12
uchun mahsulot ishlab chiqaradi, bozor esa bir-birlarining manfaatlarini hisobga
olishga majbur qiladi, ya’ni bunda kishilar beihtiyor jamiyat uchun ishlaydi.
A. Smitning “ko‘rinma qo‘l” qoidasida bozor kuchlari (erkin narxlar, talab va
taklif, raqobat) va ob’ektiv iqtisodiy qonunlar stixiyali ta’siri nazarda tutiladi. U
davlatning jamiyatdagi yangi sinfi – kapitalist – tadbirkorlar xo‘jalik ishlariga
aralashmasligini yoqlab chiqadi va tabiiy erkinlik g‘oyasini ilgari suradi. Tabiiy
erkinlik siyosati uning nazariyasida ilmiy asoslangan va quyidagilarni ko‘zda
tutadi: ishchi kuchining erkin harakati, yer bilan erkin savdo, sanoat va savdo
faoliyat qilishini davlat tomonidan reglamentlashtirishni bekor qilish.
A. Smitning alohida nazariy qarashlari izdoshi D. Rikardo hisoblanadi. Uning
nazariy qarashlarining xarakterli belgisi – qiymat qonuni yahlit iqtisodiy nazariy
fani shakllanadigan asos deb tan olinishidir. D.Rikardo mazkur fanning asosiy
vazifasi daromadlar taqsimlanishini boshqaradigan qonunlarni ochishda deb biladi.
U ishlab chiqarish sohasini qiymat va daromadlar manbai deb hisoblaydi hamda
o‘zning taqsimlash konsepsiyasida iqtisodiy hayot jo‘shqinligini ko‘rsatadi.
D.Rikardo kapitalizmga ishlab chiqarishning mutloq ratsional tizimi, foyda
normasi esa – kapitalizm jo‘shqinligining rag‘batlantuvchisi sifatida qaraydi.
Iqtisodyot nazariyasi fanining rivojlanishida
Sismondining ham muhim hissasi bordir. U
kapitalzmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson
baxti
yo‘lida
ijtimoiy
mexanizmni
takomillashtirishga qaratilagan fan bo‘lmog‘i
lozim deb ko‘rsatadi. Kapitalizmning iqtisodiy
tuzumini tanqid qilish bilan bir qatorda undan
ko‘ra progressiv bo‘lgan jamiyat qurish g‘oyasi
Sen-Simon, Sharl, Fure, Robert Ouen kabi sotsial
utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular
xususiy mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish
tarafdori edilar. Ulardan keyin marksizm deb
nomlangan
nazariy
yo‘nalish
jamiyat
taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab,
ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalar,
ularning
iqtisodiy tizimi, tarkibiy qismlari, vujudga
kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan o‘rin
almashish sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni hamda
qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar. Mazkur
ta’limot asoschilari nemis iqtisodchisi va sitsiologi K.
Marks (1818-1883) hamda uning izdoshi F. Engels
(1820-1895) o‘zlarining nazariy konsepsiyasini uslubiy jihatdan bir vaqtda uchta
ilmiy manbaaga tayanib yaratadi: A. Smit – D. Rikardoning Angliya klassik
siyosiy iqtisodiyoti, Gegel – Feyrbaxning nemis klassik falsafasi va fransuz utopik
sotsializmi.
Do'stlaringiz bilan baham: