2.2. Engil avtomobillar moy tozalash tizimi tahlili
Moy tozalash filtrlari har bir ichki yonuv dvigatellarida mavjud bo`lib, moylash tarmog`iga tashqaridan tushadigan yoki dvigatelni o`zida foydalanish jarayonida vujudga keladigan zararli qo`shimchalardan holi qilish uchun ishlatiladi. Moy filtrlari to`la oqimli (tarmoqda harakatlanayotgan moyning ko`p qismi filtrdan o`tkaziladi) va to`la bo`lmagan oqimli (10..15 foiz moy filtrdan o`tkaziladi) bo`ladi.
Odatda to`la oqimli filtrlar dag`al filtr bo`lib, tarmoqqa ketma-ket ulanadi va moy nasosi bilan asosiy moy yo`li oralig`ida joylashadi. Dag`al filtrlarni tozalash aniqligi taxminan 38-45 mkm bo`ladi. Quyida keltirilgan grafikda zarralar o`lchamiga muvofiq yemirilish diagrammasi ko`rsatilgan, undan ko`rinib turadiki, 40 mkm dan kichik zarralar ishqalanuvchi juftliklarga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Quyida keltirilgan 2-rasmda plastinka-tirqishli tozalovchi ayrim-ayrim qismli dag`al filtr tasvirlangan.
2-Rasm. Plastinka-tirqishli tozalovchi qatlamli dag`al filtr.
3-rasm. Mayin moy filtiri.
1-chiqarish shlangi, 2- bo`shatish tiqini, 3- filtirlash qismi, 4- kiritish klapani, 5- korpus, 6-filtirlash qismlarining qistirmasi, 7-filtirlash qismlarining diski,8- markaziy o`zak.
Bu turdagi filtr moyning o`tishiga katta qarshilik ko`rsatmaydi, uzilishi sodda va moy tozalab o`tkazish qobiliyati yuqori. Filtrning tozalovchi qismlari cho`yan korpus 6 da joylashgan bo`lib, unga tushirish tiqin 1 ni tindirgich 2 birlashtirilgan. Korpusda o`tkazish klapani 8 o`rnatilgan. Tozalovchi qismlar po`latdan plasttinka 10 shaklida teshikli qilib yasalgan bo`lib, qalinligi 0,35 mm. Har ikkala plastinkalar orasiga yulduzsimon plastinka 11 shaklida asalgan va qalinligi 0,08mm bo`ldgan ajratgich qo`yiladi. Plastinka va markaziy uzoq 4 ga gayka yordamida mahkamlanadi. Kvadrat shaklida o`zak yon tomnlariga qo`sh plastinkalar kiritiladi.
Tozalovchi tarkibiy qismlar o`zakning yuqori qismiga gayka qisilgan rezinkali salьnik o`rnatilgan. Moy nasosdan tuynuk 4 orqali filtrning pastki ichki bo`shlig`iga kiradi va bosim ostida tozalovchi tarkibiy qismlarning tirqishlari ichidan o`tib tozalanadi, natijada moyning ifloslangan mayda zarrachalari plastinkalar oralig`ida ilashib qoladi, yiriklari esa tindirgichning tubiga cho`kadi. Tozalangan moy plasttinkalar teshigidan o`tkazish tuynugi orqali asosiy moy yo`liga o`tadi. Plastinkalarni tozalash uchun dastak buraladi. Tozalovchi oraliq plastinkalar tozalagich plastinkalarning sirtida yopishib qolgan iflos zarrachalarni qirib tozalaydi. Kiritish va chiqarish tuynuklari oralig`ida joylashgan o`tkazish klapani 8 filtr ifloslanib, moy bosimi zo`riqqanda ochiladi va nasosdan kelayotgan tozalanmagan moy dag`al filtrni chetlab, bevosita markaziy moy yo`liga o`tadi.
Oddiy dag`al filtrlar 38-45 mkm o`lchamli zarralarning 95 % ini ushlab olishga qodir, o`lchami kichikroq zarralar tozalovchi to`siq g`ovaklari orqali dvigatelning moy magistraliga bu yoki u darajada oson o`tib ketishadi. -5 oS haroratda dvigatel ishga tushirilganda moy 700 oS ga isitish uchun 25-30 minut vaqt kerak qismida o`tkazish klapani berk, tozalanmagan moy tozalash elementi pardasidan o`girilib o`tib, tozalash elementining qog`ozli yuzasidan avval filьtrlangan iflosliklarni moy magistraliga o`tkazib ketgan moy oqimi bilan yuvib tashlagach, aylanish hodisasi sodir bo`ladi.
Hatto o`z vaqtida progressiv bo`lgan klapanlarni birlashtirish yechimi ham yuz foiz himoyasi kafolatlanmagan, negaki faqat filtr gorizontal joylashganda samarali, lekin bunda ham moy filtrlariga dvigatelning karteridan ifloslanishlar tushishi mumkin. O`tkazish klapani qo`shimcha tozalash eelementi bilan himoyalangan filtrlarda o`tkazilayotgan moy faqat yirik ifloslantiruvchi zarralardan tozalanadi, maydaroqlari esa moy bilan birgalikda aylanib, dvigatel detallari yeyilishiga olib keladi. Bundan tashqari o`tkazish klapani har bir ochilishda filьtrlangan ifloslanishlar asosiy tozalash elementlaridan yuvilib, qo`shimcha tozalash elementlariga olib o`tiladi va u ancha ifloslanganda agar filьtr almashtirilmasa avariya natijasida dvigatel moyga “ochligi” kuzatiladi.
Bunday filtrlar dvigatelni hatto o`tkazish klapani ochiq bo`lganda ham sovuq ishga tushirishda quruq ishqalanish vujudga kelishiga sabbachi bo`ladi. Qo`shimcha tozalash elementi ayozda quyuqlashgan moyni yomon o`tkazadi. Xorijda bunga o`xshash filtrlar issiqroq iqlimda va mashina iliq garajda turganda, asosan, yuqori sifatli kam yopishqoq moy bilan birgalikda qo`llaniladi. O`z vaqtida VAZ bunday turdagi moy tozalash filtrlarni ishlatishdan voz kechgan edi. Demak, dag`al moy filtri bir qancha afzallik va kamchiliklarga ega hisoblanadi.
Zamonaviy dvigatellarda tirqishli yoki markazdan qochma mayin tozalash filtrlari uchramoqda. Mayin tozalash filtrlari moyni dag`al tozalash filtrlaridan o`tgandan so`ng 0.001 mm gacha bo`lgan mexanik zarrachalardan to`la tozalaydi, shuningdek yelimlashgan moy va moy kuyindilarini tutib qoladi( 3- rasm).
Eng ko`p tarqalgan ASFO turidagi filtrning tozalovchi qismi qalinligi 3..3,5 mm li shakldor karton qistirmalar to`plamidan va ular orasiga qo`yilgan 0,5 mm qalinlikdagi karton disklardaniborat. Moy bu tuzilmalardan o`tib, o`zakning yuqori qismidan uzalasiga o`yilgan teshik orqali uning ichiga tushadi va pastki shlang orqali chiqib ketadi. Mayin tozalangan moy dvigatelning karter tubiga tushadi, mayin tozalash filtri esa asosiy moy yo`liga muvozaatda ulanadi. Ifloslangan moyni chiqarib yuborish uchun tiqin bor.
Aniqki, moyda zarralarning ko`p-ko`p to`planishi yirik zarralarning ko`p miqdori kabi qattiq dvigatel detallarining yemirilishiga olib keladi. Abraziv zarrachalar (mayda chang va boshqa mikroblar) ayniqsa xavflidir. Bu holatda tsilindrning ishchi yuzasining bo`laklari vaqt o`tgan sari shu qadar silliq bo`lib ketadiki, moy pardasi yuzaga ilashmay qoladi. Mayda zarralar tsilindrning ishchi yuzasidagi tor moylash oraliqlarida silliq mum kabi harakat qilishadi. Agar moy eski va tarkibida mayda zarralar ko`p miqdorda bo`lsa, harakat juda sekinligida, masalan, dvigatel ishga tushirilishda ham qiinchiliklar vujudga kelish mumkin. Bunday holatda moy ortiqcha quyuqlashadi va moylash vazifalarini to`laqonli bajara olmaydi. Bunday noxushlikni oldini olish uchun katta yurish masofasi va uzaytirilgan xizmat ko`rsatish oraliqlariga hisoblangan avtomobillarni mayda zarrachalar kontsentratsiyasini pasaytiruvchi qo`shimchalar, qurilmalar bilan jihozlash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun to`la oqimli dag`al filtrlarining vazifalarini bajarishga ko`makdosh mayin tozalash qisman oqimli filtri moylash konturiga o`rnatiladi. Dag`al tozalash filtri oldida, ya`ni moyning eng katta bosimi kuzatiladigan joyda, oqimning bir muncha qismi o`chiriladi va mayin tozalash filьtriga tushadi.
Oqimning bu qismi asosiy oqimning 5-10% dan ko`p bo`lmagan miqdorini tashkil etadi. Diametri 1 mkm dan kichikroq zarralar filtratsiyasini talabdagi darajasiga erishish uchun filtrlash materiali qalinligi va filtrlash tezligi dag`al tozalashga nisbatan kamroq bo`lishi shart. Keyingi tasvirda yangi va ishlatib bo`lgan mayin tozalash elementi taqqoslab ko`rsatilgan.
Mayin tozalash filtri o`lchamlariga qarab, uning yordamida yuk tashishi avtomobillarida moy almashtirish oralig`i muddatida 500 gr atrofida kuyindi va mayda zaraachalarni elash mumkin. Bundan tashqari dag`al tozalash filьtrlaridan bemalol o`tib ishqalanish juftliklarini yemirilishiga katta ta`sir ko`rsatadigan zarralarni ham mayin tozalash filtri uzoqlashtiradi. Xorijiy mamlakat avtomobilsozlik namunalaridan biri bo`lgan Mersedes dizel dvigatellarining 200 va 300 seriyalarida, shuningdek moy tozalash tizimida qisman oqimli filtrlardan foydalanadigan KamAZ dvigatelini keltirishimiz mumkin.
Moyni murakkablashgan tozalash tizimi ko`p sonli eelementlardan tashkil topgani uchun dvigatelь qiymati ortib bormoqda. Lekin qo`llanilayotganda tizimda to`la oqimli dag`al filtrning xizmat muddati taxminan ikki barobarga uzayadi. Buning sababi qisman oqimli filtr ifloslantiruvchi qo`shimchalarning asosiy qismini ushlab qoladi, to`la oqimli filtrni ishlashi osonlashadi. Filtr ishlab chiqaruvchi kompaniya NAMI o`tkazgan moy tozalashning har xil tizimlarida taqqoslash sinovlar shuni ko`rsatdiki, murakkablashgan tozalash tizimlaridan foydalanganda tirsakli val va moy tozalash, sirpantirish halqalarini yemirilishi to`la oqimli filtrlarga nisbatan taxminin 2-3 barobar past natijani berdi. Bundan tashqari eng asosiysi bu holatda motor moyini almashtirish muddatini ikki barobar oshirish imkonini beradi. Bu hol haydovchilar uchun juda qulay hisoblanib, hozirgi iqtisodiy holatda o`zining ijobiy samarsini beradi.
Motor moylarini tozalash tizimlarininig elementlari va tuzilish xususiyatlari haqida borilgan izlanishlarim shuni ko`rsatdiki, zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan ikkita moy tozalash sxemasi qo`llaniladi: bitta filtrdan iborat to`la oqimli va tarkibiga yana qisman oqimliyoki tsentrafuga kiruvchi murakkablashgan moy tozalash tizimlari hisoblanadi.
Tarkibiga qisman oqimli yoki tsentrafuga qo`shilgan filtr samaraliroq, ammo qiymat va xizmat ko`rsatish muddati ancha uzoqroqdir.
Moyni murakkablashgan tozalash printsipini yangi deb bo`lmaydi, u 20-yillarda paydo bo`lgan. Unda asosan lag`al tozalash filtrlari va mayin tozalash filьtrlari majmuasi qo`llanilar edi. Hozirgi vaqtda moyni tozalashning murakkab tizimlari monand elash sifati 45 mkm atrofidagi qog`oz filtr va elash sifati, aniqligi 1-3 mkm qisman oqimli filtr o`rnatilishni tozalangan moy dvigatelining karteriga quyilishi bilan tahlil qilinmoqda. G`arbda avtomobilь moylarini tozalashda bora-bora ko`proq sintetik tolalar qo`llanilmoqda.
Misol uchun, sintetik tolalar bilan kuchaytirilgan materiallar o`rniga bir necha qatlam tsellyulozadan, to`qilmagan kompozitlar hamda to`la sintetik materiallar qo`llanimoqda. Masalan, ikki qatlamli kompozit materiallar bir qatlami yuqori moy qabul qiluvchi qobiliyatga ega sintetik tolalardan va bu kombinatsiyaga yuqori mutahkamlik ham beruvchi yuqori darajali tozalash aniqlikli qog`ozdan tashkil topgan.
Olib borilgan ilmiy izlanishlar ko`rsatiladigan xulosalar asosan tozalash aniqligining yuksakligi albatta moy qabul qilish va resurs pasayishiga ma`nosiga ega emas. Aksincha, sintetik mahsulotlarning maxsus tarkibi hisobiga hatto juda yuqori nafislik bilan tozalash ham uzoq muddat xizmat qilish va texnik xizmat ko`rsatish oralig`ini uzaytirishni ko`rsatdi.
Barcha keltirilgan fikrlardan quyidagicha ma`no chiqaramiz mumkin, taniqli g`arblik tozalash materiallarini ishlab chiqaruvchilar avtomobil ishlab chiqaruvchining filьtrlar xizmat muddatini oshirish ehtiyojidan kelib chiqqan katta xizmat ko`rsatish oraliqlariga ega tozalash materiallariga kuchlarini yo`naltirilgan – ayrim bozorning oliy, qimmatbaho segmentiga ishlovchi Xorijiy kompaniyalar sintetik materiallarga bino qo`yishadi.
Markazdan qochma mayin filtrlar- tsentrifugalar ham keng qo`llanilmoqda. Bu turdagi tsentrifugalar reaktiv yuritmaga ega bo`lib, qarama-qarshi yo`nalishda bosim ostida otilib chiqayotgan moy oqimi ta`sirida ularning rotori aylanadi. Keyingi sahifada tsentrifuganing soddalashgan chizmasi keltirilgan (4-rasm). Tsentrifuga korpusi 2 ning o`qiga aylanuvchi rotor 3 o`tkazilgan. Moy bosim ostida kiritsh tuynugi 6 orqali o`tib, gupchakdagi teshiklardan rotor bo`shlig`iga kiritiladi. So`ng moy rotorning pastki qismidagi bir-biriga qarama-qarshi yo`nalgan jiklyorlar 1 dan bosim ostida oqib chiqadi, natijada moy oqimining reaktiv kuchlarning rotorni 5000...10000-1 ming aylanishlar soni bilan aylanishini ta`minlaydi.
4-rasm. Tsentrafuganing soddalashgan chizmasi
Shunda og`ir mexanik zarrachalar ichki yon devorlariga tashlanib ushlanib qoladi. Rotor jiklyorlaridan otilib chiqayotgan toza moy chiqarish tuynugi 7 orqali karter tubiga tushadi. Rotor vali bo`shlig`idan tuynuk 4 ga oqib tushayotgan moy asosiy moy yo`liga uzatiladi. Dvigatelni ishga tushirish paytida moy quyuq bo`ladi, shunda o`tkazish klapani 5 orqali moyning bir qismi asosiy moy yo`liga o`tkazib yuboradi. Odatda tsentrifuga mayin filtr vazifasini o`taydi, bunda u moylash tarmog`iga ketma-ket yoki asosiy moy yo`liga parallel ulanadi. Agar tsentrifuga to`la oqimli bo`lsa, ya`ni moyning faqat bir qismigina karter tubiga to`kiladi. Chunonchi, tozalangan moy qismidan ko`pi 85-90 % bosim ostida aosiy moy yo`liga yuboriladi. Har xil konstruktsiyaga ega bo`lgan tsentrifugalar ham ko`p tarqalgan.
Avtomobilsozlik sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda hozir avtomobil dvigatellarining moy tozalash tizimini takomillashtirish masalalariga katta e`tibor berilmoqda. Avtomobillarning agregat va uzellarini ishqalanish juftliklarining ishlash muddatini oshirish, uzoq muddat ishonchli ishlashni ta`minlashda bugun asosiy,eng qulay va iqtisodiy omili bu dvigatellarni detallarini ishqalanishdan yemirilishidan himoya qilishdir. 90% ga yaqin dvigatel detallarini yuqori yemirilish sababli, to`la ta`mir talab qiladi. Shuning uchun avtomobilь dvigatellari uzluksiz takomillashtirish, ularning quvvatlarini oshirish, ishqalanuvchi juftliklar kuchlanishini kamaytirish va ularning ifloslantiruvchi qo`shimchalardagi ishqalanuvchi zarralarga bo`lgan sezuvchanligini oshirishga olib kelmoqda.
Motor moyini oksidlanishi, yoqilg`ini to`la yonmasligidan qolgan qoldiq mahsulotlar, ishqalanuvchi juftliklardan ajralgan zarralar va begona qo`shimchalar bilan ifloslanishi ishlab turgan dvigatellarida uzluksiz sodir bo`ladi. Bu jarayon ko`plab omillarga bog`liq – moy sifati, yoqilg`i turi, undan foydalanish holati va yana bir qancha ekspluatatsion omillarga bog`liq.
Motor moyni almashtirish muddatini uzaytirish yoki filtrlar resursini oshirish ham hozirdagi muammoli holatlardan hisoblanadi. Moy tozalash filtrlari o`z-o`zidan ifloslangan mayin qayta ishlatish imkonini beradi. Motor moylari quyidagi holatlarda iflosliklarga uchraydi:
motor moyi tarkibidagi uglevodorodlarning oksidlanishi va termik parchalanish;
yonilg`i yonishdan chiqqan chiqindilar;
moy qo`shimchalarning parchalanishi;
boshqa mahsulotlari bilan ifloslanish;
motor moyining oksidlanishi;
azotli birikmalar ta`siri bilan;
Yonilg`ining qimsan oksidlangan mahsulotlari sababli;
qurum zarrachalaridan;
kimyoviy reaktsiyalar tufayli moy sifatining pasayishidan;
moy qo`shimchalarining ishlashi tufayli charchashdan kamayishi;
suv yoki sovutish tizimidan tushgan antifris;
detallarning yeyilishidan chiqqan zarrachalar natijasida;
oltingugurtli birikmalar ta`sirida;
qo`rg`oshin tuzlari ta`siridan;
suv kontsentratsiyasi ta`siridan;
kislotalar miqdori;
yonilg`ining bevosita ta`siridan;
chang zarralaridan va boshqa omillardan moy ifloslanadi. Moyning ifloslanishi moy filtrlarga bo`lgan ehtiyojini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |