Raqobatning turli sharoitlarida ish haqining shakllanishi
219
mutaxassislikka ega bo’lgan ishchilardan iborat kasaba uyushmalari uyushmaga
a’zolikni cheklashdan foyda topishini aytib o’tgan edik. Xulosa, agar duradgorlar
va g’isht teruvchi ustalar soni ko’payib ketsa, ularga belgilangan yoki ular talab
etadigan ish haqi miqdori kamayadi. Shunday qilib, Kolorado shtatidagi Brush deb
nomlangan korxonadagi uyushmaga a’zo bo’lmagan kaish haqi oladigan duradgor
usta Chikago shtatiga ko’proq ish haqi to’laydigan korxona ish o’rniga
joylashishni xohlashi mumkin. Lekin, uni kutgan rejasiga erishishiga bo’lgan
ehtimollik juda kam. Huddi shu tarzda, ma’lum hududda ish faoliyatini olib borish
uchun ixtisoslashgan ko’z shifokori yoki huquqshunos boshqa shtat yoki
hududning litsenziyalash talablariga javob bera olmasligi mumkin, shuning uchun
uning boshqa hududga ish qidirib borish imkoniyati cheklangan. Boshqa nazarda
tutilmagan to’siq yoki muammolarga bir hududdan boshqasi ko’chib o’tish bilan
qo’ldan boy berilishi mumkin bo’lgan nafaqa olish tartiblari, tibbiy sug’urta
imtiyozlari hamda xizmatda yuqori mansabga ko’tarilish imkoniyatlari kiradi.
Turli Darag’adagi Kamsitish
Qabul qilingan qonun va qarorlarga qarshi
o’laroq, ayni bir hil ish ko’lamini bajarayotgan oq tanli furoqolarga ayollar va kam
sonli ishchilarga qaraganda ko’proq ish haqi belgilanish oqibatida ba’zan
kamsitish holatlari yuzaga keladi. Shuning uchun, boshqa ish o’rinlarida kam sonli
va ayol ishchilarga ko’p haq to’lanayotgan bir paytda, ular o’zlariga past miqdorda
ish haqi to’laydigan ish o’rinlarida to’planib qoladilar. Aga bu kabi ishchi kuchi
bozoridagi kamsitish ayolalrva kam sonli ishchilarni ko’p haq to’laydigan ish
o’rinlaridan mosuvo qilsalar, unda ish haqidagi belgilanishidagi tengsizliklar
saqlanib qolaveradi.
Barcha to’rtta yuqoida muhokama qilingan masalalar ya’ni marjinal foyda
samaradorligi, raqobatdosh bo’lmagan ishchilar guruhi, pul ko’rinishida
bo’lmagan tafavvutlar, bozor chalkashliklari haqiqiy ish haqi miqdoridagi
tengsizliklarni tushuntirib berishda katta ahamiyat kasb etadi. Misol uchun,
shifokor va quruvchi ish haqidagi farqlar marginal foyda samaradorligi va
raqobatdosh bo’lmagan guruhlar asosida tushuntirilishi mumkin. Shifokorlar
iste’molchilarning o’z sog’liqlari uchun har qancha pul to’lashga (tibbiy
sug’urtalar orqali ) tayyorligi va shifokorlarning yuqori kasbiy malakalari bois
ancha ko’p miqdordagi foydaga erishadilar. Shifokorlarga qo’yiladigan juda qat’iy
kasbiy malaka talablari bois, ular faqatginanisbatan kam sonli kadrlargina
olinadigan bir- birlariga raqobatdosh bo’lmagan guruhlarga bo’linadilar. Shuning
uchun, ishchi kuchiga bo’lgan taklif talabga nisbatan kamroqdir.
Kasbiy malakaga bo’lgan talablar unchalik ahamiyatli bo’lmagani bois,
qurilish sohasida ishchi kuchiga bo’lgan taklif talabga nisbatan ko’proqdir.
Shuning uchun, shikorlarning maoshlari qurilish sohasida faoliyat ko’rsatadigan
Do'stlaringiz bilan baham: |