Bajardi: Tursunov Xaydar _______ Tekshirdi: Jonibek Farmonov _______
Iqtisodiyot nazariyasi fani
Pullar haqida qiziqarli 7 fakt - Dunyoda pullarga befarq odamlar kamdan-kam topiladi. Kimdir ularga qulluq qiladi, yana kimdir ularni muammolarning bosh sababchisi deb biladi. Lifehacker esa pullar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni to‘plashga harakat qildi.
1-fakt - “Moneta” so‘zi Qadimgi Rimdan kelgan. Ma’buda Yunona lotinchadan tarjima qilganda “asraguvchi” yoki “maslahat beruvchi” ma’nolarini beruvchi Moneta unvoniga ega bo‘lgan. Aynan shu ma’buda ibodatxonasi yaqinida metall pullar zarb etiladigan ustaxonalar bo‘lgan. U yerda tayyorlangan mahsulotlar moneta deb nomlana boshlagan, ingliz tilida esa bu so‘zdan pullarning umumiy nomi — money kelib chiqqan.
2-fakt - Qadimgi Gretsiyada risoladagidek pullar muomalada bo‘lganiga qaramay Spartada pul sifatida atayin qo‘pol va o‘xshovsiz temir xivchinlardan foydalanilgan. Bu spartaliklar boylikka intilmasligi, kamroq o‘g‘rilik qilishi va kamroq pora berishi uchun o‘ylab topilgan.
3-fakt - Dollar belgisi ($) AQSh valyutasi va umuman Qo‘shma Shtatlar paydo bo‘lishidan avval ham mavjud bo‘lgan. Avvaliga u AQSh hududida mahalliy tangalar zarb etilguncha keng iste’molda bo‘lgan Meksika pesosini bildirish uchun foydalanilgan. Pesoni anglatuvchi PS qisqartmasining qo‘shilib ketishi natijasida mazkur belgi paydo bo‘lgan.
4-fakt - Avstraliyadagi Perta zarbxonasida tayyorlangan tilla tanga dunyodagi eng og‘ir tanga hisoblanadi. Uning og‘irligi 1 tonnani tashkil etadi, 999-probali oltindan tayyorlangan, diametri 80, qalinligi 12 santimetrdan iborat. Nominal narxi 1 million dollar, biroq mutaxassislar uni yombi holatida 55 million dollarga sotish mumkinligini bildirmoqda.
5-fakt - Isaak Nyuton nafaqat buyuk olim, balki Buyuk Britaniya qirollik zarbxonasi boshqaruvchisi ham bo‘lgani va tangalarga botiq chiziqlar joylashtirishni o‘ylab topganini ko‘pchilik bilmasa kerak. Bu tangalar qimmatbaho metallardan tayyorlangan davrlarda ularni qalbakilashtirishni ancha qiyinlashtirgan.
6-fakt - Odatda pullar nominali qancha bo‘lsa, shuncha qiymatda bo‘ladi. Biroq bu iste’moldan chiqqan, suvenir yoki kolleksiya uchun mo‘ljallangan nusxalarga tegishli emas. Hozirgi kunda 1794-yilda AQShda chiqarilgan “Yozilgan sochlar” deb ataluvchi dollar eng qimmat tanga hisoblanadi, u auksionda 7 850 000 dollarga sotilgan.
7-fakt - Qog‘oz pullar, shunday nomlanishiga qaramay, qog‘ozdan emas, balki paxta va zig‘irpoya tolasidan maxsus tayyorlangan maxsus chidamli materialdan tayyorlanadi. Shuningdek, hozir ko‘plab mamlakatlarda banknotlar pishiqligini yanada oshiradigan yangi materiallar tajribadan o‘tkazilmoqda. Masalan, Avstraliya, Xitoy, Braziliya, Shimoliy Irlandiya, Ruminiya va boshqa davlatlarda pullar maxsus yupqa plastikdan tayyorlanmoqda.
Xulosa - Demak, pul maqsadlarga erishish vositasidir. Haqiqatan ham, yetarli mablag' bilan siz orzu qilgan hayotda yashashingiz mumkin. Har bir narsada tanlash erkinligiga ega bo'lish uchun o'zingizga kerakli narsani emas, balki o'zingiz yoqtirgan narsani qilishga ruxsat berishingiz mumkin.
- Ammo yetarlicha pulga ega bo'lish uchun faoliyat yo'nalishini tanlashda adashmaslik, jamg'armalarni to'g'ri investitsiya qilish uchun harakat qilish kerak. Pul uchun emas, balki zavq uchun ishlash kerak - shunda boylikning o'zi keladi. Quvonch bor joyda, pul ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |