To'g'on ko'llar qanday vujudga keladi? J-Tog‘ daryolari vodiylarida chuqur to‘g‘on ko‘llari uchraydi. Ular tog‘lar qulab, vodiyni to‘sib qolishidan vujudga keladi.
Sarez ko'li qanday ko'l? J- Pomir tog‘laridagi Sarez ko‘li shunday hosil bo‘lgan.
O’zan ko'llar qanday hosil bo'ladi? J- Tekislikdagi daryolar ilonizi o‘zanlarda oqadigan joylarda eski, qoldiq o‘zanlar suvga to‘lib qolib, o‘zan ko‘llar paydo bo‘ladi.
Oqmas ko'l deb nimaga aytiladi? J- Agar ko‘llarga daryolar quyilsa-yu bironta ham daryo oqib chiqmasa, bunday ko‘l oqmas ko‘l deyiladi. Kaspiy, Orol ko‘llari shunday ko‘llar.
Oqar kol deb nimaga aytiladi? J- Agar ko‘llardan daryo oqib chiqsa, u oqar ko‘l deyiladi.
Baykal ko‘liga qancha daryo quyiladi? J- 300 dan ortiq kichik daryo quyiladi
Baykal ko'lidan qaysi daryo oqib chiqadi? J- Undan bitta katta daryo — Angara daryosi oqib chiqadi. Baykal — oqar ko‘l.
Odatda iqlimi issiq o‘lkalardagi oqmas ko‘llar suvi qanday bo'ladi? J- Sho‘r bo‘ladi. Chunki, qo‘shilgan suv bug‘lanib ketib, suvda erigan tuzlar qoladi.
Dunyodagi eng sho‘r ko‘l qaysi? J- Arabiston yarimorolidagi O‘lik dengiz.
Uning 1 litr suvida qancha tuz bor? J- 270 grammgacha tuz bor.
Ko‘llardan inson qanday maqsadlarda foydalaniladi? J- Turli maqsadlarda foydalanadi. Sho‘r ko‘llardan tuz olinadi, sho‘r suv va balchiq ayrim kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.
Chuchuk ko‘llardan qanday maqsadlarda foydalaniladi? J- Baliqchilik, parrandachilikni rivojlanitirishda, toza suvidan aholi va xo‘jalikni suv bilan ta’minlashda foydalaniladi.
Muzliklar deb nimaga aytiladi? J- Quruqlikda qor to‘planib, hosil bo‘lgan ko‘p yillik muzlar muzliklar deyiladi.
Tyanshan va Pomir tog‘laridagi muzliklar necha m balandda hosil boladi? J- 3500 m dan balandda hosil bo‘ladi.
Qor chizig'i deb nimaga aytiladi? J- Qor yig‘iladigan va muzlik hosil bo‘ladigan balandlikning quyi chegarasi qor chizig‘i deyiladi. Qor chizig‘i qutbiy o‘lkalarda dengiz sathigacha pasayadi. Shuning uchun qutbiy o‘lkalarda — Antarktida materigi va Shimoliy Muz okeanidagi orollarda dengiz bo‘yidagi yerlar ham muzlik bilan qoplanib yotadi.
Tog‘lardagi muzliklar bahor kelishi bilan asta erib nimalar hosil bo'ladi? J- daryolar xosil bo'ladi, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari ko‘p suvini shunday muzliklardan oladi.
Sizga ma’lumki, sovuq o‘lkalarda muzliklar butun yer yuzini qoplab yotadi bunga qayerlarni misol qilishimiz mumkin? J- Antarktida materigi, dunyodagi eng katta orol — Grenlandiya shunday muzliklar bilan qoplangan.
Muzning qalinligi qanchaga yetadi? J- 4 ming metrga yetadi.
Aysberglar qanday hosil boladi? J- Muzliklar ham asta-sekin siljib borib, dengiz va okeanlar bo‘yiga kelib qoladi. Bunda muzlik yorilib, bo‘linib, suvga tushadi va suvda suzib yuruvchi katta muz tog‘larini hosil qiladi
Aysberg so'zining ma'nosi nima? J-gollandcha «iys» — muz, nemischa «berg»
— tog‘ degan ma’nolarni bildiradi.
Antarktida qirg‘oqlari yonida kuzatilgan ulkan bir aysbergning uzunligi va eni qancha edi? J- 170 km, eni 45 km va qalinligi 200 m bo‘lgan.
Aysbergning katta qismi qayerda bo'ladi? J- suv tagida bo‘ladi. Aysberglar dengiz va okeanlardagi kemalar qatnovi uchun juda xavfli. Suv — tabiatning inson uchun buyuk ne’mati. Uni isrof va iflos qilmay foydalanish zarur.
YER OSTI SUVLARI.
Yer osti suvlari deb nimaga aytiladi? J- Yer po‘sti yuza qismidagi tog‘ jinslarining g‘ovak, bo‘shliq va yoriqlaridagi suvlar yer osti suvlari deyiladi.
Yer osti suvlari hosil bo‘lishi uchun qanday sharoit bo'lishi kerak? J-quruqlikka yetarli miqdorda yog‘in (qor, yomg‘ir) yog‘ib turishi va yuzadagi tog‘ jinslari suvni chuqurga o‘tkazib yuboradigan darajada g‘ovak bo‘lishi zarur.
Suvning yerga tez yoki sekin shimilishi nimaga bog'liq? J- Tog‘ jinslarining g‘ovaklik darajasiga bog‘liq. Masalan, shag‘al, qum suvni yaxshi o‘tkazadi.
Suvni yahshi o'tkazuvchi jinslarga nimalar kiradi? J- shag‘al, qum.
Suvni yahshi o'tkazmaydigan jinslar deb nimaga aytiladi? J- Granit, ohaktosh, qumtosh, gil singari jinslar suvni yaxshi o‘tkazmaydi. Shunga ko‘ra ular suvni o‘tkazmaydigan jinslar deb ataladi.
Nima uchun yer osti suvlari qatlam hosil qiladi? J- Yer po‘stining yuza qismidagi tog‘ jinslari qatlam-qatlam bo‘lib yotganligidan yer osti suvlari ham qatlamlar hosil qiladi.
Suvli qatlam deb nimaga aytiladi? J- G‘ovakliklarida suv bo‘lgan qatlamlar suvli qatlamlar deyiladi.
Ikkita suv o‘tkazmaydigan qatlam orasida joylashgan suvli qatlam nima deb ataladi? J- suvi qatlamlar orasidagi suv deb ataladi.
Bu qatlamga suv qayerdan kiradi? J- Mazkur qatlam yer yuzasiga chiqqan joylardan kiradi.
Qanday sharoitda yer osti suvlari bosimli bo'ladi? J- Agar tog‘ jinslari qatlamlari tovoq shaklida bo‘lsa, yer osti suvlari bosimli bo‘ladi.
Artezian quduqlar deb nimaga aytiladi? J: Agar tog‘ jinslari qatlamlari tovoq shaklida bo‘lsa, yer osti suvlari bosimli bo‘ladi. Bunday joylarda burg‘ qudug‘idan suv o‘zi oqib, ba’zan otilib chiqadi. Bunday quduqlar artezian quduqlar deyiladi.
Grunt suvi deb nimaga aytiladi? J- Yer yuzasidagi g‘ovak jinslar orasidagi
suvlar grunt suvi deb ataladi.
Grunt suvlari sathi qachon yuqori bo'ladi? J- qish va bahorda qor erib, yomg‘ir ko‘p yog‘ib turganligi sababli yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |