Mavzusidagi kurs ishi ilmiy rahbar


-  Abu Rayhon Beruniyning matematika sohasidagi ishlari



Download 1,92 Mb.
bet3/11
Sana28.04.2022
Hajmi1,92 Mb.
#589278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Matematika darslari jarayonida sharqning buyuk allomalari me’rosidan11

2-  Abu Rayhon Beruniyning matematika sohasidagi ishlari.
A bu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy Xorazm vohasidagi qadimiy shaharlardan biri bo’lgan Kot shahrida (hozirgi Beruniy shaf 973 yil 4 sentyabrda tug’ilgan. Uning bolalik va yoshlik davri Kotda o’tdi. Kot shahri O’rta Osiyoning feodalizm davridagi taraqqiy etgan markaziy shaharlaridan biri bo’lgan.
X asr oxirlarida Xorazm ikki qismga bo’lingan bo’lib, janubiy Xorazm — markazi Kot, shimoliy Xorazm — markazi Urganch shahri edi. Bu davrda Xorazmning Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo va madaniy aloqalari taraqqiy etgan, umuman Xorazm davlatining gullagan davri edi. Xorazmning katta shaharlari—Kot va Urganchda ko’plab mashhur olimlar fanning turli sohalarida chuqur va keng ilmiy ishlar olib borar edilar. Bu olimlar fan sohasida entsiklopedist bo’lganlar. Xorazmning ikkala qismi hukmdorlari orasidagi taxt uchun kurash Mamun g’alabasi bilan tugadi. 995 yilda Urganch amiri Mamun Xorazmning ikkala qismini yagona bir davlatga birlashtirdi. Kot hukmdori Abdullohning yengilishi, Kot shahrida ilmiy ish bilan shug’ullangan olimlar hayotiga salbiy ta`sir ko’rsatdi.
Beruniyda bolalik chog’laridayoq fanga chuqur qiziqish va uning tarmoqlarini egallashga intilish bor edi. U ko’proq aniq fanlarga qiziqar edi. Yosh Beruniydagi bunday iste`dodni sezgan Abu Nasr ibn Iroq uni o’z tarbiyasiga oladi. Ibn Iroq Xorazmning hukmron doiralariga karindosh bo’lib, u X — XI asrlarning eng yirik astronom va matematiklaridan edi. U uzoq yillar davomida Beruniy bilan birga bo’ladi, unga astronomiya va matematika sohasida ustozlik qiladi. Beruniy umrbod o’z qalbida ustoziga bo’lgan chuqur hurmat va minnatdorchilik hislarini saqlab qoladi.
995 yil hodisasidan so’ng Beruniy o’z vatani Xorazmni tashlab ketishga majbur bo’ladi. Bu davrda u yirik olim bo’lib tanilgan edi. Ro’y bergan hodisa uning ilmiy ishlariga putur etkazadi. O’z ilmiy ishlariga qulay sharoit va osoyishtalik izlagan Beruniy Kaspiy dengizi janubi-sharqiy qirg’og’ida joylashgan Jurjon shahriga boradi. Yo’lda, Eronning hozirgi Tehron shahri yaqinida joylashgan Ray shahrida to’xtaydi va bu yerda O’rta osiyolik mashhur astronom matematik Xo’jandiy bilan uchrashadi. Beruniy Ray shahridagi rasadxonada, Xo’jandiy bilan birgalikda kuzatish va o’lchash ishlari olib boradi. Beruniy bu rasadxonada Xo’jandiy tomonidan yasalgan «Faxriy sekstanti» nomli katta astronomik asbob bilan qiziqadi va «Faxriy sekstanti bayoni haqida» nomli asar yozadi (995 — 997 yillar).
Beruniy 1005 — 1017 yillarda yana Kotda yashaydi. U Mamun II hukmdorligi davrida Kotda tashkil etilgan «Donishmandlik uyi»da o’sha zamoning yirik olimlari bilan hamkorlik qiladi. Ular orasida mashhur faylasuf, tabiatshunos, tabib Ibn Sino, faylasuf Abu Sahl Masixiy, olim va tabib Abul Hasan Hammor, adib Abu Mansur as-Saolibiy va boshqa qator olimlar bor edi.
Beruniy yoshligidanoq mehnatsevar bo’lib, ko’p vaqtini turli kuzatishlar bilan o’tkazar edi. U yoshlik chog’larida astronomik asbob—devor kvadratini yasagan. U Xorazmning turli joylari koordinatalarini aniqlash bilan shu-ullandi va 995 — 996 yillarda Kot shahrida diametri 15 ziro` (Ziro`—qadimgi o’lchov birligi, 49 sm chamasida) bo’lgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik o’lchash ishlari olib bordi.
998 — 1004 yillarda Beruniy Jurjon shahrida yashaydi, Bu joyda u o’zining birinchi eng katta asari «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (Al-Osorul-boqiya anil-qurunil-xoliya) nomli kitobini yozadi.
Beruniy bu asarida Sharq mamlakatlari xalqlarining kalendarlari, fan va madaniyatlari haqida ko’p faktlarni bayon etdi. Bu asar orqali Beruniyning shuhrati butun Sharqqa tarqaldi.
1010 yilda Xorazm shohi Mamun Beruniyni Xorazmga chaqirdi va uni fan sohasida asosiy maslahatchi qilib tayinladi.
Beruniy «Donishmandlik uyi»ning a`zosi hisoblanib, unda 7 yil ilmiy ish olib bordi va juda ko’p fan masalalarini hal qildi. Lekin u o’z vatani Xorazmda ko’p yashay olmadi, chunki 1017 yilda zolim shoh Sulton Mahmud tomonidan Xorazm bosib olindi. Mashhur olimlarning ko’pi quvg’inlikka uchradi. Shu jumladan, mashhur olim Ibn Sino Jurjonga yashirindi, Beruniy asirlikka olinib, G’azna shahriga jo’natildi. Sulton Mahmud olim Beruniyni Mahmudning xohishiga qarab ish olib borishga va unga bo’ysunishga majbur qilgan bo’lsa ham, ulug’ Beruniy bu mashaqqatlarni engib, qiyinchiliklarga bardosh berdi va ilmiy-ijodiy ishlarini zo’r mahorat bilan davom ettirdi. U doim vatanini qo’msab yashadi. Bu yillarda astronomiya to’g’risida va planetalar harakati xaqida kitoblar yozdi. 1025 yilda «Geodeniya» asarini yozib tugatdi.
Beruniyning fan sohasidagi shon-shuhrati boshqa mamlakatlarga yoyila boshladi. Uni iste`dodli, ajoyib olim sifatida taniy boshladilar.
Sulton Mahmudning poytaxti G’azna bo’lib, u Hindistonning shimoliy va g’arbiy territoriyasini o’z mamlakatiga qo’shgan edi. Mahmud o’zining Hindistonga qilgan harbiy yurishlariga saroy olimlarini ham olib borardi. Shuning uchun Beruniy ko’p yillarni Hindistonda o’tkazdi. U hind xalqining madaniyati va fani, turmushi va adabiyotiga juda qiziqdi va uni o’rgandi. U qadimiy hind tili — sanskrit tilini o’rgandi, bir qancha hind olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qildi. Yunon matematiklarining o’lmas asarlari hisoblangan Evklidning «Negizlar» nomli va Ptolemeyning «Almagest» nomli asarini sanskrit tiliga tarjima qildi. Beruniy bu ajoyib mamlakatning ko’p shaharlarida bo’ldi, undagi xalqlarning turmushlariga va to’plagan materiallariga asosan 1031 yilda «Hindiston» nomli kitobini yozib tugatdi.
Bu kitobda hindlarning matematika va astronomiya fanlari sohasidagi ilmiy ishlari va bu fanlarning taraqqiyoti bayon etilgan. Shuningdek, bunda XI asrgacha hind xalqining madaniyati va turmushi, falsafa, tarix, geografiya va boshqa fanlarning ham taraqqiyoti bayon etilgan.
Hindiston respublikasining mashhur jamoat va davlat arbobi marhum Javohirlal Neru, o’zining «Hindistonning kashf etilishi» asarida hind fani, madaniyati, tarixi haqida o’zining qimmatli fikrlarini tarix sahifalariga yozib qoldirgan mashhur olim Beruniyni hurmat bilan tilga oladi.
«Beruniy—deb yozadi Neru—yunon falsafasini bilib olib, hind falsafasi bilan tanishish uchun sanskrit tilini o’rgandi. Beruniy hind va yunon falsafasini bir-biri bilan solishtirib, bulardagi umumiylikni ko’rib hayratda qoldi. Beruniyning kitoblari faqat ilmiy ma`lumotlar emas, balki urush, talon-toroj, ommaviy qirg’inlar bo’lishiga qaramay, fan ahllari o’z ishlarini davom ettirganliklarini ko’rsatib beradi. Ikki orani nafrat va xudbinlik kayfiyatlari buzib turgan paytlarda ham Beruniy begona millat odami bo’la turib, bu o’lka kishilari ahvolini tushunishga harakat qiladi».
Beruniy o’zining o’lmas asari «Qonuni Mas`udiy»ni yozish bilan astronomiyaning o’z zamonigacha bo’lgan holatini fan tarixida yozib qoldirdi. Beruniy bu asarini yozishda, qadim zamonlardan boshlab, to o’zi yashagan davrgacha bo’lgan matematika va astronomiya fanlarining taraqqiyoti bilan tanishib chiqdi. Bu asarda astronomiya va matematikaga doir bilimlarni bayon qildi.
Bulardan tashqari, Beruniy bir qancha boshqa asarlar yozdiki, ular orasida astronomiyaga tegishli: «Quyosh xarakatini tekshirish», «Astrolyabiya xaqida risola». «Oy xaqida risola», «Farg’oniyning astronomik tekshirishlari», «Hind astronomlari savollariga javoblar». «Xorazmiyning astronomik ishlari haqida», «Planisfera haqida risola» va boshqa asarlar bor. Beruniy asarlari orasida matematika fanining ko’p bo’limlariga tegishli bo’lgan va katta mahorat bilan yozilgan asarlar bor, Masalan, uning «Trigonometrik funktsiyalarni soddalashtirish», «Yulduzlarni tekislikda tasvirlash», «Sfera nuqtalarini tekislikda tasvirlash», «Sferik yoyni aniqlash haqida», «Evklid ishlariga izoxlar» asarlari shular jumlasidandir.
Beruniy tomonidan yozilgan bu ajoyib asarlar va uning turli tabiiy fanlar sohasidagi progressiv fikrlari Sharq mamlakatlaridagi fan arboblariga katta ta`sir etdi, ular o’z ilmiy ishlarida Beruniy g’oyalaridan keng foydalandilar, uning usullari va fikrlarini yanada kengaytirdilar.
Geometriya bo’limida Beruniy shar ichida besh xil muntazam ko’pyoqlilar yasash mumkinligini aytib, bu ko’pyoqlilarga turli xil ismlar beradi.
1. Yoqlari 6 ta kvadratdan iborat ko’pyoqli jism (kub). Bu jismni «arziy», ya`ni yerniki deb ataydi.
2. Yoqlari 20 ta teng tomonli uchburchaklardan iborat jism (ikosaedr). Bu jismni «moiy», ya`ni suvniki deb ataydi.
3. Yoqlari 8 ta teng tomonli uchburchaklardan iborat jism (oktaedr). Bu jismni «havoiy», ya`ni havoniki deb ataydi.
4. Yoqlari 4 ta teng tomonli uchburchakdan iborat jism (tetraedr). Bu jismni «noriy», ya`ni olovniki deb ataydi.
5. Yoqlari 12 ta teng tomonli beshburchakdan iborat jism (dodekaedr). Bu jismni «falakiy», ya`ni osmonniki deb ataydi. Umuman ko’pyoqlilarga berilgan bunday nomlar yunon faylasufi Platon ta`limotidan kelib chiqqandir. Platon yer atomlari kub shaklida, suv atomlari ikosaedr shaklida, havo atomlari oktaedr shaklida, olov atomlari tetraedr shaklida va butun falak dodekaedr shaklida bo’ladi deb hisoblagan.

Beruniy 1048 yilda G’azna shahrida (hozirgi Afg’oniston territoriyasida) vafot etdi.


O’zbek xalqining ajoyib farzandi mashhur olim Beruniy o’rta asrlarning mudhish azob-uqubatlari va turli dahshat-qiyinchiliklariga qaramay, butun umrini fan va madaniyat taraqqiyoti yo’lida sarfladi. Beruniy fan xazinasini shunday bebaho javohirlar bilan to’ldirdiki, butun insoniyat bu bilan cheksiz faxrlanadi. Beruniy — entsiklopedist olim bo’lib, o’z davrining juda ko’p fanlari sohasida chuqur ilmiy tadqiKotlar olib bordi, qimmatli asarlar yaratdi. Mashhur olim I.Yu.Krachkovskiy yozganidek, «Beruniy qiziqqan sohalarni sanab chiqishdan ko’ra, qiziqmagan sohalarini sanab chiqish osonroq».

Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish