Loyihalash metodi asosida o’qitishni tashkil etishda o’qituvchiga qo’yiladigan talablar va ta’limning modulli tizimining tutgan o’rni
Har qanday pedagogik texnologiya asosini ilmiy jihatdan loyihalangan didaktik jarayon – o’quv-bilish faoliyati tuzilmasi tashkil etadi’ Ana shu jarayonni ajratilgan vaqt doirasida amalga oshirish o’qituvchining kasb mahoratiga bog’liq’
Asosiy kanal (1) yordamida o’rganilayotgan mavzu bo’yicha o’quv elementlarining mazmuni o’qituvchi tomonidan talabalarga yetkaziladi’ Bu vaqt davomida yangi bilimlarini qabullash, o’zlashtirish va mustahkamlash mulohazalari, o’quv- bilish faoliyatini boqarish amalga oshirildi’
O’quv vaqtining asosiy qismi (70%gacha) talabalarining o’z-o’zini
boshqarish jarayoniga sarf bo’lmog’i lozim’ Talabalar o’zlarida o’zlashtirilmagan o’quv elementlarini qo’shimcha axborotlar manbaidan olishadi’ Bunday sharoitni OO’Yu o’qituvchisi o’z fani bo’yicha auditoriyada yaratishi uning ijodiy mahoratini belgilab beradi’ Qo’shimcha boshqariluvchan axborotlar manbai kitob (darslik, qo’llanma, ma’ruzalar matni, monagrafiya va b), O’TV (o’qitishning texnik vositalari), kompyuterlar xizmat qiladi’
Talabadan axborotlar o’qituvchiga teskari aloqa (3-kanal) asosida uzatiladi’ Bunda o’qitish jarayoni natijasi to’g’risida o’qituvchi to’liq ma’lumot oladi’ Bugun o’qitish tizimida reyting aynan shu vazifani o’tishi uchun joriy etilgan’
O’qituvchida talabalarning o’zlashtirish darajalari to’g’risida aniq ma’lumotlar bo’lsagina u o’quv-bilish faoliyatini samarali boshqarishi, ta’limiy axborotlarning texnologik harakatlarini korreksiyalashi mumkin bo’ladi’ Bir xil o’quv fondi va bir sharoitida nima uchun talaba A materiallarini yaxshi o’zlashtiryapti, talaba V esa aksincha, sust o’zlashtiryapti, degan savolga o’qituvchi javob topishi, buning uchun u o’z faoliyatini tuzatishi, ya’ni asosiy o’quv materiali asosida talabalarga o’zatilayotgan axborotlar mazmunining optimal tuzilmasini rejalashtirishi lozim’ Ana shu maqsad uchun 2-kanal ishga tushadi’ Fanning aniq mavzusi bo’yicha belgilangan maqsadlari (taktik) va butun fan bo’yicha egallanishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar tizimi (strategik) oldindan belgilanadi’ Demak, o’qitish jarayoni natijalari oldindan aniqlansagina pedagogik texnologiyaning asosiy prinsipi – yakuniy natijaning kafolatlanishi ta’minlanadi’
Shunday qilib, karalayotgan texnologik jarayon tuzilmasining samaradorligini oshirish uchun:
talabalarga uzatilayotgan o’quv axborotlarining mazmunini optimal miqdorda aniqlash;
talabalarning bilish faoliyatini samarali boshqarish va tashkil etish;
axborotlarni talaba tomonidan o’zlashtirishning individual o’zi-o’zini boshqarish jarayonlari imkoniyatlaridan foydalanish;
axborotlarni o’zlashtirish darajalarini nazorat qilishni tashkil etish’ Didaktik jarayonning har bir bosqichiga mos keladigan yoki didaktik
jarayon nazariyasiga asoslangan o’qitish metodlari tasnifi pedagogika fanida 1983 yil ishlab chiqildi va pedagogik amaliyotga joriy etildi’ Ular uch guruh metodlaridan iborat: 1-guruh – o’qish va mehnatga rag’batlantiruvchi va motivatsiya metodlari; 2-guruh – o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari; 3-guruh – o’quv -bilish faoliyatini boshqarish metodlari’
Didaktik jarayon samaradorligini yoki pedagogik texnologiya maqbulligini belgilovchi omillardan yana biri o’qitish shakllarini o’quv faoliyati bosqichlariga mos holda to’g’ri tanlash va ularni oqilona chag’ishtirish prinsipi hisoblanadi’
element: tinglovchi, talaba;
element: ta’lim-tarbiya maqsadi;
element: o’quv-tarbiya jarayonining mazmuni; 4-element: didaktik jarayon;
element: tashkiliy shakllar; (Didaktik jarayonni tashkil etishda o’qituvchi o’quv-bilish faoliyatining tashkiliy shakllarini (5-element) ham ta’lim mazmuniga mos holda tanlay olishi kerak’ PTni loyihalash shartlaridan biri ham “tashkiliy shakllar“ni to’g’ri tashkil etish sanaladi’ Pedagogikada o’qitishning tashkiliy shakli deganda tinglovchi(tinglovchi)lar o’qitish jarayonida qo’yilgan tashqi shart- sharoitlar yig’indisi tushuniladi’ Ma’lumki, ta’lim tizimida bilish faoliyati auditoriyada (ma’ruza, semenar, laboratoriya, o’quv maslahati, sinov, imtihon) va auditoridan tashqarida (uyda, kutubxonada tayyorgarlik, loyihalash, tadqiqotchilik, to’garak va boshqa) tashkil etiladi)’
element: pedagog (Pedagogik texnologiyaning loyihachisi ham, uni amaliyotga joriy etuvchi ham pedagog (6-element) hisoblanib, malakali mutaxassis tayyorlashdek muhim ijtimoiy (davlat) buyurtmasini bajaradi’ Xo’sh, pedagogning pedagogik tizimda tutgan o’rni nimadan iborat?
O’qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta’lim-tarbiya maqsadini (2-element) tashxislanuvchan holda aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ajratilgan vaqt ichida unga erishishni ta’minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to’g’risida xulosa qilish mumkin bo’lsin’
O’qituvchi belgilangan ta’lim maqsadiga to’g’ri keladigan o’quv- tarbiyaviy jarayon mazmunini (3-element) saralashda fanning abstraksiya
pog’onalarini ( va o’zlashtirish darajalariga ( ) mosligini inobatga olishi zarur’
O’qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayonni (4-element) tuzish talablari bilan tanish bo’lishi va uning eng maqbul variantini har bir dars mavzusiga bog’liq holda loyihalashi kerak)’
Mashg’ulot 1’
Do'stlaringiz bilan baham: |