Mavzusida yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlashingiz so‘raladi


O‘ZBEKISTON VA KOREYA BIRINCHI XONIMLARI SEULDAGI MILLIY REABILITATSIYA MARKAZIGA



Download 76,46 Kb.
bet6/8
Sana31.03.2022
Hajmi76,46 Kb.
#522141
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5334548960172316078

O‘ZBEKISTON VA KOREYA BIRINCHI XONIMLARI SEULDAGI MILLIY REABILITATSIYA MARKAZIGA
TASHRIF BUYURDI


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva va Koreya Respublikasining Birinchi xonimi Kim Chen Suk Seuldagi Milliy reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi.
Markaz nogironligi bo‘lgan shaxslar salomatligini mustahkamlash va ularning jamiyatga qo‘shilishiga reabilitatsiya, tadqiqot va ta’lim yo‘li bilan yordam beradi.
Mehmonlar markazning ilg‘or tajribasi bilan tanishdilar. Innovatsion texnologiyalar, laboratoriya faoliyati, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zamonaviy yordamchi vositalarni ishlab chiqarish jarayoni namoyish etildi.


O‘ZBEKISTON PREZIDENTI JANUBIY KOREYA ISHBILARMON DOIRALARI VAKILLARI BILAN UCHRASHDI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida Koreya Respublikasining yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vaziri Mun Sin Uk, Koreya xalqaro savdo uyushmasi raisi Kristofer Ku, Koreya Eksimbanki, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), «SK Ecoplant», «Posco», «Samsung», «SK Nexilis», «Youngone», «KIA Motors», «K-water», «KT-Net» va ko‘plab boshqa kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Xorijiy tashriflar chog‘ida bunday uchrashuvlar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Xususan, O‘zbekiston Prezidenti 2017 yilda Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida yirik biznes-forum o‘tkazilgan edi. 2019 yilda esa davlat rahbarlari Toshkentdagi qo‘shma biznes-forumda ishtirok etdilar. Ushbu tadbirlar natijasida ishbilarmonlar o‘rtasida ishonch kuchaydi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklik faollashdi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohalariga bozor mexanizmlarini joriy qilish borasidagi jiddiy yangilanishlar amalga oshirilayotgani ham hamkorlikning kengayishiga xizmat qilmoqda. Birgalikda biznes yuritishga halal bergan to‘siqlar bartaraf etildi.
– Mamlakatimizda boshlangan o‘zgarishlar ortga qaytmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Yangi O‘zbekiston strategiyasida mamlakatimizda tadbirkorlar uchun eng qulay sharoitlar yaratish, xorijiy biznes faoliyatini kengaytirish ishlarini davom ettirish ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonning ishonchli do‘sti va alohida strategik sherigi – Koreya Respublikasi bilan barqaror, ishonchga asoslangan va jadal rivojlanib borayotgan hamkorlikni qadrlaymiz.
Ikki davlat o‘rtasida, shu jumladan savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida tizimli aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Maxsus ishchi guruh faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Investitsiya va tashqi savdo vazirligida Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul alohida departament tuzilgan.
Bunday e’tibor va tizimli ishlar natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan yuqori darajaga ko‘tarildi. Tovar ayirboshlash ikki barobarga ortib, 2,2 milliard dollarni tashkil etdi. O‘zbekiston iqtisodiyotida Koreyadan yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 7 milliard dollardan oshdi. Keyingi besh yilda mamlakatimizda Koreya sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni ikki barobar ko‘paydi. Bugun ular mingtadan ortiq. Koreyalik kompaniyalar bilan birgalikda O‘zbekistonda umumiy qiymati 9 milliard dollardan ziyod 52 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari Koreya kompaniyalarini birgalikda yangi, keng ko‘lamli tashabbuslarni ishlab chiqishga chaqirdi.
Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda faol tadbirkorlik uchun yaratilgan sharoitlarni yuksak baholadi va investitsion hamkorlikni rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi.
Uchrashuvda Koreya kompaniyalari bilan hamkorlikda raqamlashtirish, “yashil” energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, farmatsevtika, geologiya sohalari va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda umumiy qiymati 5 milliard dollardan ortiq 40 ta yangi loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
 Prezident Shavkat Mirziyoyev bu rejalarni ma’qullab, mutasaddilarga aniq muddatlarini belgilagan holda tegishli “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilishga topshiriq berdi.
– Bosh maqsadimiz – Koreya biznesi O‘zbekistonda qulay muhitni his etib faoliyat yuritsin, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz Koreya kompaniyalari rahbarlarini O‘zbekistonga kelish va u yerda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlardan foydalanishga taklif etdi.



Download 76,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish