2- tajriba. Alkanlarni konsentrlangan mineral kislotalar bilan ta`siri.
To‘yingan uglevodorodlar kimyoviy inert moddalar bo‘lib, oddiy sharoitda oksidlanmaydi va reaksiyaga kirishmaydi. Shuning uchun ular parafinlar (lotincha «parum offinis» — aktivmas) deb ataladi.
Reaktivlar: geksan, kons. H2SO4, kons. HNO3.
Ishning borishi: Probirkaga 1 ml geksan solib, unga teng miqdorda kons. H2SO4 aralashtiriladi. Bunda aralashma suv bilan sovutib turiladi. Geksan rangining o`zgarmasligi to`yingan uglevodorodlarning inertligini ko`rsatadi. Xuddi shunday tajriba kons.HNO3 bilan o`tkazilganda ham eritma rangi o`zgarmaydi. Demak, to`yingan uglevodorodlarga nitrat kislota ham ta`sir etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |