Mavzularni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish



Download 64,5 Kb.
bet1/4
Sana15.01.2022
Hajmi64,5 Kb.
#369566
  1   2   3   4
Bog'liq
Мавзуни ўқитишда педагогик технологиялардан самарали фойдаланиш


Mavzularni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish.

Ma’lumki, o’quv jarayonini ta’lim texnologiyalari asosida loyihalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish dars samaradorligini ta’minlaydi. Ayniqsa, talabalarning o’quv materiallarini puxta o’zlashtirishi va mustaqil fikryuritishlariga undash, yangi ta’lim standartlari asosida ish yuritishni tashkil etish yangicha zamonaviy texnologiya yo’nalishida faoliyat ko’rsatishni talab etadi. Hozirgi kunda ta’lim-tarbiyaning sifat ko’rsatkichini kafolatlashda zamonaviy pedagogik texnologiya hal kiluvchi omillardan hisoblanadi.

Pedagogik texnologiya ijtimoiy hayotning turli sohalarini rivojlantirish, taraqqiy ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, butun jamiyat a’zolari ta’lim va tarbiya bilan shug’ullanishi va tarbiyalanganlik darajasini oshirib borishi kerak. Natijada jamiyatda bilimli, obro’-e’tiborli a’zolar, oliy ma’lumotli mutaxassislar, yuqori malakali kadrlar mavjud bo’ladi. SHunga ko’ra, talabalar o’z ixtisosligini o’rganish, o’zlashtirish uchun fanlar buyicha beriladigan bilimlarni ongli egallashi asosida o’zlarida umuminsoniy, milliy g’ururni hosil etishi shartdir.

XXI asr buyuk o’zgarishlar davri bo’lib, bu o’zgarishlar eng avvalo, inson tafakkurida, uning fikrlash tarzida ro’y beradi va shaxs ma’naviyati orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasiga ta’sir etadiki, bu holat Vatan manfaatlariga sadoqatli, yuqori malakali kadrlarning ijodiy va mustaqil tafakkuri asosida jamiyatni boshkarish, yangilash va o’zgartirishga yordam beradi.



Bugungi kunda ta’lim tizimida bilimlarni egallashning yangi kontseptsiyasi — zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalarning turli xil ko’rinishlarini qo’llash juda yaxshi samara bermoqda. Bunda ta’limning yangi metodlardan foydalanishda tahsil oluvchilarning intellektual, erkin fiklashni rivojlantirish, o’z fikrini asoslab berishga intilishi, o’zgalar fikrini tinglay olishi, muammolar yechimini topishga harakat qilishi, ijodiy va axloqiy taraqqiyoti jarayonlariga samarali ta’sir etadi.

O’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim metodlaridan foydalanganda, avvalo, bu metoddan foydalanishning o’rni, uning samaradorligini bilishi muhimdir. Buning uchun har bir pedagog hayotiy tajribaga ega bo’lgan, yetarli bilimlar bilan qurollangan, ta’lim oluvchilarga nisbatan muammolarning yechimini oldindan hal eta oladigan va ularni ta’lim oluvchilarga yetkazish malakasiga ega bo’lishi lozim.

SHuningdek,innovatsion texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirishga va o’zlashtirilgan bilimlarni mustaqil baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qila oluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.

Yangi pedagogik texnologiyalar jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo’lgan ehtiyojini yuqori saviyada samarali qondirishga yo’naltirilgan ilmiy-amaliy faoliyat bo’lib, bu jarayon muayyan davlatning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy taraqqiyoti bilan belgilanadi.

Ta’limning zamonaviy texnologiyalari shaxsning aqliy salohiyatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish bilan bog’liqdir.

Ayniqsa, jamiyatdagi global muammolarni yechish va umumiy savollarga javob berishda insonning bilim darajasini oshirish, egallagan bilimlarini ma’naviyatga aylantirish orqali muayyan davlatning iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy taraqqiyotini belgilay olishga imkon beradi. Eng muhimi insoniyatning talab-ehtiyojlarini kondiradi va jamiyat taraqqiyoti yo’lida ijtimoiy foydali faoliyatlar bilan shug’ullanishga va jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo’lgan talabini bajarishga yo’naltirilgan ilm- fan, amaliy faoliyat sohasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Jamiyatimizda yuqori bilimga ega bo’lgan malakali kadrlarni yetishtirish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa O’zbekistonning ta’lim sohasida taraqqiy etgan mamlakatlar katoridan o’rin oshili yo’lida ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishda eng ilg’or ma’rifiy uslublardan hisoblangan «pedagogik texnologiyalar» alohida o’rinni egallaydi. Yoshlarni hayotga mukammal tayyorlashdek zarur talabning amalga oshirilishida pedagogik texnologiya ta’limiy tadbir bo’lib xizmat kiladi.

Intellektual salohiyatga ega bo’lgan mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish yo’lida pedagogik texnologiyani amaliyotga samarali tatbiq kilinsa ta’lim sohasida tub o’zgarishlar yuz berishi, o’qituvchilar va talabalar faoliyatini yangilanishga olib keladi. Natijada talaba yoshlarda bilimga chanqoqlik, bilimlilik, hurfikrlik, axloqiy, milliy g’urur, Vatanga muћabbat, baynalminallik, insonparvarlik, o’z tarixini bilishga qiziqish, milliy g’urur, faxrlanish tuyg’ulari yanada kuchayadi. Aynan xuddi shu masalani muvaffaqiyatli hal etish ta’lim-tarbiya janayoni sifatini ta’minlashda texnologik yondashuvlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Ma’lumki, har bir talabalarning bilimli, zukko, mustaqil fikrlaydigan bo’lishi uchun ta’lim-tarbiya jarayonida texnologik yondashuv asosida ularning konstruktiv qobiliyatini rivojlantirishda zamonaviy darslarning o’rni va ta’siri muhim ahamiyatga egadir.

Eng muhimi zamonaviy darsda talaba shaxsiyatini rivojlantirishga, o’z-o’zini boshqara olishi va mustaqil fikr, faoliyat ko’rsatishiga jiddiy e’tibor beriladi. Darsda nazariya bilan amaliyot o’zaro bog’liqligida tizimliyondashiladi va natijada talabalarning to’liq o’zlashtirishi uchun sharoit yaratiladi. Ana shunda jamiyatning ijtimoiy buyurtmasini bajarishga keng yo’l ochiladi.

Zamonaviy darsda didaktik talablarga alohida e’tibor beriladi. Xususan, o’quv maqsadlarini aniq belgilash, dars bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish, ta’lim mazmunini standart me’yorlariga moslash, eng qulay usullar, shakl vositalar orqali talabalarning qiziqishini oshirish ularning yakka va jamoa bo’lib ishlashiga muhit yaratish, dars jarayonida didaktik printsiplardan foydalanish shular jumlasidandir.

Zamonaviy dars jarayonida har bir mavzuning dolzarb jihatlari aniqlanadi. Bu o’rinda qiziqarli fakt, voqea, kutilmagan topilma, ixtiro va yangi kashfiyotlar, chiroyli tajriba, nostandart yondashuvlarga murojaat qilinadi.

Har qanday dars shaxs va uni rivojlantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Unda shaxsning faolligi, mustaqil fikrlay olishi, mas’uliyatni his etishi, o’zicha aniq xulosaga kela olishi va qarorlar qabul qilishi, doimiy izlanuvchan, iqtidor bo’lishi, muloqatga kirushuvchanlik holatlar hisobga olinadi. Ayniqsa, dars jarayonida talabalarning ijodkor, tashabbuskor bo’lishida innovatsion texnologiyalarni qo’llash, ilg’or tajriba va yangiliklardan ijodiy foydalanish mumkin bo’ladi.

Pedagogik texnologiya turini tanlash dars va mashg’ulotda qaysi darajadagi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni nazarda tutilganiga bog’liqdir.

Ta’lim jarayonida o’qitishning innovatsion texnologiyalari keng qo’llanilmoqda. Mazkuro’qitishtexnologiyalarniamalgaoshirishdabirqator passiv, faol, interfaolvatreninglardankengfoydalaniladi.


Download 64,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish