Karl Marks (1818-1883)
yiilarda yashab ijod qilgan
Marks ta’limotida asosiy
o‘rinni bazis va ustkurma
konsepsiyasi egallaydi –
unga ko‘ra ijtimoiy borliq
(hayot) kishilar ongini
belgilaydi.
13
K. Marks ta’limotida asosiy o‘rinni bazis va ustkurma konsepsiyasi egallaydi
– unga ko‘ra ijtimoiy borliq (hayot) kishilar ongini belgilaydi. Uning nazariyasida
kapitalizm tizim sifatida daromadlar taqsimotini bozor prinsiplari buzilishiga olib
kelishi to‘liq bandlikni ta’minlay olmasligi, kolonial ekspluatatsiya va urushlarga
tortishi qayd qilinadi. K. Marks A. Smit va D. Rikardo asos solgan qiymatning
mehnat nazariyasini yangidan qayta ishlaydi. Qo‘shimcha qiymat ishlab
chiqarishga proletariatni ekspluatatsiya qilish orqali erishilishini va uning
kapitalistlar tomonidan o‘zlashtirilishi ular boyligining ko‘paytirishning doimiy
manbaini tashkil qilishini qayd qiladi. K. Marks fikricha kapitalning jamg‘arilish
jarayoni sinfiy kurashning keskinlashishi va kapitalizmning barbod bo‘lishi bilan
tugaydi.
K. Marks kapital to‘g‘risidagi ta’limoti bir xil baxo olmadi. Sobiq sotsialistik
mamlakatlarda Bizning mamlakatda marksistik g‘oyani ro‘yobga chiqarishga
qaratilgan harakat muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo‘ldi. Bu uning chuqur
inqiroziga olib keldi. Hozirgi kunda Marks tanqidchilari kapitalizm barbod
bo‘lganligi va uning bashoratlari tasdiqlanmaganligini qayd qilishadi. Marks
g‘oyasining tarafdorlari u tadqiq qilgan kapitalizm 1930 yillardagi buyuk
depressiya davrida barbod bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Hozirda mavjud bo‘lib turgan bozor iqtisodiyoti jamiyat turmush farovonligi
yuksalishini ta’minlashga layoqatli iqtisodiy tizim modeli ekanligini tasdiqlaydi.
XIX asrning 70-yillaridan boshlab “siyosiy iqtisod” atamasi “iqtisod”
tushunchasiga almashtirila boshlandi. Mazmunan iqtisodiyot nazariyasida yangi
yo‘nalish “ekonomiks” (inglizcha economics – iqtisod, xo‘jalik hayoti, iqtisodiy
fan) shakllandi. U mazmunan fan sifatida xo‘jalikni rivojlantirish qonunlarini
o‘rgatishni anglatadi.
Shu sababli bu davrdan qator g‘arb mamlakatlarida yangi iqtisodiy
konsepsiyalar paydo bo‘ldi va mustahkamlandi. Ularda qiymatning mehnat
nazariyasini inkor qilish asosida nazariy fanni uning ijtimoiy muammolaridan ozod
qilishga urunishlar kuzatildi. Fan tadqiqot markaziga ijtimoiy va tarixiy
mazmundan mahrum qilingan bir qator umumiy prinsiplar qo‘yildi. Bular: iste’mol
jarayonida iqtisodiy ne’matlar sub’ektiv nafligiga pasayib borish prinsipi; iqtisodiy
muvozanatlik qoidalari va boshqalar.
Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi ishlab chiqarishning mavjud
omillari (mehnat, kapital, yer)dan foydalanishning muqobil imkoniyatlaridan
tanlashda muammoning ijtimoiy mazmunidan ozod qilingan “texnologiya” bo‘lib
qoldi. Diqqat markazga iqtisodiyotning bozor mezonlariga binoan samarali faoliyat
qilish masalasi chiqadi. Har bir iqtisodiyot sub’ekti imkoniyatlar cheklanganlik
muammosiga to‘qnash keladi. Shundan kelib chiqib, fan jamiyat cheklangan
resurslardan nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish muammosini qanday hal
qilish muammosini tadqiq qiladi. Ayni vaqtda iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida
qolish uchun ijtimoiy va siyosiy muammolar mavjudligini ham inkor qilmasligi
zarur.
14
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab «marjinalizm» deb atalgan oqim
vujudga kelib, shakllana boshladi. U inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “keyingi”,
“qo‘shilgan” degan ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy
maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem Bavrek va
boshqalar) bo‘lib, ular tomonidan keyingi qo‘shilgan tovar nafliligining, mehnat
yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab
chiqildi. Bu oqim iqtisodiy fanda yangi yo‘nalish neoklassik, ya’ni yangi klassik
deb nom oldi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall
bo‘lib, u iqtisodiy jarayonlarning uzviy bog‘lanishi va uning nisbatlarini ishlab
chiqishga harakat qildi, bozor muvozanati va narxni aniqlovchi omillar talab va
taklifdan iborat deb qaraydi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan biri
Shveysariya iqtisodchisi Leon Valras bo‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat
modelini ishlab chiqishga harakat qildi.
Neoklassiklar o‘zlarini A.Smit va boshqa
liberal iqtisodchilarning izdoshlari deb hisoblab
iqtisodiy
erkinlik
va
davlatning
bozor
mexanizmiga aralashmaslik prinsiplarini qo‘llab
chiqadi. Ularning bosh g‘oyasi shundan iboratki,
bozor iqtisodiyoti muvozanatlikni o‘z-o‘zicha
tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga layoqatli,
davlat faqat bozorning faoliyat qilishi uchun
shart-sharoit yaratish zarur. Neoklassik oqim
tarafdorlari o‘zlarining tadqiqot predmeti sifatida
ijtimoiy tashkil qilinish shaklidan qat’iy nazar
“sof iqtisodiyot” va shaxsiy manfaatga asoslangan
bozor iqtisodiyoti alohida sub’etlari hatti-
harakatini nazarda tutadi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi
Y.Shumpeter «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» (1912
yil) deb nomlangan kitobida iqtisodiy tizimlar
o‘zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki
mazmunini
ko‘rsatishga harakat qildi va u
iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch
tadbirkorlik degan xulosaga keladi.
Ingliz iqtisodchisi Djon Meynard Keyns (1883-
1946) o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy
nazariyasi» (1936 yil) degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy
daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil
qilib, investitsiya va iste’mol nisbatlarining eng maqsadga muvofiq tarzda qaror
topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta’limoti
ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U davlatning
iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini asosladi.
Djon Meynard Keyns (1883-
1946) o‘zining «Bandlik, foiz
va pulning umumiy nazariyasi»
(1936 yil) degan kitobida
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar:
milliy daromad, kapital
xarajatlar, iste’mol va
jamg‘arishning o‘zaro
bog‘liqligini tahlil qilib,
investitsiya va iste’mol
nisbatlarining eng maqsadga
muvofiq degan qarorga kelgan
15
Keynsning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiy munosabatlari
tizimi takomillashgan va o‘z – o‘zini tartibga solishga layoqatli emas, mumkin
bo‘lgan yuqori bandlik va iqtisodiy o‘sish faqat iqtisodiyotga davlatning faol
aralashuvi orqali ta’minlanishi mumkin.
O’tgan asrni 50 – yillari boshlarida neokeynschilar (R. Xorrod, Ye. Domar, E.
Xansan va boshq.) bandlik va inflyatsiya o‘rtasida optimal nisbatni topishga
harakat qilib, iqtisodiy o‘sish muammosining yechimini ishlab chiqadi.
“Neoklassik sintez” konsepsiyasi ham shunga yo‘naltirilgan. Jumladan, P.
Samuelson neoklassik va keynscha nazariyani ishlab chiqarishning optimal
darajasini ta’minlovchi hamda talabni faollashtiruvchi omillarni bog‘lashga harakat
qiladi. P. Samuelsonning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, qachonki to‘liq
bandlikka erishilganda bozorning o‘zini – o‘zi tartiblash tizimi ta’sir ko‘rsata
boshlaydi.
XX asrning 60 – 70 yillarida yangi keynschilar (J. Robinson, P. Sraffa, N.
Kaldor va boshqalar) daromadlarni ancha teng taqsimlash, bozor raqobatini
cheklash, inflyatsiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazishni yoqlab keynschilikni D.
Rikardo g‘oyalari bilan to‘ldirishga harakat qiladi.
Keyns nazariyasi g‘arb mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishning, ancha yuqori
sur’atlarini ta’minlash, bandlikni oshirish va umumiy farovonlikni o‘stirish
imkonini berdi. Biroq kuchli jahon iqtisodiy inqirozi iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solish jamiyatni ishsizlik, inflyatsiya va iqtisodiy bo‘hronlarni
bartaraf qilishga layoqatsiz ekanligini ko‘rsatdi. Shu sababli, iqtisodiyot
nazariyasidagi yangi yo‘nalish – monetarizm, yangi klassik maktab va
neoinstitutsionalizm keynschilikni siqib chiqara boshladi.
Monetarizm erkin raqobat va narxning erkin shakllanishini bozor
iqtisodiyotining asosi va uning muozanatlikka erishish sharoiti deb hisoblaydi.
Ular fikricha bozor o‘z – o‘zini tartibga soluvchi tizim bo‘lib qolaveradi,
davlatning aralashuvini esa faqat pul sohasi bilan cheklash lozim.
Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi M.Fridmen o‘zining tadqiqoti
negizida iqtisodiyotni barqaror qilishda pul omili asosiy rol o‘ynaydi, degan
g‘oyani ilgari suradi. M. Fridmenning fikricha pul iqtisodiy jarayonlarni tartibga
solishning tartibsiz dastagi bo‘lishi mumkin.
XX asrning 50–60-yillarida neoklassik yo‘nalishida bir qator yangi oqimlar
vujudga keldi. Ularning asosiylari qo‘ydagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |