Mavzusida uslubiy tavsiya



Download 5,85 Mb.
bet36/45
Sana31.12.2021
Hajmi5,85 Mb.
#227075
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45
Bog'liq
2-maktab Yuldosheva Ma'mura ommalashtirish tayyor

Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni jadvallar bilan ishlashga o’rgatish, ularning og’zaki nutqini o’stirish, dunyoqarashini kengaytirish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Shakl (forma): savol-javob

Usul: “Aqliy hujum”, “Svetafor”

Vosita (darsda foydalaniladigan jihozlar): darslik, A.Navoiy surati, asarlari, mavzuga oid ko’rgazma


T/r

Darsning bosqichlari

Ajratilgan vaqt

1.

Tashkiliy qism yoki psixologik iqlim yaratish

3 daqiqa

2.

O‘tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

3.

Yangi mavzuni bayoni

20 daqiqa

4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

7 daqiqa

5.

O‘quvchilarni baholash

3 daqiqa

6.

Uyga vazifa berish

2 daqiqa

II.Otilgan mavzuni mustahkamlash: O’tilgan mavzu “Svetafor ” o’yini yordamida takrorlanadi. “Svetafor” usulida o’rtaga o’qituvchi mavzuga oid fikr tashlaydi. Bu fikrni to’g’ri deb hisoblagan o’quvchilar svetaforning yashil chirog’ini, noto’g’ri deb hisoblagan o’quvchilar svetaforning qizil chirog’ini, ikkilangan o’quvchilar esa svetaforning sariq chirog’ini ko’tarishadi. Savollar:

  1. Shaxs yoki narsalarga atab qo’yilgan nomlar joy nomlaridir.

  2. Atoqli otlar mazmuniga ko’ra 2 xil bo’ladi.

  3. Tarkibida bo’yi, orti, oldi so’zlari bor joy nomlari ajratib yoziladi.

  4. Juft va takroriy otlar chiziqcha bilan yoziladi.

  5. Ikkinchi qismi atoqli ot bo’lgan qo’shma so’zlar qo’shib yoziladi.

III. Yangi mavzu bayoni: Darsning rejasi:

  1. Tashkilot, korxona, muassasa nomlari

  2. Tashkilot, korxona, muassasa nomlarining yozilishi

Dars darslikdagi topshiriqni bajarishdan boshlanadi. Uning shartiga ko’ra berilgan so’zlar jadvalga joylashtiriladi.

Xalqaro tashkilot nomlari

Davlat oily tashkiloti nomlari

Korxona nomlari

Davlat muassasa nomlari

Birlashgan Millatlar Tashkiloti

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Toshkent traktor zavodi

Ozbekiston Milliy universiteti

Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi

Ozbekiston Oliy Majlisi

Qizilqum sement zavodi

“Turnacha” maktabgacha tarbiya muassasasi

O’quvchilarga so’zlarning yozilishiga e\tibor berish so’raladi. Quyidagi savollar asosida savol-javob o’tkaziladi:

1. Xalqaro tashkilot deganda nimani tushunasiz? Bunday nomlar qanday yoziladi?

2. Davlat oily tashkilotlari qanday tashkilotlar? Bunday so’zlar qanday yozilar ekan?

3. Davlat muassasasi deganda nimani tushunasiz? Bunday nomlar qanday yoziladi?

4. Korxona nima? Bunday nomlar qanday yoziladi?

O’quvchilarning javoblari umumlashtirilib mavzu yuzasidan nazariy ma\lumot beriladi:

Xalqaro tashkilot, oily davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar nomi tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi.

Turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, transport vositalari kabilarga berilgan shartli nomlar qo’shtirnoq ichida bosh harf bilan ( birikmali holatlarda faqat birinchi so’z) yoziladi: “Turkiston” saroyi, “Sharq gullari” firmasi.

So’ngra darslikdagi mashqlar bajariladi.

275-mashq. Tashkilot, korxona va muassasa nomlarini jadvalga joylashtiring va ular ishtirokida gaplar tuzing.

Xalqaro tashkilot nomlari

Davlat oily tashkiloti nomlari

Korxona nomlari

Davlat muassasa nomlari

Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Samarqand chinni zavodi

“O’qituvchi” nasriyoti

Osiyo Taraqqiyot Banki

Ozbekiston Oliy Majlisi

Quvasoy sement zavodi

“Nuroniy’ jamg’armasi





Oliy xo’jali sudi

“Umid” firmasi

“Turkiston” saroyi







“Istiqbol” fermer xo’jaligi

Temuriylar davlat muzeyi










Guliston davlat unversiteti

276-mashq. Quyidagi nomlarni guruhlarga ajrating va ular orasidagi farqni tushuntiring.

Namuna: Madaniyat va sport ishlari vazirligi - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Birinchi so’z vazirlik nomi bo’lgani uchun faqat birinchi so’zi bosh harf bilan yoziladi. Ikkinchi so’z davlat oily tashkiloti nomi bo’lgani uchun tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi.


Download 5,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish