Mavzusida yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlashingiz so‘raladi


inson qadrini tadqiq etish aniq fanlar doirasidan ijtimoiy fanlarga tomon rivojlanib bordi



Download 76,46 Kb.
bet8/8
Sana31.03.2022
Hajmi76,46 Kb.
#522141
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5334548960172316078

inson qadrini tadqiq etish aniq fanlar doirasidan ijtimoiy fanlarga tomon rivojlanib bordi. Ya’ni dastavval, inson-mashina munosabatlaridagi inson qadri keyinchalik o‘z qamrovini kengaytirgan holda inson-jamiyat va hatto, inson-ekologiya munosabatlari doirasida taraqqiy etdi.
Xo‘sh, ijtimoiy hayotda inson qadri qanday o‘ziga xosliklarga ega?
Inson qadri haqida gapirilganda, eng avvalo, real inson, uning real imkoniyat va xislatlarining haqiqiy voqelikka real ta’sir eta olishidan kelib chiqib uni ob’ektiv baholanishi nazarda tutiladi. U yoki bu taraqqiyotda, ijtimoiy o‘zgarishlarda inson qadrini tahlil qilishda ham uning reallikka ta’siri masalasi muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, insonning tabiat va jamiyat qonuniyatlari amal qilishidagi o‘rni va roli, ularga insonning ta’siri darajasi nuqtai nazaridan o‘rganish keng tarqalgan. Ya’ni hozirgi kunda tabiiy va ijtimoiy voqeliklarni o‘rganish bevosita inson mohiyati, mazmuni va tabiati bilan birgalikda o‘rganilmoqda va bu bizningcha, to‘g‘ri yondashuvdir. Sababi – jamiyat hayotining har qaysi sohasi qanchalik nisbiy mustaqil bo‘lmasin, ularning rivoji, o‘zgarishi va dinamikasi inson borlig‘ining shunga aloqador ong va faoliyati birligining tahlilisiz ojiz bo‘lib qoladi. Biz u yoki bu yondashuvni mutloqlashtirishdan yiroqmiz. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, inson mohiyatining birgina jihatiga urg‘u berish mavjud voqeliklarni kamchiliklarda tasvirlashga olib keladi. Ammo, insonning mohiyati – uning tabiati, kosmik, biologik asoslari, ideal ma’naviy fazilatlari, ijobiy qobiliyati, ijtimoiy-psixologik yoki mafkuraviy jihatlarining bir-butun tizimi, majmuasidan iboratdir. Shunday ekan, yashab turgan tabiat, jamiyat, atrof-muhit va o‘z navbatida, individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda insonning mohiyatini, demakki u yoki bu jarayonda inson qadrini tahlil qilish mumkin bo‘ladi. Shundagina mavjud shart-sharoitlarni va unga sub’ektlarning munosabati, ishtirokiga baho berish imkoniga ega bo‘linadi.
Ilmiy tahlil ob’ekti sifatida inson o‘zining shaxsiy xususiyatlariga nisbatan, bu xususiyatlarni shakllantirgan hayotlarga nisbatan va tabiat va jamiyatga nisbatan namoyon bo‘la boshlaydi. Bu o‘zaro munosabatlarning har biri inson mohiyatini ifodalashga xizmat qiladigan alohida munosabatlar tizimini tashkil etadi. Kosmosda, tabiatda, jamiyatda va muhitda shakllanib, funksiyalarni bajarib va faoliyatda bo‘lib inson nafaqat ishtirokchi hisoblanadi. O‘z navbatida, u tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy munosabatlarning mahsuli hamdir. Xuddi shuning uchun ham yuqoridagi munosabatlar xususiyatiga qarab, muayyan yondashuvlar u yoki bu darajada muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Qolganlari esa yo 2-3-darajali yoxud umuman e’tiborsiz qoldiriladi.
Insonni aynan ijtimoiy munosabatlar tizimida, xususan demokratik jamiyat qurish jarayonida hayot sifatida o‘rganish uning tabiat qonunlariga mos bo‘lishini inkor etmagan holda, ko‘proq uning ijtimoiy-psixologik va mafkuraviy jihatlariga ahamiyat beradi. Marksizmning ijtimoiy falsafasida taraqqiyotni siljituvchi kuchlar deb, ob’ektiv ijtimoiy qarama-qarshiliklar, ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish va tovar almashish usullari, mehnat taqsimoti, insonlar, xalqlar va sinflarning davomiy faoliyati, jamiyatda sinflarning ajralishi va kurashi, ijtimoiy inqiloblar, ehtiyoj va manfaatlar, fan va ideal motivlar kabi turli ijtimoiy voqeliklar tushunilardi. Shunga muvofiq, ilmiy adabiyotlarda ham jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari turlicha tushuntirilgan. Ya’ni ba’zan u ijtimoiy taraqqiyotning qarama-qarshiliklari va ularning yechimi bilan bog‘lansa, ba’zida ijtimoiy determinizm bilan, goh tarixning ob’ektiv va sub’ektiv hayotlari bilan, gohida esa kishilarning faoliyati yoki sanab o‘tilgan hayotlar kompleksi bilan izohlanadi. Ko‘rinishidan, qayd qilingan har bir yondashuvlar haqli, haqiqatning qaysidir bir qirrasini o‘zida aks ettiradi. Bizningcha, jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchlari, avvalo inson(lar)ning faoliyati bilan bog‘liqdir.
Jamiyat insonlar faoliyati majmuidan iborat ekanligi chuqur metodologik ahamiyatga ega bo‘lib, bu jamiyatning eng asosiy o‘ziga xos xususiyatini ifodalaydi. Shunday ekan, jamiyatda sodir bo‘l(adi)gan hodisalar – qonunlarning amal qilishi, jamiyat tarkibiy qismlarining o‘z funksiyasini bajarishi, tarixiy ijtimoiy holatning o‘zgarishi va h.k.lar – inson faoliyati bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘ladi. Har qanday moddiy strukturalar, siyosiy institutlar yoki g‘oyalar o‘z-o‘zicha, inson faoliyatidan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi. Mazkur fenomenlar inson faoliyatining biror ko‘rinishida aks etsagina, ijtimoiy mazmunga ega bo‘ladi va jamiyatning muhim elementlariga aylanadi. Har qanday uslub (vosita, qurol) ham inson uni qo‘llaganda, manfaatlariga xizmat qilganda yoki bo‘lmasa, huquqiy normalar inson tomonidan qo‘llangandagina o‘zining haqiqiy mohiyati va ahamiyatiga ega bo‘ladi. Shunday ekan, inson faoliyati – atrofida murakkab tizimchalarni mujassamlashtirgan jamiyatning o‘ziga xos markazi hisoblanadi.
Xullas inson oliy qadriyat hisoblanadi. Unga nisbatan gumanizm nuqtai nazardan yondashilgan jamiyatda barqarorlik, uning qadri e’zozlangan jamiyatda taraqqiyot bo‘ladi. Ana shundan kelib chiqib bugungi kunda bizning jamiyatda ham inson qadri masalasiga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Hukumatning ijtimoiy himoya masalasiga e’tibor qaratayotganligi, og‘riqli muammolarimiz ishsizlik, kambag‘allik muammolarini tan olib uni bartaraf etish borasida dasturlar ishlab chiqilishini zamirida ana shunday gumanistik yondashuv mujassam hisoblanadi.

1 Қаранг: Человек: Философские аспекты сознания и деятельности / Т.И.Адуло, А.И.Антипенко, Е.А.Алексеева и др.; Под ред. Д.И.Широканова, А.И.Петрущика. – Мн.: Наука и техника, 2009. 51-б.

2 Šаранг: Чапанис А. Инженерная психология. – М., 1964. – 37-38-бб.

Download 76,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish