2 BOB’ LOYIHALASH METODI ASOSIDA PEDAGOGIK JARAYON SAMARADORLIGINI TA’MINLASHNING MAVJUD IMKONIYATLARI
Loyihalash metodi – pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining asosi sifatida
Loyihalar predmet va uning yo’nalishiga ko’ra bir-biridan farqlanadi’ Loyihalarda pedagog tomonidan ketma-ket amalga oshiriluvchi va tashhisning qo’yilishi bilan yakunlanuvchi tahliliy faoliyat; oldindan ko’ra bilish va loyihalash kabi ijodiy faoliyatlar namoyon bo’ladi’ Tashhis, oldindan ko’ra bilish va loyihalash har qanday pedagogik vazifani hal etishning ajralmas uchligi hisoblanadi’ Loyihaning maqsadi oldindan qo\ozda taqvim-reja, qisqacha yozma bayon sifatida aks ettiriladi’ Strategik, taktik va operativ vazifalarning samarali hal etilishi loyihalash texnologiyasining sifatiga bog’liq’
Pedagogik jarayonni loyihalashda pedagogning faoliyati, pedagogik vositalarni qo’llash mazmuni va imkoniyatigina hisobga olinmasligi kerak’ U asosan alohida o’quvchi va o’quvchilar guruhi tomonidan tashkil etiluvchi faoliyat mazmunini yoritishi zarur’
Loyihalash ta’limning ijtimoiy, pedagogik maqsadlarga tayangan holda, pedagogik jarayonni aks ettiruvchi umumiy strategiya hisoblanadi’ Loyihalashda o’quv rejasi, dasturlari, darslik, metodik tavsiyalar va boshqa o’quv qo’llanmalar muhim manba bo’lib xizmat qiladi’
Pedagogik maqsad pedagogik jarayonni tashkil etishga tayyorlanish bosqichida pedagogik vazifa sifatida qabul qilinadi’ Pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati turli vazifalar mohiyatining bir yo’la yoki birin-ketin anglanishiga bog’liq’ Pedagogik faoliyat uchun umumiy bo’lgan vazifalarni belgilab olish muhimdir’ So’ngra pedagogik jarayonning ma’lum bosqichi mohiyatini aniq ifodalaydigan bosqichli vazifalar (alohida olingan bosqich vazifalari)ni, nihoyat xususiy (vaziyatli) pedagogik vazifalarni aniq belgilab olish maqsadga muvofiq:
Agar pedagogik vaziyat yetarli darajada to’g’ri anglanmasa, u holda
pedagogik vazifalarning hal etish yo’llari ham to’g’ri belgilanmaydi’ Endigina kasbiy faoliyatni boshlagan o’qituvchi tajribasizligidan pedagogik vaziyatnini to’g’ri anglash, vazifalarni to’g’ri belgilash malakasiga ega bo’lmaydi’ Shu sababli ular o’zlaricha yo’l tutadilar va pedagogik vazifani darhol hal etmoqchi bo’ladilar, natijada jiddiy xatoga yo’l qo’yiladi’
Ammo, ayrim holatlarda tajribali pedagoglar ham pedagogik vaziyatni to’g’ri anglashga e’tiborsiz qaraydilar’ Natijada pedagogik faoliyatda nomutanosibligi vujudga keladi: pedagog o’z faoliyatining pedagogik maqsadlarni hal etilishini ta’minlay olish-olmasligini o’ylab o’tirmay, o’quvchilarni faollashtiradi, ko’rgazmali qurollardan foydalanadi, bilimlarni nazorat qiladi’ Pedagogik faoliyatning yana bir nomutanosiblik tomoni shundaki, ko’pchilik pedagoglar pedagogik vazifalarni ikkinchi darajali, funksional, o’tkinchi vazifalarga almashtiradilar va faqat ulargagina o’z diqqatlarini qaratadilar’
Pedagogik vazifani anglash mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish va tashhis qo’yish uchun asos bo’lib xizmat qiladi’ Ma’lumotlarning tahlili vaziyat o’rnini aniqlashdan tashqari, butun pedagogik jarayonda tarbiyachi, tarbiyalanuvchi va ular o’rtasidagi munosabat hamda ta’lim mazmuni, samarali vosita va pedagogik shart-sharoitlar kabi asosiy tarkibiy qismlarni aniqlashga yo’naltirilgan bo’lishi lozim’
Ma’lumotlarning tahlili pedagogik jarayon mohiyati, jamoa va alohida o’quvchilar harakatlari holatini aniq vaziyatlarda rejali o’rganish kabi ilmiy dalillarga ega bo’lishga yordam beradi’ Ushbu dalillar amaliy faoliyat asosini tashkil etadi’ Mavjud dalillar pedagog faoliyat jarayonining kechishi va kutilgan natijaning kafolatlanishini tashhislashga imkon beradi’ Bizning nazarimizda mazkur o’rinda ‘tashhis’ tushunchasining mohiyatini yoritib o’tish maqsadga muvofiqdir’
Tashhis (grekcha diagnostikos – tez anglab olish) dastlab tibbiyotda qo’llanilgan tushuncha hisoblanib, kasallik mohiyati va bemor holati, uni har tomonlama izchil o’rganilishi anglatuvchi vrach xulosasi sifatida e’tirof etib kelingan’
So’nggi yillarda ‘tashhis’ tushunchasi amaliy pedagogikada ham keng qo’llanilmoqda’ Pedagogik tashhis odatda pedagogik jarayonning psixologik, sub’ektiv xususiyatlarini inobatga olish (psixodiagnostik tekshiruv) asosida qo’yiladi’ Psixodiagnostik tekshiruv o’quvchi shaxsi hamda uning faoliyatini yaxlit yoki ma’lum jihatlarini alohida qamrab olishga asoslanadi’
Malakali pedagogik tashhisning zaruriyati o’qituvchidan o’quvchi shaxsini o’rganish metodlari va maxsus metodikalarni, jamoa, shuningdek, yaxlit pedagogik jarayon xususiyatlarini chuqur o’rganishni talab etadi’
Tashhis qo’yish ta’lim (yoki tarbiya) maqsad va vazifalarini hal etishning umumiy talabi hisoblanadi’ U maqsadlarning aniqligi, bir xilligi, ularni bajarish usullari, o’lchash va baho berish bilan chambarchas bog’liq’
Pedagogik tashhis asosini o’quvchi shaxsini har tomonlama bilish, jamoa sifatida sinfning xususiyatlarini o’rganish, aniq pedagogik vaziyatlarda ma’lumotlarni tahlil etish kabi holatlar tashkil etadiki, ular ta’lim jarayonini loyihalashning keyingi muhim bosqichiga o’tish, ya’ni, pedagogik jarayonni oldindan ko’ra bilish imkonini yaratadi’ Bu holat pedagogik maqsadning shakllanishiga olib keladi va maqsad asosida puxta o’ylangan pedagogik vazifalarni belgilash imkonini beradi’ Shaxsning rivojlanish darajasi ta’lim maqsadlari bilan uyg’un bo’lgandagina pedagogik maqsadga erishmaslikning oldini olishga erishiladi’ Ya’ni, pedagogik maqsad pedagogik tizimning muhim omili sifatida muammolarni muqarrar hal etadi’
Pedagogik oldindan ko’ra bilish ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni oldindan o’rganish jarayoni sanaladi’ Bunda ob’ekt sifatida sinf, o’quvchi, bilim, munosabat va hokazolar tanlanadi’
Oldindan ko’ra bilish metodlari turli-tuman bo’lib, o’qituvchi ularni mukammal o’zlashtira olishi kerak’ Oldindan ko’ra bilish metodlari sirasiga modellashtirish, faraz qilish, sintezlash, dalillash, fikriy tajriba va boshqalar kiradi’
Ushbu metodlar bir-birlari bilan chambarchas bog’liqdir’ Oldindan ko’ra bilish pedagogning u tomonidan pedagogik vazifalarni fikran bajarishda qo’llaniladigan samarali usullarini faraz qilishida namoyon bo’ladi’
Oldindan ko’ra bilish qobiliyati o’qituvchiga xos bo’lgan muhim kasbiy fazilat hisoblanadi’ Garchi erishish yo’llari murakkab bo’lsada, pedagogik faoliyat maqsadi hali amalga oshmagan faoliyatning modellashtirilgan natijasi va pedagogik jarayon miqdor va sifat o’zgarishlarining loyihasi sifatida aks etadi’
Pedagogik oldindan ko’ra bilish maqsadga intiluvchanlik bilan bog’liq holda pedagogik vazifalarni aniqlashtirishning va ularni pedagogik vazifalar tizimiga yo’naltirishning so’nggi natijasi hisoblanadi’ Bunda pedagogik tashhisda ifoda etiluvchi ma’lumotlar, ya’ni, shaxs va jamoaning qo’shimcha imkoniyatlari va tayyorgarligi hisobga olinishi kerak’ Ilmiy jihatdan asoslangan oldindan ko’ra bilish natija sifatida pedagogik vazifani, pedagog va o’quvchi faoliyatining mazmunini, motivatsiya va qisqa muddatda hal etilishi zarur bo’lgan jihatlarni sintez qiladi’ Pedagogik vazifa pedagog tomonidan, avvalo, o’zi uchun shakllantiriladi, so’ngra e’tibor o’quvchilarning imkoniyatlariga tayangan holda pedagogik vazifaning hal etilishiga qaratiladi’
