Raqobatning turli sharoitlarida ish haqining shakllanishi
212
emas. Qachonki bu manfaatlarbir-biridan ajralsa, printsipal-agent muammosi
yugaza keladi. Ishchilar kelishib olingan muddatdan kamroq ishlash, ruxsatsiz
ish ta’tillari olish kabi ishlashdan bo’yin tovlash holatlari orqali o’z
daromadlarini oshrishni ko’zlashlari mumkin. Ular, shuningdek, daromatlarini
qisqartirmagan holatda to’lanadigan ish soatlari davomida ta’tillar olish orqali
o’z ham ko’proq foydaga erishishni ko’zlashlari mumkin. Mahsulot omboridagi
tungi qorovullarda o’ziga belgilangan topshiriqni bajarmay vaqtini kitobo’qish
bilan o’tkazsa yoki ishda barvaqtroq jo’nab ketish holatlari kuzatilishi mumkin.
Baz’an aniq miqdordagi iah haqi tayinlangan boshqaruvchilar kompaniya ishlari
bilan shug’ullanmay vaqtini o’rtoqlari bilan o’tkazishi mumkin.
Korxonalar (printsipallar) bundan ishga panja ostidan qarash hollariga chek
qo’yish yoki bartaraf etish uchun foydali usullardan foydalanadi. Ulardan biri
ishchilarni doimiy kuzatib borish, ammo ishchilarni doimiy kuzatib borish
murakkab va ma’lum miqdordagi harajatni talab etadigan ishdir. Qorovulni
ishini nazorat qilish uchun yana boshqa ishchini yollash esa mahsulot
saqlanadigan omborni qo’riqlash uchun sarflanadigan harajatni ko’paytirib
yuborishi mumkin. Printsipal-agent muammosini hal etishni yana bitta usuli
mehnatga
haq
to’lashning rag’batlantiruvchi tizimi bo’lib, ishchini
imkoniyatlaridan yana ko’proq foydalanishini ta’minlaydi. Mehnatga haq
to’lashda bunday rag’batlantirish tartibi quyidagilarni o’z ichiga oladi;
vositachilik badallari, mualliflik gonorarlari, mukofotlar, aksiya optsiyonlari va
foydani baham ko’rish va yuqori miqdordagi ish haqlari ko’rinishida bo’lishi
mumkin.
Ishbay Asosida Haq To’lash Stavkalari
Ishbay asosida haq to’lash stavkalari ishchi ishlab chiqaradigan mahsulotning
har bir donasiga muvofiq to’lanadigan kompensatsiyalar. Agar printsipal ya’ni
boshqaruvchi yoki ish beruvchi meva teruvchilarga
ularning ish haqlarini Ish-Haqini Belgilanishi bushelda
(bushel - Angliyada 36.3, Amerikada 35.2 litrga teng
sochiluvchan
narsalar
o’lchovi)
yoki
yozuv
mashinasida ishlovchi ayolga (mashinistka) u yozib
chiqqan ishning varaq hisobida haq to’laganda edi,
ishlashdan bosh tovlash kabi muammolarga duch
kelmagan bo’lar edi.
Vositachilik Badallari va Mualliflik
Gonorarlari
Ishbay asosida haq to’lash stavkalaridan farqli
o’laroq, vositachilik badallari va mualliflik gonorarlari ularga to’lanadigan pul
mablag’larini savdoning qiymatiga bog’lab qo’yadi. Sug’urta agentlari, birja
Do'stlaringiz bilan baham: