degan manoda ishlatilgan.
Gulxaniy “Zarbulmasal”da ijodiy foydalangan kopgina maqol,
matal, masal, hikmatli sozlar ham xalqimizning jonli tilida va yozma
adabiyotida qollaniladi. Bu maqollarda kishilarning mehnatsevarlik,
har bir masalaga aql-idrok bilan yondashish, togrilik, sofdillik,
sabotlilik kabi ajoyib fazilatlari uluglanadi. Masalan, “Bugungi ishni
ertaga qoyma”, “Uyat olimdan qattiq”, “Evi bilan sozlaganning
qurboni bol”, “Yolgon masal turmas», “Boynida illati borning
oyogi qaltirar”, “Yaxshi bilan yurding – etding murodga, yomon
bilan yurding - qolding uyatga” kabi orinli qollangan maqollar xalq
donoligini ifodalab keladi.
Maqollar “Zarbulmasal”ning tilini boyitib, uning goyaviy-
badiiy qimmatini, shiradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maqollarga
juda katta etibor bergan Gulxaniy oz asarlaarini “Zarbulmasal” deb
nomlaydi. Zarbulmasal maqol demakdir.
Maqol xalq ogzaki ijodining eng ixcham, lekin nihoyatda
sermazmun janridir. U xalqning kop yillik tajribasi natijasida
orttirgan donishmandligini namoyish etadi.
Umuman, maqol va hikmatli sozlar, A.M.Gorkiy aytganidek,
xalqning oziga xos hayotini, tajribalarini namunaviy yosinda
ifodalaydi.
“Zarbulmasal” oʻzbek badiiy nasrining eng yetuk namunalari katorida faxrli oʻrin olgan. Rang-barang tasviriy vositalardan, jumladan, murakkab sajdan keng foydalanib yozilgan bu asarning tili nihoyatda shirador, jozibali boʻlib, asarning chin maʼnoda xalqchil ruh egallashida juda katta xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |