Mavzulashgan



Download 9,75 Mb.
bet26/28
Sana09.03.2022
Hajmi9,75 Mb.
#487303
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
5-sinf geografiya fanidan mavzulashgan savo-javob 2020 compressed

Geografik qobiqning tarkibiy qismlari, ya’ni tabiat komponentlari dastlabki vaqtda qancha bo'lgan? J- Faqat uchta bo‘lgan. Bular tog‘ jinslari, suv va havo.

  • Geografik qobiq aniq chegaraga egami? J- Ega emas. Unga litosferaning yuza qismi, butun gidrosfera va atmosferaning 18—20 km balandgacha bo‘lgan qismi kiradi. Odam ham shu geografik qobiqda paydo bo‘lgan. Endilikda inson geografik qobiqqa ta’sir etmoqda, uni o‘zgartirmoqda.

  • O‘zbekiston hududining katta qismini qaysi zona tashkil qiladi? J- Cho‘l zonasi tashkil qiladi.

  • Qaysi cho'l ota–bobolarimiz tomonidan o'zlashtirilgan? J- Mirzacho‘l otabobolaringiz tomonidan yaqin o‘tmishda o‘zlashtirilib, go‘zal vohaga aylantirilgan.

  • Geografik qobiqda Quyoshdan keladigan nur nimaga aylanadi? J- Issiqlikka aylanadi.

  • Bu qobiqda moddalarning qanday xolatlari mavjud? J- Hamma holatlari mavjud: suyuq, qattiq va gaz holatidagi moddalar bor. O‘simlik va hayvonot dunyosi vujudga kelgan. Odam ham shu qobiqda yashaydi, mehnat qiladi. O‘z mehnati bilan tabiatni o‘zgartiradi. Daryolarga to‘g‘onlar quradi. Cho‘llarga suv chiqarib, obod vohalar bunyod etadi.

  • Tabiatni hosil qiluvchi tarkibiy qismlar bir biriga qanday ta'sir ko'rsatadi? J- Komponentlar (tog‘ jinslari, relyef, suv, havo, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, tuproqlar) geografik qobiqda alohida-alohida, bir-biridan ajralgan holda uchramaydi. Ular bir-biri bilan bog‘lanib ketgan va o‘zaro ta’sir etib turadi.

  • Ular birgalikda nimani xosil qiladi? J- Tabiat kompleksini, ya’ni tabiiy uyg‘unlikni hosil qiladi. Tabiat kompleksi shunday tabiiy uyg‘unlikki, unda bironta komponent o‘zgarsa, boshqa komponentlar ham, tabiat kompleksi ham o‘zgaradi.

  • Eng katta tabiat kompleksi nima? J- Geografik qobiq.

  • Nima uchun Geografik qobiqning hamma joyi bir xil emas? J- Bunga sabab shuki, Yer yuzasidagi tog‘ jinslari, ular hosil qilgan relyef, havoning harorati, namligi ham, dengiz, daryo, ko‘llardagi suv ham har xil. Buning ustiga Yer sharsimon shaklda bo‘lganligi sababli Quyosh nuri hamma joyga bir xil miqdorda tushmaydi. Shuning uchun geografik qobiq juda ko‘p kichikroq tabiat komplekslaridan tarkib topgan.

  • Tabiat kompleksiga nimani misol qilishimiz mumkin? J- Qizilqumdagi qumli cho‘l tabiat kompleksini misol qilib keltirish mumkin. Bu kompleksda ko‘p joyda o‘simlik bilan qoplanmagan qumlarni, har yerda o‘sib yotgan saksovullar bilan yantoqni ko‘ramiz.

  • Baland tog‘ tabiat kompleksi u yerda nimani korishimiz mumkin? J- U yerda muzliklarni, ochilib qolgan tosh qoyalarni, qorlarni va hatto ochilib yotgan ajoyib gullarniyu turli giyohlarni ko‘ramiz. Demak, Yer yuzida katta-kichik tabiat komplekslari juda ko‘p. Mana, eng katta tabiat kompleksi geografik qobiq ekanini ham bilib oldik.

  • Geografik mintaqalar, geografik zonalar, tabiiy o‘lkalar nima? J- Ular ham tabiat komplekslaridir.

  • Nima sababdan yerda yorug'lik va issiqlik bir hil taqsimlanmaydi? J- Yerning sharsimon shaklda ekanligi sababli Quyoshdan keladigan yorug‘lik va issiqlik Yer yuzida bir xilda taqsimlanmaydi.

  • Uning miqdori qanday o'zgarib boradi? J- Ekvator atroflaridan Shimoliy va Janubiy qutblarga tomon kamayib boradi.

  • Geografik mintaqalar qanday hosil bo'ladi? J- Yer yuzida quruqlik va okeanlar juda notekis taqsimlangan. Yer yuzasining relyefi ham har xil. Bular quruqlik yuzasining Quyosh nuri bilan isitilishiga, havoning haroratiga, shamollarning yo‘nalishiga, yog‘inlarning miqdori va qaysi fasllarda yog‘ishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mana shu barcha ta’sirlar natijasida Yer yuzida ekvatordan qutblarga tomon tabiat o‘zgarib boradi. Buning natijasida geografik mintaqalar hosil bo‘ladi.

  • Geografik mintaqalar qaysi hususiyatlariga ko'ra bir biridan farq qiladi? J- Asosan iqlimiga (havo massalari, harorati, shamollar, yog‘in miqdori va turlariga, qaysi faslda yog‘ishiga) ko‘ra bir-biridan farq qiladi.

  • Yer yuzida qanday mintaqalar mavjud? J- Ekvatorial, tropik, mo‘tadil, arktika (antarktika) mintaqalari mavjud. Bular asosiy mintaqalar deyiladi.

  • Asosiy mintaqalar oralig‘ida qanday mintaqalar mavjud? J- Oraliq geografik mintaqalar ham mavjud. Masalan, ekvatorial mintaqa bilan tropik mintaqa orasida subekvatorial, tropik mintaqa bilan mo‘tadil mintaqa orasida subtropik va mo‘tadil mintaqa bilan arktika mintaqasi orasida subarktika oraliq geografik mintaqalari joylashgan. Bu mintaqalar Janubiy yarimsharda ham takrorlanadi.

  • Ekvatorial mintaqaga qayerlar kiradi? J- Ekvatorga yaqin hududlar kiradi.

  • Bu mintaqada ob-havo qanday bo'ladi? J- Bu joylar yil bo‘yi issiq va sernam bo‘ladi. Hamma vaqt ekvatorial havo turadi. Har kuni tushdan keyin yomg‘ir yog‘adi. Doimiy yashil o‘rmonlar o‘sadi. O‘simlik va hayvon turlari ham ko‘p.
  • Ekvatorial mintaqani qaysi mintaqalar o'rab turadi? J- Ham janubdan,


    ham shimoldan subekvatorial mintaqalar o‘ragan.

    1. Bu yerda yil necha faslga bo'linadi? J- Ikki faslga bo‘linadi: sernam issiq yoz va quruq issiq qish. Yozda tabiat manzarasi ekvatorial mintaqaga o‘xshaydi. Issiq qishda esa yomg‘ir yog‘maganidan daraxtlar bargini to‘kadi. Qalin o‘tlar qurib, qovjiraydi.

    2. Subekvatorial mintaqada qanday hayvonlar yashaydi? J- Ushbi mintaqada yirik hayvonlar fillar, karkidonlar, jirafa, zebra, sher va yo‘lbarslar, shuningdek juda katta ilonlar yashaydi.

    3. Tropik mintaqaga qayerlar kiradi? J- Shimoliy va Janubiy yarimsharlarning 20°—30° kengliklari orasida tropik mintaqalar joylashgan.

    4. Bu mintaqalarda ob-havo qanday bo'ladi? J- Yoz juda issiq, qish esa iliq bo‘ladi. Lekin yog‘inning miqdori turlicha.

    5. Mintaqada qanday tabiat zonalari uchraydi? J- O‘simliklari juda kam tropik cho‘llar ham, qalin o‘t-o‘lanlar, siyrak daraxtlar o‘sadigan savannalar ham, yil bo‘yi yam-yashil bo‘ladigan tropik o‘rmonlar ham bor.

    6. Subtropik mintaqa qayerda joylashgan? J- Tropik mintaqa bilan mo‘tadil mintaqa oralig‘ida (30°—40° kengliklar) subtropik mintaqalar joylashgan.


    7. Download 9,75 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish