Farg’ona Davlat Universiteti huzuridagi pedagogik kadirlarni qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish markazi kimyo yo’nalishi tinglovchisi O’rinova Ozodaxon O’ljayevnaning “Kimyoviy bog’lanish va moddalar tuzilishi” mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish mavzusi bo’yicha yozgan bitiruv ishiga
T A Q R I Z
Respublikaqmiz raxbariyati tomonidan innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash maqsadida ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi uchun ham Davlatimizning ustuvor siyosatida, ta’lim tizimi ish mazmunini demokratlashtirish, XXI asr yoshlarini har tomonlama rivojlangan, etuk, dunyoviy fikr yuritadigan, bilimli, barkamol shaxslarni jahon ta’lim standartlariga mos ravishda tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri etib belgilangan.
Shuning uchun ham bugungi kunda ta’limning iqtisodiyligi va takomillashganligi o‘rgatuvchi va o‘rganuvchi aloqalari, texnika va texnologiyalar, ta’limni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil kilish, hamda ta’lim samaradorligini oshirishga katta e’tibor berilmokda. Ta’lim tizimida, ta’lim jarayonida ta’lim metodlaridan foydalanish – ta’lim samaradorligini oshiradigan innovatsion usuldir. Yoshlarni yangicha ishlashga va tafakkur yuritishga o‘rgatish davr talabi ekanligi yurtboshimiz tomonidan asoslab berildi.
Hozirgi kunda barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayonida ta’lim texnologiyalaridan keng qamrovli foydalanishga erishilmoqda. Bu esa ta’lim texnologiyasi asosida tashkil etilayotgan pedagogik jarayonlarni mazmun-mohiyatini to‘liq tushunib etishga va ularni samarali, qiziqarli, sifatli bo‘lishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Tabiiy fanlarni o`qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish ularni ta`lim jarayoniga qo`llash va tibbiyotda axamiyati to`g`risida berilgan ma`lumotlar mavzuni dolzarbligidan dalolat beradi.
Bitiruv ishini himoya qilish ishida yoritilgan tabiiy fanlarni o`qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o`ziga xos jihatlari o`qituvchilarning kelgusi faoliyatlariga amaliy yordam berishdan iborat. Keltirilgan xulosa va takliflardan ta`lim sohasiga oid tegishli me`yoriy hujjatlarni yaratish va takomillashtirishda, shuningdek, o`quv-uslubiy jarayonlarda foydalanish mumkin.
Bitiruv ishini himoya qilishishi reja asosida yoritilgan bo`lib, u kirish, ikki bob va beshta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat holda yoritib berilgan. “Kimyoviy bog’lanish va moddalar tuzilishi” mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bitiruv ishini himoya qilish ishida pedagogik texnologiyalarning xususiyatlari, turlari aniq ko`rsatilgan va o`z aksini topgan. Bitiruv ishida foydalanilgan manba`lar, me`yoriy-huquqiy xujjatlar, maxsus adabiyotlar to`liq ko`rsatilgan.
Mavzu to`liq ochib berilgan. Mashg`ulotlarni rejalashtirish va tashkillashtirish jarayonlarida pedagogik texnologiyalardan to`g`ri foydalanish, shuningdek, mashg`ulotlarning texnologik xaritalarini tuzish jarayonlarida foydalanish mumkin.
Bitiruv ishini himoya qilish ishini yakunlagan deb xisoblayman va himoyaga tavsiya etaman.
Kimyo kafedrasi professori: A.A.Ibragimov
Do'stlaringiz bilan baham: |