Pedagogik loyihalashda pedagogik vazifaning yaxlit holda mazmunan, tashkiliy-metodik, moddiy-texnik hamda ijtimoiy-psixologik (hissiy, kommunikativ va h’o’) jihatdan hal etilishini ta’minlash talab etiladi’
O’quv dasturi yoki o’quvchi shaxsi ta’lim mazmunini loyihalashning asosi bo’lib, bu vaziyatda o’qituvchi pedagogik faoliyat, maqsad va sharoitlarga muvofiq holda o’quvchilarga nimani taqdim etish xususida mustaqil qaror qabul qiladi’ Qaror qabul qilish jarayonida quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
o’quvchilar tavsiya etilayotgan ma’lumotdan nimani va qanday hajmda o’zlashtirishlari zarurligi;
o’quvchilarning dastlabki tayyorgarlik darajasi, ularning o’quv ma’lumotlarini qabul qilish imkoniyatlari;
o’qituvchining shaxsiy, shuningdek, ta’lim muassasasining moddiy-
texnik bazasi’
Bu o’rinda o’quv ma’lumotlarini loyihalash texnologiyasi muhim o’rin
tutadi’
O’quv materiali materiallar tizimidan (ya’ni, o’quv materiali materiallar tizimi) iborat bo’lib, u didaktik materialning moddiy yohud moddiylashgan modellarida aks etadi hamda o’quv faoliyatida ishlatish uchun mo’ljallanadi’
Modomiki, o’quv faoliyati o’quv vazifalarini hal etish jarayoni sifatida qaralar ekan, tabiiyki, o’quv vazifasi o’quv materialining ma’lum qismlariga muvofiq tuzib chiqiladi’ Shu bilan birga o’quv materialini pedagogik jihatdan maqsadga erishishga yo’naltirilgan tizim sifatida e’tirof etish mumkin’ Demak, o’qituvchi faoliyatida o’quv vazifalari tizimi o’quv materialini loyihalash va didaktik materialni shakllantirish sifatida aks etadi’
Tajribalar tahlilining ko’rsatishicha, pedagogik jarayonni loyihalash murakkab jarayondir’ Murakkablik pedagogik jarayonni loyihalashda asosan ikki omil: cheklov va ko’rsatmalarni hisobga olish lozimligida ko’rinadi’ Ta’lim mazmuni ilmiylik va amaliy ahamiyat talablarini to’ldirishi, o’quv jarayoniga ajratilgan vaqtga muvofiq tashkil etilishi, shuningdek, ta’lim mazmuni va uning o’quvchilar tomonidan qabul qilinish darajasining o’zaro mosligi inobatga olinadi’ Shu bois vaziyatning murakkabligi, o’quv fani asoslarini o’zlashtirishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish yo’llari avvaldan aniqlab olinishi shart’
Odatda ijobiy yakuniy natijalarga erishishga intilgan pedagog o’quv
dasturida belgilangan mazmun bo’yicha ish ko’radi’ Shu asosida o’zining shaxsiy faoliyat dasturini yaratadi’
Demak, pedagog loyihalash texnologiyasini qo’llashda o’quvchilarning ehtiyojlari, ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida darsga tayyorlash imkoniyati, o’quvchilarning o’z-o’zini rivojlantirish qobiliyatlarini o’stirishni asosiy masalalar sifatida tan olsagina muvaffaqiyat qozonadi’
O’qituvchi faoliyatida kelajakka mo’ljallangan va tezkor loyihalash turli darslarda turlicha moslashtiriladi’ Pedagog loyihalashga kirishda xoh u dars, xoh u tarbiyaviy tadbir bo’lsin, har bir pedagogik vazifaning yaxlit pedagogik jarayon tizimidagi o’rnini bilishi lozim’
Malakali, tizimli modellashtirish layoqatiga ega pedagoglar davomli texnologiyalarni yarata oladilar’ Ular muayyan sharoitga mos (lokal)
modellashtirishni amalga oshira olish layoqatiga ega pedagoglardan keskin farqlanadilar’ Binobarin, ikkinchi guruh pedagoglari faoliyatida yaxlit fan (yoki pedagogik jarayon) emas, balki dars (yoki tarbiyaviy tadbir) texnologiyasi yetakchi o’rin tutadi’
Agar pedagog faoliyati o’quvchilarning talablarini qondirish, ya’ni, yakuniy maqsadlarga qaratilsa, u holda pedagog yaxlit pedagogik jarayonni yoki alohida dars va tarbiyaviy tadbirlarni loyihalashda ham qiyinchilikka duch kelmaydi’
Do'stlaringiz bilan baham: |