«CHIGAL MANTIQIY ZANJIRLAR» Oʻqituvchi besh-oltita alohida hodisalarni yozib qoʻyadi. Bu hodisalar xronologik yoki sabab-oqibat zanjirlaridan biri boʻlishi mumkin. Har bir hodisa alohida varaqqa yoziladi va ular aralashtirib yuboriladi. Guruhga ushbu varaqlarning mantiqan toʻgʻri tartibini tiklash vazifasi beriladi. Buning uchun oʻquvchilar ketma-ket chaqiriladi va har biriga bittadan hodisani zanjirdagi oʻz oʻrniga qoʻyish vazifasi beriladi. Barchalari yagona fikrga kelib, hodisalarni zanjirga terib boʻl-ganlaridan soʻng, oʻqituvchi boʻlib oʻtgan hodisa haqidagi matnni oʻqiydi, oʻquvchilar esa oʻzlarining takliflari toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini tekshirib boradilar.
«CHOP ETILGAN MATERIALLAR BILAN ISHLASH» Ushbu metodika kerakli axborotni izlash, nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash va tasniflash, yangi nazariy materialarni tushunib olishda qoʻllanilishi mumkin.
Sinf 4-6 kishidan iborat boʻlgan kichik guruhlarga boʻlinadi. Guruhlar bir xil yoki har xil gazeta, jurnal kabi chop etilgan materiallarni oladilar.
Vazifa aniq bir mavzu boʻyicha axborot topish xususida boʻlishi mumkin.
Har bir guruh qoʻlidagi chop etilgan materiallardan vazifa-ga oid materiallarni olib (maqolalarni, rasmlarni qirqib olib), plakatlarga yelimlab, tegishli izohli matn tayyorlaydilar. Shundan soʻng oʻquvchilar qilgan ishlarini namoyish etib, tushuntirib beradilar. Boshqa guruhlar esa savollar beradilar va ishni baholaydilar.
Ushbu metod qoʻllanganda, izohli matnlarni tayyorlash ishi tugallangandan soʻng, barcha qolgan materiallar yigʻish-tirib olinishi kerak. Aks holda oʻquvchilargazeta yokijurnal-lardagi qiziqarli maqolalarni oʻqishga kirishib ketadilar va boshqalarning ma’ruzalarini tinglamaydilar.
«MOZAIKA» 1. Individual ishlash.
oʻqituvchi hajmi katta boʻlgan vazifani oʻquvchilarga tavsiya etadi. Masalan, darslikning biror paragrafini oʻrganish va rejasini tuzish; dolzarb muammo boʻyicha bahsga savollar 3 - Informatika oʻqitish metodikasi oʻylab topish va h.k. Bunga 15–20 minut vaqt ajratiladi. Muddat tugaguncha harbirguruh a’zosi masalaning yechimi boʻyicha oʻzining variantiga ega boiishi kerak.
2. Juftliklarda ishlash.
Har bir ishtirokchi oʻziga sherik tanlaydi. Masala oldingicha qoladi. Lekin ushbu bosqichning maqsadi juftliklar orasida umumiy yechimni topishdan iborat. Topilgan yechim har ikki ishtirokchining fikrini ifoda etgan boʻlishi muhim. Muhokama uchun 10 minut vaqt beriladi.
3. Juftliklarda ishlash (davomi).
Juftliklar almashishadi. Masala oldingicha qoladi. Yangi sheriklar oʻzlarining yechimlarini bir-biriga tushuntiradilar va yana masalaning yechimini yangilash imkonini izlashadi. Muhokama uchun 10 minut vaqt ajratiladi. Shunday qilib. guruhning har bir ishtirokchisi boshqalarning fikrini bilib olish, muammoni oʻzi qanday tushintirishni boshqalarga taklif etish va topilgan yechimni himoya qiiishga oʻrganish imkoniyatiga ega boiadi.
4. Guruh bilan birgalikda yechimni qabul qilish. Guruh birlikda toʻplanadi. Guruh a’zolarining hammasi muammoni mumkin boʻlgan yechish yoilari haqida ma’lumotga ega boʻlganliklari uchun, ushbu bosqichning maqsadi urnumiy holatlarni ishlab chiqishdan iborat. Bunda katta e’tibor rnazmuniy qismigagina emas, balki ijro etish shakliga ham qaratiladi (guruhlar yechimni konspekt, rasm, sxema va boshqa koʻrinishlarda tavsiya etishi mumkin). 10 minut vaqt ajratiladi.
5. Har bir guruh ishini baholash.
Mashgʻulot oxirida har bir guruh muammoning topilgan yechimini tavsiya etadi. Tanlab olingan ekspert komissiyasi tavsiya etilgan loyihalaming mazmunini baholaydi.