Mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi


BEVOSITA TA’SIR TEZLATKICHLARI



Download 4,67 Mb.
bet15/37
Sana04.08.2021
Hajmi4,67 Mb.
#138535
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
tezlatkichlar va ularning qollanilishi

BEVOSITA TA’SIR TEZLATKICHLARI

Zaryadlangan zarralarning tezlatkichlari qanday qurilmalar, ularning ishlash tamoyillari va nihoyat bu qurilmalarning qanday turlari mavjud? degan savollarga javob berishdan oldin bu qurilmalar nimaga kerak? degan savolga javob

berishdan boshlaymiz.

Ingliz fizigi Ernest Rezerford va uning shogirdlari atom tuzilishini o’rganish maqsadida turli element atomlarini o’sha vaqtda eng kuchli va eng tez uchar atom snaryadlari bo’lgan alfa-zarralar bilan bombardimon qildilar.

Alfa zarralarning oltin folgada sochilishiga qarab, E. Rezerford atom markazida massasi katta bo’lgan yadro borligini aniqlaydi, ya’ni, u ayrim zarralarning katta burchaklarga sochilishini kuzatdi. Demak, zarralar o’z yo’lida o’z massasidan ham katta bo’lgan zarra bilan to’qnashadi va o’z harakat yo’nalishini o’zgartiradi. Ushbu zarraga E. Rezerford atom yadrosi deb nom berdi va tajriba natijalarini 1911- yilda e’lon qildi.

1919- yili E. Rezerford insoniyat tarixida birinchi yadro reaktsiyasini amalga oshirdi. Bu reaktsiyada bir element boshqa bir elementga aylantirildi. E. Rezerford va uning xodimlari alfa-zarralar bilan bombardimon qilanadigan obyekt sifatida yengil elementlarni tanladi. Yengil yadrolarning ob’ekt sifatida olinishga sabab, bu yadrolarda itarish kuchlarining kichikligidir. Ushbu alfa-zarralarning tezligi 19000 km/s ga teng bo’lgan. E. Rezerford alfa-zarralar, ya’ni, geliy yadrolari bilan azot atomlarini bombardimon qilib, ikkita boshqa element – kislorod va vodorod elementlarini hosil qildi. Bu tajribalarda erishilgan katta yutuqlar bilan birgalikda ushbu yo’lda fiziklar oldida turgan jiddiy to’siqni ham yuzaga chiqardi. Alfa-zarralar bilan bombardimon qilganda faqat eng yengil yadrolarnigina boshqa yadrolarga aylantirishga imkon berishi kuzatiladi. Radioaktiv elementlar chiqarayotgan eng tez alfa-zarralarning tezligi 19000 km/s atrofida bo’lib, u ham ko’pchilik yadrolarning elektrostatik itarish kuchlarini yenga olish uchun yetarli emas ekan. Yadro mustaxkam himoya baryeri (to’siq) bilan o’ralgan bo’ladi. Bu baryerni muvaffaqiyatli yengib o’tish uchun tabiiy radioaktiv manbalar chiqarayotgan alfa-zarralarga nisbatan kuchli snaryadlar zarur.

Birinchi yadro artilleriyalarining yana bir kamchiliklaridan biri, “snaryad” otish tezligining (vaqt birligida chiqayotgan “snaryadlar”ning sonini) kichikligidir, ya’ni, manbalar tomonidan chiqarilayotgan alfa-zarralar oqimining intensivligi yetarli emas. Bunga sabab yadro parchalanishi sust hodisadir. Mazkur hodisa yuz berish uchun alfa-zarra yadro bilan to’qnashishi zarur, bu hodisa juda kam yuz beradi. Chunki, atom deyarli bo’sh bo’lib, bunda yadro uning juda oz hajmini tashkil etadi. Nishonni yadro snaryadi bilan bombardimon qilganda, ularning ko’pchilik qismi atom orqali yadroga tegmasdan ham o’tib ketadi. Hisoblashlar shuni ko’satadiki, qalinligi mikrondan (1 mikron) oshmagan qattiq nishonga kelib tushayotgan million alfa-zarradan bittasigina yadroga tushishi mumkin ekan.

Shunday qilib, tabiiy radioaktiv manbalar chiqarayotgan alfa-zarralarning yetarli energiyaga va intensivlikka ega emasligi, yadro fizikasini rivojlantirishini tormozladi. Katta quvvatli “snaryadlar” zarur bo’lib qoldi. Xo’sh, ularni qanday olish mumkin? Olimlar mazkur “snaryadlar”ni olish uchun zaryadlangan zarralarni elektr maydoni ta’sirida katta tezliklargacha tezlatish orqali hosil qilishni o’rgandilar.




Download 4,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish