1. Maktab bosqichi:
- 4-7 sinflarda 8 kishidan iborat jamoa shakllantiriladi va maxsus talabnoma maktab boshlang’ich tashkilotiga taqdim etiladi. Talabnomalar soniga qarab maktab bosqichlari o’tkaziladi.
2. Mahalliy bosqich:
- maktab bosqichida g’olib bo’lgan jamoa mahalliy bosqichda ishtirok etadi. Mahalliy bosqichda tuman (shahar)dagi maktablar soniga qarab ishtirokchi jamoalar qatnashadi. Masalan, Toshkent shahrining Sergeli tumanida 27 maktab mavjud bo’lsa, maktab bosqich g’oliblari ham 27 ta jamoani bir kunda ko’rib bo’lmasligini inobatga olib, hududlar (regional) bo’yicha tashkil etish mumkin. G’olib bo’lgan jamoalar o’zaro bellashib, mahalliy bosqich g’olibi aniqlanadi.
3. Hududiy bosqich:
-mahalliy bosqichida g’olib bo’lgan jamoa hududiy bosqichda ishtirok etadi. Mahalliy bosqich ham hududlar (regional) bo’yicha tashkil etilishi mumkin.
4. Respublika bosqichi:
- hududiy bosqichda g’olib bo’lgan 14 ta jamoa Respublika bosqichida ishtirok etadi.
5. Tanlov 4 (to’rt) yo’nalishda tashkil etiladi va har bir ishtirokchi jami mazkur yo’nalishga alohida tayyorgarlik ko’rishlari lozim.
Tanlovni o’tkazish yo’nalishlari:
Tanishuv – ushbu shartda jamoa nomi, shiori, atributlari, ko’krak-nishoni, albom hamda jamoa a’zolari bilan she’r, qo’shiq, manolog yoki boshqa yo’llar bilan o’zlarini tanishtirishi lozim. Ushbu shart uchun 5 daqiqa vaqt beriladi va 10 ballik tizim asosida baholanadi.
Sahna-ko’rinishi – ushbu shartda ishtirokchi jamoa sinf, maktab tuman (shahar) yoki hududiy «Kamalak» Bolalar tashkiloti faoliyati yoki bolalar orasidagi mavjud muammo hamda ularning yechimlari bo’yicha 5 daqiqa sahna ko’rinishlarini havola qiladilar.Ushbu shart 10 ballik tizim asosida baholanadi.
Savol-javob-ushbu yo’nalishda jamoa hakamlar hay’ati tomonidan tayyorlangan 10 ta savolga javob javob beradilar.Tayyorgarlik ko’rish uchun 2 daqiqa vaqt beriladi.Ushbu shart 10 ballik tizim asosida baholanadi.
Ijtimoiy loyiha-ushbu yo’nalishda har bir jamoa «Kamalak» Bolalar tashkiloti Nizomidan kelib chiqqan holda o’zlarining ijtimoiy loyihasi bilan ishtirok etilishi talab etiladi. Loyihada g’oya, maqsadi, vazifasi, uni amalga oshirish tizimi va kutilayotgan natija aks ettirilishi lozim. Ishtirokchilar o’zlarining loyihalarini hakamlar hay’ati oldida himoya qiladilar,. Hakamlar loyihalarni mazmuni, dolzarbligi, aniq asoslanganligi, yangiligi, ko’lami, ijtimoiy ahamiyati, amalga oshirgan tizimi shart-sharoitga mosligi shuningdek, loyihani bayon etish mahorati va boshqa muhim jihatlariga e’tibor qaratadi. Ushbu shart 10 ballik tizim asosida baholanadi.
III. Hakamlar hay’ati tarkibini shakllantirish:
1. Tanlovning hakamlar hay’ati tarkibini shakllantirishda «Kamalak» Bolalar tashkilotining yetti yo’nalishiga mos keladigan mutasaddi tashkilot vaikllarini jalb qilish maqsadida muvofiq.
2. Hakamlar hay’ati tarkibida ishtirok etadigan jamoalarga aloqasi bo’lmagan vakillar kiritilishi lozim.
IV. G’oliblarni taqdirlash:
1. Tanlovda g’oliblikni qo’lga kiritilgan ishtirokchi jamoa «Kamalak» kubogi, maxsus diplom hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadi.
2. Tanlovning Respublika bosqichida g’olib bo’lgan jamoa may oyining ikkinchi o’n kunligida tashkil etiladigan Respublika «Kamalak» Bolalar tashkilotining X-Anjumanida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritadi.
«Kamalak bilimdonlari» tanlovi «Kamalak» Bolalar tashkiloti faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash, tashkilot a’zolarining faoliyat tizimini yanada mustahkamlash hamda ijtimoiy nufuzini oshirish, Harakatning rivojiga munosib hissa qo’shishlari va kelajakda mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo’shadigan yetuk kadrlar bo’lib yetishishlariga ko’maklashish maqsadida tashkil etiladi.
Xulosa
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharofati bilan jamiyatimizning siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy hayotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar natijasida ta’lim-tarbiya tizimi ham tubdan isloh qilinmoqda.
Istiqlol tufayli hayotimizning hamma jabhalarida tubdan o’zgarishlar yuz berayotgan bir davrda umumiy o’rta ta’lim tizimida bolalar tashkilotlari faoliyatini tubdan qayta qurish va yangilanishni davr taqozo etdi.
Jumladan, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va uning homiyligidagi «Kamalak» Bolalar tashkilotining o’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasi jarayoniga ta’sirini o’rganish juda muhim.
Tadqiqot davomida o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda bolalar ijtimoiy tashkilotlarining o’rnini o’rgandik va quyidagi xulosaga keldik:
1. O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy rivojlantirishda Sharq va G’arb mutafakkirlarining tajribalaridan samarali foydalanish lozim.
2. Bolalar tashkilotlari faoliyatining samarali tashkil etishi o’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.
3. «Kamalak» Bolalar tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirishda Kengash sardorlari, Bolalar yetakchilari, yo’nalish sardorlarining o’zaro hamkorlik munosabatlarini to’gri yo’lga qo’yish kerak.
4. Ta’lim muassasasidagi tashkilot hamda Bolalar yetakchisi faoliyatida yo’lga qo’yilayotgan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishga doir tavsiyalar berib borish lozim.
5. Bolalar tashkilotlarining yo’nalishlari sardorlari faoliyatini samarali tashkil etish lozim. Buning uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilari va sinf rahbarlari doimiy ravishda sardorlar bilan birgalikda faoliyat yuritishlari, ularga pedagogic maslahatlar berib borishlari shart.
6. Maktab «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti va «Kamalak» Bolalar tashkilotining ishini ilmiy asosda rejalashtirish orqali o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini unumli tashkil etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |