MAVZU;OKSAZOL
Reja
KIRISH
1.Geterohalqali birikmalar.
2.Oksazolning elektron tuzilishi.
3.Oksazolning olinish usullari.
4.Oksazolning kimyoviy xossalari va unga xos reaksiyalar.
5.Oksazol hosilalarini ishlatilishi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Geterotsiklik birikmalar, ularning nomiga ko'ra, bir yoki bir nechta geteroatom - ugleroddan boshqa elementlarning atomlari mavjud bo'lgan tsikllarni o'z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda turli xil atomlarga ega bo'lgan geterosikllar ma'lum, ammo eng ko'p o'rganilganlari azot, kislorod va oltingugurtni o'z ichiga olganlardir. Geterotsikl kimyosining ahamiyati juda katta. Organik kimyoga oid nashr etilgan ishlarning uchdan ikki qismi shu sohada amalga oshirilganligi ham shundan dalolat beradi. Organik moddalar, organik birikmalar - uglerodni o'z ichiga olgan birikmalar sinfi (karbidlar, karbonat kislotasi, karbonatlar, uglerod oksidi va siyanidlar bundan mustasno)
O‘zbekiston Respublikasida barcha soxalarda izchil isloxotlar olib borilmoqda. Buning natijasi yosh avlodda ancha ko‘tarinkilik ko‘zga tashlanib bormoqda.
Bugungi kunda barkamol shaxs tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi sababli, har tomonlama yetuk, erkin fikrlovchi, go‘zal xulqli, barcha axloqiy fazilatlarga ega barkamol shaxsni kamol toptirish tarbiyaning asosiy maqsadi etib belgilangan. Shuningdek, barcha axloqiy fazilatlarning asosini ham ezgulik tashkil etadi. Barkamol shaxsni tarbiyalash uchun esa, eng avvalo, yoshlarda ezgulik tuyg‘ularini shakllantirishimiz kerak. Zero, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, davlat tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ham ezgulik yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunda, hukumatimiz tomonidan barkamol avlod tarbiyasiga, umuman, ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Organik moddalar odam, hayvon, o’simlik organizmlarining asosini tashkil etish bilan birga sanoatda, turmushda, insonning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan moddalar ekanligi bilan e’tiborga loyiqdir. Chunki insonni oziq-ovqati, kiyim-kechaklari, transport vositalari, ularning yoqilg’ilari, zavod va fabrikalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy qismlari, bo’yoqlar, dorivor moddalar, yuvuvchi moddalar, gerbitsidlar, fungitsidlar va boshqa ko’plab birikmalarning asosini organik birikmalar tashkil etadi. Insoniyat hayot faoliyatini organik moddalarsiz tasavvur etish mumkin emas.
Organik kimyo uglevodorodlar va ularning hosilalarining kimyosini o‘rganadi. Hozirgi vaqtda organik birikmalar tarkibiga uglerod va vodoroddan tashqari davriy sistemaning deyarli barcha elementlari kiradi.
Organik kimyoning alohida fan sifatida ajralib chiqishiga quyidagilar sabab bo’lgan:
−organik moddalar sonining ko'pligi, hozirgi vaqtda ularning soni o’n milliondan ortib ketgan;
− organik moddalarning inson hayot faoliyatidagi ahamiyatining katta ekanligi;
−organik moddalarning o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi, ularning barchasi yonuvchan, aksariyati dissotsiatsiyaga uchramaydi va tashqi ta’sirga chidamsiz;
− organik kimyo yuksak taraqqiy etgan materiyani o‘rganadi.
Organik kimyo mustaqil fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab shakllana boshladi. Ammo, bizning ajdodlarimiz organik birikmalar bilan bundan ming yillar avval ham tanish bo’lganlar. Ular o‘simliklardan yog’larni ajratib olishni, bo’yoqlar, qand, efir moylari, pivo, vino, sirka, sovun tayyorlashni bilganlar. Keyinchalik bu birikmalarning shaklini o‘zgartirish bilan shug’ullanganlar.
Tabiiy birikmalarni qayta ishlashda eng birinchi haydash usulidan foydalanilgan. Haydash orqali IX asrda sirkadan sirka kislota, bijg‘igan suyuqlikdan XI asrda etil spirti, XVI asrda esa etil spirtini sulfat kislota bilan haydash orqali etil efiri, tabiiy qatronlardan qahrabo va benzoy kislotalar olindi. Keyinchalik kerakli moddalarni qayta kristallash, suv bug’i bilan haydash orqali ajratib olish usullari yaratildi.
XIX asrning boshlarida shved kimyogari Bertselius organik birikmalarni sifat va miqdor jihatidan tahlil qilish borasida ish olib boradi va buning natijasida u shunday xulosaga keladi: organik moddalar inson, o‘simlik va hayvon organ tizmlarida ilohiy kuch ta’sirida hosil bo‘ladi.
Nemis olimi Vyoler noorganik moddalardan foydalanib 1824-yilda shavel kislotani, 1828-yilda mochevinani sintez qildi. Rus olimi N.N. Zinin 1842-yilda avvallari o‘simliklardan olinadigan anilinni sintezyo‘li bilan oldi. 1845-yilda nemis olimi Kolbe sirka kislotani, 1854-yilda fransuz olimi Bertlo yog‘larni, 1861-yilda rus olimi A.M. Butlerov birinchi marotaba shakar moddalarni sintez usuli bilan oldi.
Nemis olimi Libix achchiq danak moyidan foydalanib tarkibida benzoil radikali - C6H5CO – bo’lgan benzaldegidni C6H5CHO; benzoy kislotani - C6H5COOH; benzoil xloridni C6H5COCl va boshqalarni ajratib oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |