Talab va taklif o’zaro aloqadorligi. Egri chiziqlari kesishadigan nuqta (klassik nazariyaga ko’ra, «Marshall kesishmasi») talab va taklif to’g’ri kelishini aks ettiradi, ushbu kesishmaga mos keladigan ish haqi esa bozor muvozanati ish haqi (Ih) deyiladi. Tomonlarning barchasi qanoatlangan bozor muvozanatli holatdadir.
Agar bozordagi ish haqi (bozor muvozanatidan past ish haqi) nuqtasida to’xtasa, talab yuqori (yuT-b nuqtasi), taklif esa — past (pT-f nuqtasi) bo’ladi va talab taklifdan oshadi. Bunday sharoitda ish beruvchilar xodimlarni ishga olish uchun raqobatlashadilar, bu esa bozorda ish haqi muayyan darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Bunda quyidagi ikkita variant bo’lishi mumkin:
1. Ko’proq miqdordagi xodimlar bozorga chiqish va ish qidirishni boshlashga ahd qiladi (ya’ni harakat yuqorida aytganimizdek taklif egri chizig’i bo’ylab boradi).
2. Ish haqi oshganligi ish beruvchilarni xodimlarni qabul qilish miqdorini cheklashga majbur qiladi (ya’ni harakat talab egri chizig’i bo’ylab boradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |