1-savol ►
195
haqi bir yil, bir soat yoki bir kunda olinadigan pul maglag’i miqdori hisoblanadi.
Real ish haqi esa ishchi nominal ish haqiga sotib olinishi mumkin bo’lgan tovar va
xizmat turlarining miqdori hisoblanadi; real ish haqi nominal ish haqining “sotib
olish imkoniyat”ini ko’rsatadi.
Sizning real ish haqingiz nominal ish haqi va siz harid
qiladigan tovar va xizmatlarning narxlariga bog’liqdir.
Aytaylik, ma’lum yil mobaynida nominal ish haqingiz 5
foizga ko’tarildi, ammo ayni shu yili narxlar darajasi 3 foizga
oshdi. Unda sizning real ish haqingiz 2 (=5%-3%) foizga
ko’tarilgan hisoblanadi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak,
narxlarning umumiy darajasi o’zgarmay qolaveradi. Ya’ni, biz
faqat real ish haqilarni muhokama qilamiz
1
.
Ish haqining mazmunini to’g’ri tushunib olish uchun eng avvalo
yaratilgan milliy mahsulotning taqsimlanish tartibi to’g’risida tasavvurga ega
bo’lish lozim. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning (tovar va
xizmatlarning) taqsimlanish tamoyillari bo’yicha turlicha nazariyalar mavjud.
Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning ko’pchiligida «uch omil» deb
nomlanuvchi nazariya keng tarqalgan. Bu nazariyaning asoschilaridan biri frantsuz
olimi J.B.Sey
«ishlab chiqarishning uch omili»
degan g’oyani ilgari surib, unda
tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, er va kapital bab-baravar qatnashadi, ular
hamma daromadlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar o’rtasida
taqsimlanadi, deb ko’rsatadi. Uning bu g’oyasi amerikalik iqtisodchi olim
J.B.Klarkning
qo’shilgan omil (so’nggi qo’shilgan kapital yoki ishchi kuchi)
unumdorligi
degan g’oyasiga asos bo’lib xizmat qiladi. Klark o’zining
«Boyliklarning taqsimlanishi» nomli asarida yaratilgan boylik uchala omil
o’rtasida ularning har biri yaratgan mahsulot miqdoriga (ya’ni unumdorligiga)
qarab taqsimlanadi, deb ko’rsatdi.
Sey va Klark g’oyalarining ijobiy tomoni quyidagilardan iborat:
a) kapital, er va ishchi kuchi (jonli mehnat)ning har uchalasi tovar yoki
xizmatning nafliligini yaratishda qatnashishi ko’rsatiladi;
b) yaratilgan naflilik miqdori bilan bu uchala omilning miqdori va unumdorligi
o’rtasida bog’liqlik mavjudligi, agar bu uchala omil bir-biriga mos ravishda miqdor va
sifat jihatidan oshsa, tovarlar va xizmatlar hajmi ham ko’payishi asoslanadi.
Ammo bu g’oyalarning kamchiligi ham mavjud bo’lib, ular hozirgi bozor
iqtisodiyoti sharoitiga to’g’ri kelmaydi.
1. Sey va Klark iqtisodiyot nazariyasi hali etarli darajada rivojlanmagan
davrda yashab, ijod etganliklari uchun, tovar va xizmatlarda gavdalangan
mehnatning ikki yoqlama tavsifini va undan kelib chiquvchi tovarning ikki xil
xususiyatini tushunmaganliklari tufayli, kapital va er tovar nafliligini yaratishda
passiv ravishda qatnashsada, qiymat yaratmasliklarini, ular faqat eskirishiga teng,
1
Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.– 17th ed. 245 b
Real ish haqi esa
ishchi
nominal
ish haqiga sotib
olinishi mumkin
bo’lgan tovar va
xizmat turlarining
miqdori
hisoblanadi;
196
ya’ni amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga jonli mehnat
ta’sirida o’tkazishini, yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishini
ko’rsatib berolmaganlar.
2. Klark tomonidan yaratilgan qo’shilgan mehnat unumdorligining kamayib
borish qonuni turli omillarning bir-biriga mosligi ta’minlanmagan, ko’r-ko’rona
xarajatlar oshirib borilgan hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti mutlaqo to’xtab
qolgan davrga (holatga) mos kelib, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti
sharoitiga to’g’ri kelmaydi.
3. Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda yaratilgan boylik, to’g’rirog’i
milliy mahsulotning hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga
qarab taqsimlanmaydi, balki uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan
fondlar tashkil qilingandan qolgan qismi shu omillarga qarab uning egalari
o’rtasida taqsimlanadi.
Sey va Klarklardan tashqari ayrim oqimlar, masalan lassalchilar mehnat
hamma boylikning va madaniyatning manbaidir, shuning uchun hamma daromad
jamiyat a’zolari o’rtasida teng taqsimlanishi zarur, deb ko’rsatadilar. Lassalchilar,
birinchidan, boylik faqatgina mehnatning natijasi bo’lmasdan, uni yaratishda er
(tabiat resurslari) va kapital ham qatnashishini, ya’ni uning nafliligi har uchala
omil natijasi ekanligini unutdilar. Ikkinchidan, ularning yaratilgan mahsulotni
barcha jamiyat a’zolari o’rtasida teng taqsimlash zarur degan g’oyalari mutlaqo
noto’g’ri bo’lib, bunday holatda mahsulotni ko’paytirishga ishlab chiqaruvchilar
o’rtasida hech qanday qiziqish bo’lmasligi o’z-o’zidan tushunarlidir. Keyinchalik
sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan sobiq Ittifoqda mahsulot va
daromadlar davlat qo’lida bo’lib, mehnatning miqdori va sifatiga qarab
taqsimlanadi degan g’oya hukmron bo’ldi. Lekin uning talablari bajarilmadi.
Davlat, partiya va xo’jalik rahbarlari yaratilgan mahsulotning ko’pchilik qismini
o’z xohishlaricha davlat foydasiga taqsimladilar va turli yo’llar bilan o’zlashtirib,
undan foydalandilar, shu vaqtning o’zida mehnatkashlar o’z mehnatining
miqdori, sifati va unumdorligiga yarasha haq ola olmadilar.
Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlar va amaliy tajribalarni hamda
hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablarini
hisobga olib, yaratilgan mahsulotni taqsimlashning quyidagi asosiy yo’nalishlarini
ko’rsatishga harakat qilamiz:
a) umuman olganda mahsulotni, binobarin daromadlarni taqsimlash ham doim
bir xil bo’lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar
tizimiga, jumladan mulkchilik munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Ishlab
chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli
shakllari, erga esa davlat mulki mavjud bo’lgan sharoitda yaratilgan milliy
mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi
bo’lgan ishchi-xizmatchilar o’rtasida taqsimlanadi. Bunda daromadlarning bir
qismi albatta umumjamiyat manfaatlarini ko’zlab ish olib boruvchi davlat
ixtiyoriga kelib tushadi;
197
b) milliy mahsulotdan eng avvalo shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab
chiqarish vositalarining qiymati, aniqrog’i, amortizatsiya summasi ajratib
qo’yiladi, chunki bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini (asosiy kapitalni)
qayta tiklash uchun zarurdir;
v) undan keyin turli xil tabiiy ofat va favqulodda hodisalarning ta’sirini
bartaraf qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni bir maromda to’xtovsiz
amalga oshirishni kafolatlash uchun sug’urta fondlari, qariyalar, bolalar,
nogironlar va turli boshqa kam ta’minlangan oilalarni himoya qilish uchun
nafaqa hamda ijtimoiy himoya fondlariga ajratiladi;
g) davlatni boshqarish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining tinch
hayotini va mehnatini qo’riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta’lim
tizimini, sog’liqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu ajratmalar
ko’pdan-ko’p davlat soliqlari tarzida amalga oshiriladi).
Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi zamon
bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, er egalari va ishchi kuchi egalari o’rtasida
taqsimlanadi va jamiyat a’zolarining ixtiyoriga kelib tushadi. Chunki bu jarayon
natijasida ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa omillar
egalari – mulkdorlarning mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularning omilli
daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi
daromad turlari ko’rinishini oladi.
Ish haqlar mamlakatlar, hududlar, kasblar va
yakka tartibdagi jismoniy shaxslar orasida turli hil
darajada belgilanadi. AQShda tarif stavkalari Xitoy
yoki Hindistondagidan ancha ko’proq. Tarif stavkasi
AQShning janubiga qaraganda shimoliy va sharqiy
qismida
ham
biroz
yuqoriroq
hisoblanadi.
Suvsozlarga AQSh Milliy Futbol Ligasi (AMFL)
o’yinchilariga qaraganda kam ish haqi to’lanadi. Bir
doktor boshqasiga qaraganda ayni bir soatda bajargan ishi uchun turlicha ish haqi
olishi mumkin. Tarif stavkalari, shuningdek, jins, irq va etnik kelib chiqish
orasida ham farq qilishi mumkin.
O’rtacha olganda ish haqining umumiy darajalari turli darajadagi tarif
stavkalarini o’z ichiga oladi. Bu shuningdek, bank ishchilari, sartaroshlar, g’isht
teruvchilar, va jarrohlarning ish haqlarini ham tashkil etadi. Bunday ish haqlarini
o’rta hisobda ko’rsatgan holda mamlakatlar va hududlar orasidagi ish haqlarini
osongina taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lamiz
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |