Mavzular Jami


Pedagogning o`z ruhiy holatini boshqarish texnikasi.Pedagog nutqi texnikasi tushunchasi



Download 1,7 Mb.
bet35/66
Sana17.08.2022
Hajmi1,7 Mb.
#847166
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66
Bog'liq
Педагогик махоратДокумент Microsoft Word

3.Pedagogning o`z ruhiy holatini boshqarish texnikasi.Pedagog nutqi texnikasi tushunchasi.
Yosh o`qituvchi faоliyatida namоyon bo`ladigan tipik хatоlar va ularni to`zatish yo`llari.
O`qituvchilarning haraktеr va individual хususiyatlariga ko`ra tоifalarga bo`linishi: tashabbuskоr, ijоdkоr o`qituvchilar; tashabbussiz, o`z fikriga ega bo`lmagan o`qituvchilar; hamma ishga bеfark karоvchi o`qituvchilar
Pedagogik texnika usullar to’plami, nurq va mulokot vositalari esa uni egallash vositalaridir. Pedagogika quyidagi ikki guruh yig’indisidan iborat:
1. Pedagog o’z xulkini boshkara olishi:
a) o’z gavdasini boshkara olishi ( mimikalar,pantamimikalar);
b) hissyoti va kayfiyatini boshkara olishi (ortikcha ruhiy
charchashlarni yo`kota olishi, ijodiy hissiyotlarni vujudga keltira
olishi);
v) ijtimoiy-pertseptik kobiliyatlari (dikkat «yuzidan ukib olish»,
kuzatuvchanlik, tasavvuri);
g) nurq texnikasi nafas olishi, ovozini tinglovchilarga
moslashishi, talaffuz tarzi, nurq sur’ati.


YUkoridagilarga ko’shimcha fikringiz?


2. Pedagogning tashki ko’rinishi va uning


maqsadli yo’nalganligi
Pedagogik shaxs va jamoaga ta’sir ko’rsatishi bo’lib, u ta’lim tarbiyaviy jarayonning texnologiyasini ochib beradi. Unga pedagogni didaktik tashkilotchilik, kontsruktivlik, kommunikativ ko’nikmalari, qo’yiladigan talablarning texnologik usullari, pedagogik ishlarni tashkil etish va boshkalar kiradi.
YOsh o’qituvchilar pedagogik texnikasida quyidagi juz’iy kamchiliklar uchraydi:
1. O`quvchi yoki uning ota-onasi bilan sidkidildan so’zlasha olmaslik;
2. /azabni to’xtata olmaslik yoki uni o’z o’rnida ishlata olmaslik;
3. O’zida ishonchsizlikni yenga olmasligi;
4. Nurqini ravon etmaslik;
5. Ortikcha kattik ko’llik;
6. Xushmuomala bo’lishdan ko’rkish;
7. Juda tez gapirish (ayniksa darsda);
8. Ortikcha harakat yoki bir joyda kotib kolish, ko’llarini kaerga ko’yishni bilmaslik;
9. O’z gavdasini tutishdagi kamchilik (bukchayib, yerga karab yurish, befoyda ko’lish, ortikcha harakat) turli jismlarni ko’lida aylantirib yurishi.
Tovushdagi kamchiliklar: monoton-bir ohangni zerikarli, nurqning hayotiy emasligi, ifodali o’qish malakasini yo`kligi (diktsiya).
Nurqdagi kamchiliklar: anik talaffuz tarzining yo`kligi, xona uchun zarur tovush kattikligini tanlay bilmasligi.
Yuqoridagi kamchiliklar o’qituvchi uchun O`quvchilarga samarali ta’sir etishga halakit beradi. Ularga talabalik davrida barham berishi, bo’lajak muhandis-pedagoglar uchun juda ahamiyatlidir. Bunga maxsus mashklarni mutsakil ravishda takrorlash natijasida erishiladi.
Tarbiyachining tashki ko’rinishi etsetik jihatdan ifodali bo’lishi zarur. Tashki ko’rinishga befark karash ham, unga ortikcha zeb berishi ham tarbiyaviy ishida zararlidir.
O’qituvchi sochining taralishi, kotsyumi, kiyimdagi takinchoklar ham har doim pedagogik maqsad vazifasiga-tarbiyalanuvchi shaxsi shakllanishishga samarali ta’sir etishga karatilgan bo’lishi kerak. U zeb-ziynat takib yurishga, kosmetikaga xukuki bo’lsa ham, me’yorga amal kilishi va holatni tushunishi zarur. Tarbiyachining etsetik ifodasi uning yuz ifodasidan, ochik ko’ngilligida, harakatidagi vazminlik va ixchamligida, imo-ishorasining hakikiyligi va O`quvchiga e’tiborliligi, o’z tanasini tutishida va tutishida bilinib turadi. Aftini tirishtirish, pala-partishlik, imo-ishoraning sun’iyligi, bo’shanglikka yo`l ko’yishi mumkin emas. Hatto, xonaga kanday kirishingiz, bolalarga kanday karashingiz, salomlashishingiz, tsulni kanday surishingiz, xonada yurishingiz-bu «mayda-chuydalarning» hammasi sizni bolaga ta’sir ko’rsatadigan kuchingizdir.
Vazmin, xushmuomala, o’ziga ishongan tarbiyachi eng kuchli tarbiyachidir.
O’qituvchining tashki ko’rinishiag quyidagi talablar ko’yiladi:
a) o’z hissiy holatlarini boshkara olishi. Pedagogning O`quvchilar bilan bo’ladigan mulokoti, rasmiy xarakteriga ega bo’lganligi uchun, «mushaklar sikilishi», o’ziga ishonmaslik, tanglik sezgilarini vujudga keltiradi. O’qituvchilar doimo O`quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik nazoratida ishlaydi. Bu-o’qituvchi fikrining kat’iyligiga, ovoz apparati holatiga jismoniy holatiga (oyoklarning kotib kolishi, ko’llarni tayokka o’xshab kolishi) ruhiy holatiga (kulgili holda kolishi o’zini uddalay olmaydigan bo’lib ko’rinishi) ta’sir etadi. Bo’larning hammasi bo’ladigan mashg’ulotga o’zini psixofizik nuktai nazardan moslash, mulokat paytida o’zininng hissiy holatlarini boshkara olishini talab qiladi.
O’zini rostlash kobiliyatini quyidagi tets yordamida tekshirib ko’rish mumkin:
Sizni kayfiyatingiz va ruhiy holatingizga oid quyidagi savollarga «Ha» yoki «Yo’k» javobini bering.
- Siz doim o’zingizni vazmin tuta olasizmi?
Siz tabiatan jo’shkin kayfiyatga egamisiz?
Sinfda dars o’tayotganingizda va uyda siz doimo e’tiborli va sergakmisiz?
Siz o’z hissiyotlaringinzni boshkara olasizmi?
Siz yakin kishilaringiz va o’rtoklaringiz bilan xushmuomala va e’tiborlimisiz?
YAngilikni juda tez o’zlashtirasizmi?
Sizda kutulish zarur bo’lgan zararli odat yo’kmi?
- Biror vaziyatdan so’ng siz «o’zimni yaxshirok tutishim kerak edi», deb afsuslanmaysizmi? «Ha» va «Yo’k» larni hisoblab, xulosa yasang. Agar hamma javoblar ijobiy bo’lsa, u sizni vazminligingizni, o’zingizni boshkara olishingizni yoki o’zingizni yukori baholaganingizni bildiradi. Agar hamma javoblar salbiy bo’lsa, bu sizni besaramjonligingizni, o’zingizga ishona olmasligingizni, boshkalarga tankidiy munosabatda bo’lishingizni bildiradi.
«Ha» va «Yo’k» lar aralashgan javob, o’zingizni kamchiliklarinigizni bila olishingizni ko’rsatadi, bu o’z-o’zini tarbiyalashga ko’yilgan dastlabki kadamdir. O’z-o’zini sozlashni bilish, o’z-o’zini tarbiyalash uchun dastlabki yo’nalishdir.
O’z-o’zini sozlashning eng muhim usullari quyidagilardan iborat:
xushmuomalalik va kelajakka ishonch bilan karashni tarbiyalash;
o’z xulkini nazorat kilish (muskullar zo’rikishini rostlash, harakat, nurq va nafas olishni rostlash);
faoliyatning biror turida hordik chikarish (mehnat terapeyasi, musika terapeyasi, kitob o’qish, hazil mutoiba);
o’z-o’zini ishontirish, ixlos kilish.
Ruhiy barkarorlikni tarbiyalashda V.A.Suxamlinskiyning quyidagi foydali maslahatlaridan foydalanish ma’kuldir:
ortikcha badkovok bo’lmaslik;
boshkalar nuksonlarini oshirib ko’rsatmaslik;
hazil mutoiba moyil bo’lish;
xushmuomalali bo’lish va kelajakka ishonch bilan karash.
Bunday sifatlarni egallash shartlari quyidagicha: o’z kasbini jamiyatdagi o’rnini ongli ravishda tushunish, burch sezgisini utsunligi, pedagogik ziyraklik, hissiy sezuvchanlik hamda o’zini tahlil kilish va to’g’ri baholash.
Darsga tayyorgarlik ko’rayotgan va o’zida ishonchsizlik, ko’rkinch sezayotgan yosh o’qituvchi jismoniy va ruhiy erkinlikka erishish maqsadida quyidagicha relaksatsiya sezgisi (trening) ni o’tkazishlari tavsiya etiladi.
a) Men tinchman, men ishonch bilan dars berayapman, bolalar meni tinglamokdalar. Darsda o’zimni bemalol his etaman. Men darsga puxta tayyorlanganman. Dars kizikarli, bolalarni taniyman va ko’rib turibman. Men darsni yaxshi tugataman. Men bilan bo’lish bolalar uchun nihoyatda kizikarli. Men o’zimga ishonaman va tetikman. Men o’zimni boshkara olaman. Kayfiyatim yaxshi, o’qitish juda kizikarli. O`quvchilar meni hurmat qiladilar, talablarimni bajaradilar. Darsdagi mehnat menga yokadi, men o’qituvchiman.
b) Pantamimika-bu gavda, ko’l va oyoklarning harakatidir. U asosiy fikrni ajratib ko’rsatishga imkon beradi. YAkkol kiyofalarni gavdalantiradi. O’qituvchi darsda O`quvchilar oldida to’g’ri turish holatini mashk kilish kerak (oyoklar oralig’i 12-15 sm, o’ng oyok biroz oldinda), barcha harakatlar o’zini oddiyligi va nafisligi bilan O`quvchilar e’tiborini tortishi zarur. Gavda tutish estetikasi: oldinga-orkaga tebranish, og’irlikni bir oyokdan ikkinchi oyokka o’tkazib turish, tsul suyanchig’iga tayanib turish, boshni kashlash, ko’lda biror buyumni aylantirib turish, burunni artish, kulok kashlash kabi zararli odatlarga yo`l ko’ymaydi. O’qituvchi gavdasining harakati chegarali va bosik bo’lishi, ortikcha silkinish va keskin harakatlardan holi bo’lishi zarur.
v) Mimika-yuz muskullari orkali o’z sezgisi, fikri, kayfiyatini ifodalashdir. O’qituvchining yuz ifodasi va karashi ba’zan O`quvchilarga so’zdan ham kattikrok ta’sir ko’rsatadi. Jets va mimika axborotning hissiy ahamiyatini oshiradi, uni puxtarok o’zlashtirilishini ta’minlaydi. O`quvchilar o’qituvchi kayfiyati va munosabatini uning yuzidan «ukib» turadilar. SHuning uchun ham o’qituvchining yuzi, uning sezgilarini ifodalash bilan birga, ularni yashirib turishi ham muhimdir. Oila tashvishlari, tashkaridagi kelishmovchiliklarni dars paytida o’qituvchi o’zining yuz ifodasida bildirmasligi kerak. Piyoda yurish, dam olish, kitob o’qish bilan ruhiy zo’rikishlarni bartaraf kilinadi. YUz ifodasi va harakatlar fakat dars maqsadiga, O`quv-tarbiyaviy ishni yaxshilashga yo’naltirilishi zarur. YUz ifodasida ko’zlar muhim o’rin tutadi. «Jozibasiz ko’zlar ma’nosiz kalbni aks ettiradi» (K.S.Stanislavskiy).
O’qituvchi yuz muskullarini va ko’zlarini tez-tez harakatlantirishdan, shu bilan birga ularni birday kotib kolishidan ehtiyot bo’lishi kerak. O’qituvchi nigohi O`quvchilarga karatilgan bo’lishi, bevosita ko’rish kontaktini vujudga keltirishi zarur. Devor, deraza va shipga karab turishdan saklanishi zarur. Baocha O`quvchilarni dikkat markazida ushlab turishga intilishi zarur.
O`qituvchining o`z ruхiy hоlatini bоshqara оlish tехnikasi. Ish va tashki tехnika. Psiхоtехnikaning ilmiy asоslari.
Dikkatning taksimlanishi, ko`zatuvchanlik, muayyan оb’еktni tеz anglay оlish, anik va yorkin tasavvur etish, badiiy sеzgirlik. O`qituvchining tashki kiyofasi va unga qo’yiladigan talablar
Pedagogik kobiliyatlar va kizikishlar. Ta’lim – tarbiya ishining muvaffakiyati ko’p jihatdan o’qituvchining pedagogik kobiliyatiga va kizikishiga bog’likdir. F. N. Gonobolinning ta’kidlashicha, O`quvchining ba’zi psixik protsesslari va xususiyatlari unda o’qituvchi shaxsiga xos sifatlarining shuday kompleksini tashkil qiladiki, buni pedagogik kobiliyati va tasha mumkin. Pedagogik kobiliyat o’qituvchi shaxsiga xos bo’lgan bir kancha sifatlarni – uning akl – zakovati, irodasi, hissiyotlari, xarakteriga xos va boshka xususiyatlardan tarkib topadi. Bu xususiyatlar tufayli kobiliyatli o’qituvchi muvaffakiyatli ishlaydi va oz mehnat sarflab, katta natijaga erishadi. Ta’lim – tarbiya kishiga bo’lgan kobiliyat tug’ma kobiliyat emas, odam tabiatdan shu kobiliyat kurtaklarini oladi. Kobiliyat shaxsining ongli faoliyatida rivojlanadi. Pedagogik faoliyatini endigina boshlagan yosh o’qituvchi ham yaxshi natijalarga erisha olmasligi mumkin. Buning sababi unda pedagogik kobiliyatning yo’kligi emas, balki pedagogik ko’nikmasi va malakasining yetarli bo’lmasligidir. Agar o’qituvchi havas bilan akl yuritib astoydil ishlasa, bunday ko’nikma va malaka albatta paydo bo’ladi. O’qituvchi O`quvchining ichki dunyosini tushinishi, yaxshi psixolog bo’lishi, O`quvchini kiziktira olishi, O`quv materiallarini tushuntira bilishi, O`quvchini bilimlarini to’g’ri baholay olishi, bolalarga ijobiy - tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish, O`quvchilar jamoasining mehnatini tashkil etib, ularga rahbarlik qila bilishi, pedagoglarga xos odobga ega bo’lishi, har bir O`quvchi bilan alohida – alohida muomalada bo’la olishi kerak. SHundagina u kobiliyatli o’qituvchi hisoblanadi.
O’qituvchida bu kobiliyatlar bilan birga mehnatsevarlik xususiyati ham bo’lishi shart. Ishchanlik ya’ni ko’p va samarali mehnat kilishi, har bir darsga, har bir suhbatga, sinfdan va maktabdan tashkari o’tkaziladigan har bir tadbirlarga puxta tayyorlanishi o’qituvchilik faoliyatining mutlako zarur shartidir. O’qituvchi o’z mehnatini ijodiy mehnatga aylantirganda, pedagogik ishining amaliy tomonlarini, nazariyasini astoydil o’rganib maliy tomonlarini, nazariyasini astoydil o’rganib ish tutganida, boshkalarning tajribasidan foydalanib, o’zi ham ijod kilib, tashabbus ko’rsatib biron bir ish kilganida o’zining chinakkam ishchanlik kobiliyatini ko’rsatgan bo’ladi.
Pedagogik kobiliyatni rivojlantirishda o’qituvchilik kasbiga kizikish, havas katta rol o’ynaydi. Aslini olganda, odamdagi bu kimmatli sifatlar bir-biriga uzviy bog’likdir. Kizikish bilan bajariladigan faoliyat, u kanchalik murakkab bo’lmasin, hatto, muvaffakiyatsizliklarga uchramasin, kishiga katta ichki konikish, mamnuniyatlik baxsh etadi. O’qituvchining bilimi kanchalik keng va chuqur bo’lsa, unda O`quvchilarga shu bilimni berish ishtiyoki shunchalik zo’r bo’ladi. Bunday o’qituvchi eng yaxshi pedagog hisoblanadi, ularning ko’pchiligi o’z fanining ustalari, metodistlari bo’lib koladi.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish