IV. Individual yondashuvni yangicha talqin etish:
1) “oʻquv fanidan oʻquvchiga qarab borish emas, oʻquvchidan oʻquv faniga borish” tamoyilining bajarilishi;
2) oʻquvchilarning qobiliyatlari va mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda oʻqitish;
3) oʻrtacha oʻzlashtiruvchi oʻquvchiga yoʻnalganlikdan voz kechish, shaxsning eng yaxshi sifatlarini izlash;
4) shaxsni psixologik-pedagogik tashxis etish (qiziqishlari, qobiliyatlari, yoʻnalganligi, “Men-konsepsiyasi”, xarakteri, fikrlash jarayonlarining oʻziga xosligi)ning qoʻllanilishi;
5) shaxsning oʻquv-tarbiya jarayonidagi oʻziga xosliklarini hisobga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |