Fikrlarhimoyasi:
Guruhlarning fikrlari o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi va umumlashtiriladi. Shundan keyin ertak matni o‘qituvchi tomonidan ifodali, ta’sirchan ohang
bilan o‘qib beriladi. Ertakni o‘qishdan oldin o‘qituvchi bolalarga J. Rodarining ertakchilikdagi o‘ziga xos xususiyati har bir ertakning bir necha tugallanishi borligi va har bir tugallanishni diqqat bilan kuzatishlari lozimligini ta’kidlaydi. Ertakni o‘qiganda o‘qituvchi bor mahoratini ishga solishi, o‘quvchilarda yaxshi taassurot uyg‘otish uchun har bir jonivorning ovozini o‘xshatishga harakat qilishi, imkon qadar buning tabiiy chiqishini ta’minlashi kerak bo‘ladi. Ertak o‘qilgandan keyin o‘quvchilarga biroz dam berilgach, savol- topshiriqlar bilan ishlashga o‘tiladi. Faol o‘quvchilar ragbatlantiriladi va baholanadi.
Savol- topshiriqlarning davomiga mustaqil javob topish uyga vazifa etib topshiriladi.
Imkon bo‘lsa ertakka ajratilgan ikki soatni yaxlitlab o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |