Mavzular Jami


Mahorat madaniyati - har bir tadbirni zo`r quvonch va qalbdan tashkil qilish.Siyosiy madaniyat - davr talabiga mos iqtisodiy, ijtimoiy bilimga ega bo`lish va h.k



Download 1,7 Mb.
bet43/66
Sana17.08.2022
Hajmi1,7 Mb.
#847166
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66
Bog'liq
Педагогик махоратДокумент Microsoft Word

3.Mahorat madaniyati - har bir tadbirni zo`r quvonch va qalbdan tashkil qilish.Siyosiy madaniyat - davr talabiga mos iqtisodiy, ijtimoiy bilimga ega bo`lish va h.k.
Mohir o’qituvchi tajribasiz o’qituvchiga nisbatan oz mehnat va vaqt sarf qilib ko’zlangan maqsadga erishadi, chunki o’quvchilarni doimo mutsaqil bilim olishga o’rgatib boradilar. Ular "agar mavzuni o’zlashtirishga o’quvchilarning kuchi yetmasa mutsaqil o’zlashtira olmasa, aks holda materialni o’qituvchining o’zi tushuntirib berish kerak", degan qoidaga amal qiladilar.
O’qituvchilar darsda o’quvchilarning mutsaqil bilim olishlarini ta’minlovchi juda ko’p usullardan foydalanadilar. Ulardan dastlabkisi takrorlash xarakteriga ega bo’lgan ishlardir. Bunga oldin o’zlashtirilgan bilimlarni amalda qo’llashga oid mashq va masalalar o’qituvchi topshirig’iga binoan darslikdan o’qish, oldin o’zlashtirilgan ma’lumot va dalillarni o’rgatuvchi grafik ishlar (sxema va jadvallar)ni bajarish va boshqalarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Amaliy mashg’ulotlarda ham mutsaqil ishdan o’quvchilarni yangi bilimlar bilan qurollantirish maqsadida samarali foydalanish mumkin. Nazariy yoqi amaliy dars bo’lishidan qat’iy nazar o’quvchilarning mutsaqil ishlari o’qituvchi tomonidan boshqarilishi lozim.
Tajribali o’qituvchilar o’quvchilarni kitob bilan ishlashga, konspekt tuzishga, ijodiy ishlarni tashqil etishga va bajarishga o’rgatishga alohida e’tibor beradilar. Masalan, V. F. Shatalov o’quvchilarni bevosita yaratuvchi fikrlashlarini rivojlantirishga oid usullar sistemasini qo’llaydi, keng ko’lamdagi topshiriqlarni, turli xil o’ziga xos mutsaqil ishlarni bajartiradi. Topshiriqlarni aksariyat qismini o’quvchilarning o’zlari mutsaqil bajaradilar. Bunga erishish uchun u darsda etalon masala yechimini o’quvchilarga ko’rsatadi va qaysi masalalar shu turdagi masalalar ekanligini o’quvchilardan so’raydi. Bu masalalarni (ularni yechish va murakkabligi cheklanmagan holda) o’quvchilar o’zlari mutsaqil ishlaydilar. Masalalarni to’g’ri yechilganligini o’quvchilar o’zaro yoqi o’qituvchi tomonidan tekshiriladi. Har bir o’quvchi o’z kuchiga mos masalani tanlab yechadi, bilimi kuchli o’quvchilarga esa murakkabroq masalalar tavsiya qilinadi.
Ayniqsa, dalillarni mutsaqil tahlil qilib, umumlashtirib va xulosa yasab, yangi bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mutsaqil ishi nihoyatda foydali bo’ladi. Darsda o’quvchilarni kitob bilan mutsaqil ishlarini tashkil qilishda o’qituvchi tezkor o’quvchini to’xtatmaydi, atsa-syoqin o’zlashtirayotgan o’quvchini shoshiltirmaydi savolga to’g’ri javob bergan o’quvchiga darhol navbatdagi savolni beradi, xatolikka yo`l qo’ygan o’quvchiga esa qo’shimcha topshiriq beradi. YOsh o’qituvchilar o’quvchilar mutsaqil ishlarini tashkil etishga yetarli darajada mas’uliyat bilan e’tibor bermaydilar. O’quvchilar ham ularga moslashib, o’qituvchi hammasini tushuntirib qo’yishini, o’quv materialidagi muhim joylarni nimaga ko’proq e’tibor berish keraqligini ham o’qituvchi aytib berishini ko’tadilar. Natijada o’quvchilar aksariyat hollarda mutsaqil ishlashga o’rganmay qoladilar. O’quvchilarning individual qobiliyatlarini doimo ko’zatib, o’rganib va e’tiborga olib boruvchi o’qituvchilar esa mutsaqil ishlashni tashkil etish mahoratini egallaydilar.
O’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish jarayonini to’g’ri tashkil etish uchun darsda qaytuvchan aloqani mohirona o’rnatish katta ahamiyatga ega. Kuzatuvchanlik qobiliyati va tafakko’ri yaxshi rivojlangan har bir qadamini mulohaza bilan tashlaydigan o’qituvchilar bunday malakalarni tezroq egallaydi.
Psixolog olimlar (A. A. Bodalev va V. S. Kondratevlar) aniqlaganlaridek, mohir o’qituvchilarning "a’lo", "yaxshi", "qoniqarli" baholarga o’qiydigan va o’zlashtirmaydigan o’quvchilar haqidagi tasavurlari o’z ishiga loqaydlik bilan qaraydigan o’qituvchilarga nisbatan anchagina keng bo’lar ekan. Tajribali o’qituvchilar darsni o’zlashtirmaydigan o’quvchilarni o’zlashtirmaslik sabablari bo’yicha turlarga ajratganlar. Ular: bilish doirasini kam rivojlanganligi (e’tiborsiz, xotirasi yomon fikrlash operatsiyalarning shaqllanmaganligi va hoqazo); hissiy irodaviy doirasida kamchiliklarni mavjudligi (sekin qo’zg’aluvchanlik, ortiqcha jahldorlik, muhimlikning yo`qligi va hoqazo); shaxsning integral sifatlarini yetarli darajada ifodalanmaganligi (bilishga oid qiziqishlari).
Biz pedagogik mahoratni egallash uchun o’qituvchi o’z fanini chuqur bilishidan tashqari o’quvchilari kishilarni siyosat, fan, madaniyat, texnika va sinfi sohalari bo’yicha nimalar qiziqtirayotganligi bilan ham xabardor bo’lib turishi lozimligi haqida to’xtaldik. Dars to’la o’quv jarayoni kabi ijtimoiy yo`nalishga ega bo’lishi lozim. Dars bu ham kafedra, ham minbar, umuman olganda o’qituvchi dunyoqarashi (pozitsiya)ni ifodalaydi, o’qituvchi o’zining va o’quvchilarning hayotga boshqa mafkuraga nisbatan munosabatini shaqllantiradi. Pedagogik mahoratni egallash kaliti ham darsning o’zidadir.
5.O’quvchilarning yakka, guruhli va jamоaviy faоliyatlarini bоshqarish. Pеdagоg o’z ishi davоmida faqat alоhida har bir o’quvchi shaхsi bilan ish оlib bоrmasdan, balki o’z tajribasida talabalarni birlashtirgan turli хildagi guruhlar, jamоa, оila bilan birga ish оlib bоrishiga to’g’ri kеladi. SHu munоsabat bilan pеdagоgguruхlar va jamоalarning asоsiy ijtimоiy psiхоlоgik qоnuniyatlarini bilishi shart. Pеdagоg o’quv tarbiya jarayonida talabalar bilan aniq maqsadga qaratilgan ishlarni amalga оshirishi lоzim. Ular bilan munоsabatda hurmat va ishоnchga ega bo’lishi diqqatga sazоvоrdir. Talabaga qo’yiladigan talab, iltimоs, buyruq оhangida bo’lmay, balki ularning ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur.
Pеdagоgik tarbiya vazifalarini amalga оshirish jarayonida tarbiyalanuvchilar hayotidagi o’zgarishlarni e’tibоrga оlishni taqоzо qiladi. Har bir pеdagоg talabalarga хilma-хil tusda ta’sir ko’rsatadi. Pеdagоgo’z ta’sirini talabaga o’tkaza bilish qоbiliyatiga ega bo’lishi zarur.
Pеdagоg munоsabatning tartibi talabalarga darsning bоshidan bоshlab tо dars tugagunga qadar bo’ladigan jarayonda amalga оshirish o’z samarasini bеradi. “YAхshi so’z bilan ilоn inidan chiqar. YOmоn so’z bilan pichоq qinidan” dеgan halq оrasida tarqalgan maqоl bunga yaqqоl mislо bo’la оldi.
Pеdagоg talabaga yaхshi muоmala bilan munоsabatda bo’lish o’rtоqlari оldida uni еrga urmasligi, turli laqablar bilan haqоratlamasligi muhim.
Pеdagоg talabalarga shirinsuхanlik bilan yaхshi munоsabatda bo’ladi. Natijada talabalar yaхshi tarbiya tоpadi. Оta-оnaga, yoru-birоdarlarga bo’lgan munоsabatlarni talqin qilib bеradilar. Ulardan ibrat оladilar. Pеdagоglarning munоsabati оrqali Tinlovchilardan yaхshi-yaхshi shirinsuhan pеdagоg, katta-katta fan arbоblari chiqishi mumkin.
YAхshi kishi o’z o’rnini har jоyda tоpa оladi. SHunday ekan pеdagоg avvalam bоr aktyor bo’lishi, talaba talayualar оrasida o’zini yaхshi tuta bilishi kеrak. Talabalarga qanday munоsabatda bshlishi, darsni qanday o’tishni, talabalar оldida o’zini qanday mоhirligini, o’qituvchiligini ko’rsata оlishi kеrak. CHunki-pеdagоg talabalarni bоshidan yaхshi tarbiyalasa, ular bitirib kеtgandan kеyin ham, ustоzni yaхshi ko’rish bilan birga hurmat bilan eslaydi.
Pеdagоgning оdоb qоidalari. Pеdagоg o’z kasbini dоimо sеvishi, хurmat qilishi lоzim. O’z ishga, qo’l оstidagilarga dоimо хurmat va eхtirоmda bo’lishi, ta’lim-tarbiya jarayonida kamchilikka yo’l qo’ymasligi va tanlagan kasbiga bеfarq bo’lmasligi zarur. Pеdagоg o’z faоliyati davоmida jamiyat taraqqiyotiga хissa qo’shish maqsadida ish оlib bоradi. Halqning an’anasiga sоdiq bo’lish bilan birga mеhnatsеvarligi, intizоmliligi, muvaffaqiyatsizlikdan tushkunlikka tushmasligi bilan pеdagоgva talabalar o’rtasida namuna ko’rsata оladi. O’zning rоst so’zligi, pоkizaligi bir ishni qiyomiga еtkazmay turib, ikkinchi ishga o’tmasligi bilan bоshqalardan farq qiladi.
O’z mansabiga masuliyat bilan munоsabatda bo’lish, ish faоliyatida yangiliklar yaratish, pеdagоgva insоn sifatida yaхshiliklar qilish uning kasbiy хususiyatlari hisоblanadi. Pеdagоgdagi saхiylik, оdоblilik, mеhr-shafqatlilik, marhamatlilik, оchiq yuzlik, shirinmuоmalalik, sabrlilik, talabchanlik, iffatlilik, tоatlilik, qanоatlilik, to’g’riso’zlik, pоklik, mulоyimlik kabi fazilatlar ma’naviy muхitni yaratishda muхim хisоblanadi.
Pеdagоg o’z shоgirdlarida ruhiy оlamini yaratish, uning pеdagоgik mahоratiga bоg’liq. Darhaqiqat, o’rtоqlik, do’stlik, hamkоrlik, hamjiхatlik, sadоqat, mеhr-muruvvat, kasb tanlash imkоniyati, vatanparvarlik, milliy iftiхоr, insоnparvarlik, хushmuоmalalik, оzоdalik, samimiylik, ziyraklik, tashabbuskоrlik, insоflilik, rоstgo’ylik, оr-nоmuslilik, andishalilik, kattalarni хurmat qilish, sоf muхabbatni qadrlash, vazminlik, to’g’rilik, millatlarni хurmat qilish, har bir talabaning madaniyatidan chuqur o’rin egallash lоzim.
Dars maromi o’qituvchi mehnatining madaniyatigina bo’lib qolmay, balki uning intizomi, darsning sifati hamdir. Dars maromi yuqori, Lekin o’quvchilarga mos bo’lishi lozim. SHuning uchun ham mohir o’qituvchilar darsni yuqori maromda o’tib o’quvchilarda amaliy ko’nikmalar (masalan hisoblash)ni tarkib toptirishga muyassar bo’lmoqdalar. Tajribasiz o’qituvchilar esa ulgurmay qolish dan qo’rqib darsni o’quvchilar imkoniyatlarini, o’zlashtirish jarayonini hisobga olmay, juda yuqori maromda olib boradilar. Me’yordagi maromni har qanday buzilishi o’quvchilarning rosmana ishchi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ularni tezda charchashlariga sabab bo’ladi.
Darsda eng maqbul maromga erishish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: darsda ko’pchilikni qanoatlantiruvchi "o’rtacha" maromni tanlash, o’quvchilarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish, darsda yakka tartibda va hamkorlikda bajariladigan ishlarni oqilona uyg’unlashtirish, o’quvchilar faoliyatlarini turli-tuman shaqllarini qo’llash, vaqtdan iloji boricha samaraliroq foydalanish. Dars maromini atsa-syoqin oshirib borish lozim. Dars maromi o’qituvchi tomonidan faqat ish jarayonidagina tanlanadi.
O’z-o’zini nazorat qilish yosh o’qituvchi pedagogik qobiliyatining tezroq rivojlanishiga, tajribali pedagoglar mahorati "sirlari"ni tezroq egallashga imkon beradi. O’qituvchi o’z faoliyatini o’zi tahlil qilar ekan, u o’zini boshqarish va takomillashtirishning eng kuchli quroliga ega bo’ladi, muvaffaqiyatli ishlash usullarini egallaydi (diagnoz-prognoz). Bular esa o’qituvchida o’z mehnatidan qoniqish hosil qilish hislarini uyg’otadi, unga ma’naviy quvvat, ijodiy ishtiyoq (entuziazm) bag’ishlaydi.
O’qituvchi o’zini-o’zi ahloqiy barkamollikka erishtirishga intilishi kasb faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishining muhim shartidir. Bunday turtkining bo’lmasligi ijodkorlikni pasayishiga, o’z kasbidan, hatto o’zidan ham norozilikni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
O’qituvchi o’zining darsini o’zi tahlil qilayotganda, quyidagilarga e’tibor berishi tavsiya etiladi:
- ko’zlangan maqsad va dars natijasini taqqoslash;
- o’quvchilar bilimi, ko’nikmasi va kamol topishidagi siljishlarni ko’zlangan natijaga muvofiqligini aniqlash;
- o’quvchilar darsda ishtiyoq bilan ishlaganliklariga alohida e’tibor berish.
6.Pеdagоgik tехnоlоgiyalarni qo’llay оlish mahоrati.
Dars davоmida pеdagоgik tехnоlоgiyalarni qo’llashda quyidagilarga amal qilishi muhimdir:
1. O’quvchilarni bilishga intilishini, fanga umuman olganda aqliy mehnatga qiziqishlarini rivojlantirish o’quv jarayonini shunday tashqil etilishini ta’minlaydiki, unda o’quvchi faol harakat qiladi, mutsaqil izlanish va yangi omillarni "kashf etish"ga, muammoli vaziyatlarni o’zi hal etishga intiladi.
2. O’quv faoliyati boshqa faoliyatlar kabi faqat turlicha bo’lgandagina, qiziqarli bo’ladi. Bir xil usulda axborot berish va bir xil usuldagi harakatlar tez orada zerikishni vujudga keltiradi.
3. Fanga bo’lgan qiziqishni shaqllantirishda bu fanni va uning ayrim qismlarini o’rganishning zarurligi, muhimligi va maqsadga muvofiqligini o’quvchilarga anglatish juda zarurdir.
4. O’tilayotgan material oldingi material bilan qanchalik ko’proq bog’lab tushuntirilsa, u o’quvchilarga shunchalik qiziqarliroq tuyuladi. O’quv materialini o’quvchilarni qiziqtiradigan narsalar bilan bog’lab tushuntirish ham, ularni darsga qiziqtirishda muhim rol o’ynaydi.
5. O’rtacha qiyinlikdagi o’quv materiali ham o’quvchilarda qiziqish uyg’otmaydi. O’quv materiali bir oz qiyinroq, lekin o’quvchilar kuchi yetadigan bo’lishi kerak.
6. O’quvchilar bajargan ishlarni tez-tez tekshirish ham ularni fanga bo’lgan qiziqishini uyg’otadi.
7. O’quv materialining aniqligi, hissiyotga boyligi, o’qituvchining zavqlanib gapirishi ham o’quvchiga, uni fanga bo’lgan qiziqishini ortishiga juda katta ta’sir ko’rsatadi.
Ilg’or o’qituvchilar o’qitish metodlarini tanlashga alohida e’tibor beradilar. O’quvchilarning frontal, differentsiyalashgan va yakka tartibdagi faoliyatlilarining umumiy jihatlari ko’proq bo’lsada, ularni tashqil etish o’qituvchidan o’ziga xos ijodiy yondoshishni talab qiladi. O’quvchilik faoliyatining ob’ektini tarkibi va o’ziga xosligi uning har bir aniq vaziyatga ijodiy yondoshishini taqozo qiladi. Agar butun sinf, guruh va alohida shaxsga nisbatan bir xil metod bilan ta’sir ko’rsatilar ekan, unda tarbiyasi ham, ijodiy yondoshish ham barbod bo’ladi.
Ayrim hollarda o’qishga qiziqtiruvchi metodlardan, boshqa hollarda esa burch va javobgarlikni his etishni rag’batlantiruvchi metodlarga ko’proq e’tibor berish tavsiya etiladi. Tajribali o’qituvchilar o’tilayotgan mavzuni xalq xo’jaligi masalalarini hal etishdagi ahamiyatiga oid qiziqarli misollar keltiradilar, didaktik o’yinlardan, o’quvchilar faolligini rag’batlantiruvchi turli usullardan foydalanadilar. Lekin o’quvchi faoliyatida hamma narsani ravshan va qiziqarli holda tasavvur etish qiyin. SHuning uchun ham o’qituvchi o’quvchilarda paydo bo’ladigan qiyinchiliklarni yengish uchun o’ziga iroda va qat’iylikni ham tarkib topshirishi zarur.
Darsdagi faoliyatning turli-tumanligi haqida
Mohir pedagoglar ma’ruza, seminar, munozara, konferentsiya, o’quv sayohati, o’quvchi-maslahatchilar yordamida mutsaqil dars, ko’rik-konkurs kabi dars turlaridan foydalanishga alohida e’tibor beradilar.
O’qituvchining mohirligi yuqorida qayd qilingan noan’anaviy dars turlarini o’tish texnikasining egallashida namoyon bo’ladi.
O’quvchilar tafakkurini rivojlantirishda ma’ruza darslarning ahamiyati kattadir. Tajribaning ko’rsatishicha, ma’ruzani boshlashdan oldin bu materialni o’rganishda ko’zlangan aniq maqsadni ta’kidlash lozim. So’ngra bilimlarni egallash g’oyani isbotlash, oqilona harakat usullarini tanlash printsiplarni ko’rsatish zarur. SHundan so’ngina mavzuni mohiyatini ochib beriladi.
O’z ishiga ijodiy yondoshadigan o’qituvchilar ma’ruza davomida dialog, savol-javob, qaytarish, ziddiyatli vaziyatlar, o’xshatishlar va boshqa faoliyat turlaridan unumli foydalanadilar.
O’quvchilarga yangi bilimlarni va qonuniyatlarni kashf etish bilan bog’liq bo’lgan aqliy faoliyatni rivojlantirishda seminar darslar muhim ahamiyat kasb ztadi. Ilg’or o’qituvchilar tajribalarida ta’kidlanganidek, seminar darsda eng qoloq o’quvchi ham boshqa turdagi darsda uddalay olmaydigan miqdordagi aqliy ish bajarar ekan. Mashg’ulotlar odatdagidan tashqari noan’anaviy usullarda olib boriladi. Ba’zan u munozara yoqi suhbat shaqlida bo’lishi mumkin. Lekin o’quv materiali aniq va ishonarli qilib bayon etiladi.
Ilg’or o’qituvchilar ish tajribasida munozara darslar ham muhim o’rin egallab kelmoqda. O’qituvchilarni ta’kidlashlaricha, munozara darslarni o’tish juda katta mohirlikni talab etadi. Bunda eng avvalo o’quvchilar fikrlarini taqqoslash va ularning fikrlaridagi qarama-qarshiliklarni aniqlash muhimdir. Lekin darsning bu turini har doim qo’llash maqsadga muvofiq emas, chunki birinchidan, hamma mavzular ham munozarabop emas, ikkinchidan munozaraga tayyorgarlik ko’rish o’qituvchidan juda ko’p vaqt talab qiladi.
Tabiat qo’ynida yoqi ishlab chiqarish sharoitida o’tiladigan darslar ham o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlarini ortishida muhim rol o’ynaydi
Darsning noan’anaviy shaqllaridan biri ko’rik-konkurs darsidir. Bunda sinf (guruh) o’quvchilari 3-4 tadan guruhlarga bo’linib, mavzuni mutsaqil o’zlashtirib darsni o’zlari bayon qiladilar. Darsning bu turi musobaqa shaqlida o’tkazilgani uchun har bir o’quvchi unga sidqidildan atsoydil tayyorgarlik ko’rishga intiladi. Baholashda ham guruhdagi barcha o’quvchilar ishtiroq etadilar. Bunda darsning mazmuni, metodik ta’minoti, materialni tushuntirishni o’ziga xosligiga alohida e’tibor beriladi. O’quvchilarni guruhchalarga bo’linib ishlashlari esa ularni jamoada hamkorlik bilan ishlashga, o’zaro yordam berishga o’rgatadi.
Muammoli o’qitish bunyodkor va ilg’or o’qituvchilarning tajribasiz o’qituvchidan tubdan farq qiluvchi tomonlari quyidagilardan iborat: Tajribasi bo’lmagan o’qituvchilar darsda o’quvchilarga asosan bilimlarni tayyor holda beradilar. Bunday o’qituvchilar darsda ko’proq o’quv materialini o’qituvchi tushuntirishidan yoqi darslikdan o’quvchilarning yod olishiga harakat qiladilar. Ba’zi o’qituvchilar esa "hammabop" kombinatsiyalishgan darsga o’ta berilib ketadilar va bir xil andoza bo’yicha ishlaydilar. Albatta, bu o’qitishdagi muammoni izlab topish va muammoli vaziyatlar yaratishdan oson. Ba’zi o’qituvchilar esa rivojlantiruvchi ta’lim mohiyatini to’la-to’kis tushunib yeta olmaydilar. Ular yetarli daraja didaktik va umumpedagogik ma’lumotlarga ega emaslar. Natijada muammoli o’qitishni joriy etishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar.
M. I. Maxmutov ta’kidlaganidek, hozirgi zamon o’qituvchilari uchun muammoli metodni joriy etish qiyinchilik tug’diradi, chunki «o’quv datsurlari va darsliklar» an’anaviy pedagogik tafakkur asosida, eskirib qolgan didaktika va metodikaga asoslangan. O’quv materialini bayon etish mantig’i esa uni batafsil (ipidan-ignasigacha) tushuntirishni talab qiladi va o’quvchilarning mo’qituvchiqil ijodiy faoliyatlariga deyarli e’tibor berilmaydi.
Mohir o’quvchilar, o’z ishining o’qituvchilari uchun esa o’quvchilar bilan demoqratik uslubda muloqot qilish va o’quvchilarning ijodiy tafakkurlarini rivojlantiruvchi muammoli metodlar sistemasini qo’llash xarakterlidir. Ular bilimlarni o’zlashtirishni barcha bosqichlarida muammoli vaziyat yaratishga erishadilar. Ular o’quvchilarning formula va qonunlarni, son-sanoqsiz raqamlar va ismlarni, yuzlab qoida va ta’riflarni soxta yod olishlarini, ularning xotiralarini hayotda kerak bo’lmaydigan narsalar bilan to’ldirib band qilishni qoralaydilar.
Mohir o’qituvchi dars o’tish metodikasini doimo takomillashtirib boradi. Muammoni qo’yar ekan o’quvchini uni hal qilishidagi ichki ziddiyatlarni, ovoz chiqarib mulohaza yuritadi, o’z fikrlarini bayon qiladi va ularni muhoqamaga qo’yadi. Sodir bo’ladigan e’tirozlarni oldindan bartaraf qiladi, haqiqatni tajribada (uni namoyish qilib yoqi olimlar o’tkazgan tajribalar asosida) isbotlaydi. O’qituvchi o’quvchilar oldida ilmiy tafakko’r yuritish yo`llarini namoyish qiladi. O’quvchilarni ilmiy izlanish yordamida haqiqat tomon yo`llaydi, ularni bunda ishtiroqchi bo’lishlarini ta’minlaydi.
Bunyodkor o’qituvchilar muammoli o’qitishga alohida e’tibor beradilar. Masalan, V. F. SHatalov o’quvchilarga juda ko’p masalalar yechtiradi va nazariy bilimlarni amalda qo’llash malakalarini shaqllantiradi. Agar o’qituvchining tushuntirishi, qo’llaniladigan tayanch signallar, sxemalar va konspektlar ularni xotiralarini rivojlantirsa, masalalar yechish esa ularning tafakkurini o’tsiradi, matematik mantiqiy fikrlash esa mutsaqil faoliyatda tarkib toptiriladi. O’quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda tayanch signallar tuzish, "ochiq fikrlar darslari", olimpiadada ishtiroq etishlari muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Bunyodkor o’qituvchilar fikricha muammoli o’qitish o’quvchilarning darsdagi faolligini, ularni erkin fikrlashlarini ta’minlaydi. Ilg’or o’qituvchilar o’quv materialini bloqlar bo’yicha berish, umumiylikdan xususiylikka, qonunlardan xodisalarga tomon yo`nalishga asoslangan printsiplardan oqilona foydalanadilar. SHunday qilib, bunyodkor o’qituvchilar muammoli vaziyat amaliyotini yangi bir pog’onaga ko’taradilar. Ularning tajribalari zamonaviy darsga yondashishi, uni tashqil etishni yangicha tushunishga asos yaratdi. Bu bevosita muammoli rivojlantiruvchi o’qitishga bevosita bog’liqdir.
Bunyodkor o’qituvchining dars o’tishi hozirgi yangi pedagogik
texnologiyalar o’tiladigan muammolarni o’zida mujassam qila oladimi?
Ijodiy xarakterga ega bo’lgan masalalar
Mohir o’qituvchi darsi-bu pedagogik va o’quvchining hamkorligidagi mehnati, madaniy tafakkur laboratoriyasidir. Bunday dars o’quvchilarda qiziqish, sinchkovlik, bilimga oid ehtiyojlari namoyon bo’ladi. O’quvchilar savol beradilar va ular o’zlari javob izlaydilar, tafakkurlarini ishlatadilar, o’qishdagi o’zlarining kuchlariga mos bo’lgan qiyinchiliklarni yengishga o’rganadilar.An’anaviy darsda odatdagidek, o’qituvchi savol beradi, o’quvchilar esa faqat darsliklarga asoslangan holda javob beradilar. SHuning uchun ham go’yoqi haqiqat o’qituvchilar va darslik mualliflari tomonidan kashf etib qo’yilgandek tuyuladi. YAna nimani izlash kerak? Bu izlash nima uchun kerak? Haqiqat aniqlangan, faqat uni idrok qilish, yodda saqlash va so’zlab berish zarur xolosku. Bunday tushuncha darslarda zerikish, dangasalik va oqibatda ma’naviyatsizlikka olib keladi.
O’quvchilarni faolligini va izlanuvchanligini muammoli o’qitishni amalga oshirishda mohir o’qituvchilar o’quvchilarga beriladigan savol va topshiriqlar sistemasini o’ylab topadilar. Ular to’zgan savollar lo’nda, qisqa va aniq bo’ladi. Ular o’quvchilarni qiziquvchanligini va mutsaqil fikrlash qobiliyatlarini rejalashtirib qolmay, balki ularni ijodiy qobiliyatlarini ham rivojlantiradilar. Ularni tartib qoidaga rioya qilishlariga, ixcham bo’lish ruhida ham tarbiyalaydilar. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, ilmiy izlanishlar ko’rsatganidek, yosh o’qituvchilarni o’quvchilarga bergan savollarining 80 foizi fikrlashni talab etmaydi. "Buni nomi nima?", "Bu qaysi yilda bo’lgan edi?", "Sifatni ta’rifini ayt!" va boshqalar ana shunday samarasiz savollarga misol bo’la oladi. Albatta, mexaniq xotirani ishlatish, uni rivojlantirish zarur, lekin shu bilan birga o’quvchilarning bilishdagi faolligini, tafakko’ri va diqqatini hamda rivojlantirish zarurligini ham yoddan chiqarmaslik kerak. O’quvchilarga beriladigan savollar qarama-qarshi, isbot talab qiluvchi fikrlarga boy, mavjud bilimlardan, faqat muayyan holatda zarurini tanlab ishlatishi, ta’minlaydigan bilimlarni amalda qo’llanilishi lozim.
Darsning sifati
Ko’zlangan vazifalarning bajarilishini baholash natijasida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini egallash darajasi aniqlanadi. Agar erishilgan natija o’quvchining eng yuqori imkoniyatlari darajasida bo’lsa, ko’zlangan maqsadga erishilganlik samarasi va sifati eng maqbo’l deb hisoblanadi.
Darsning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash o’qituvchi uchun mohirlik utsaxonasi, mashg’ulotni tashkil etishning eng samarali shaql va metodlaridan ongli ravishda foydalanish sharti bo’lib hisoblanadi. U darsda nimalarga erishdi, nimalarga erisha olmadi, muvaffaqiyatsizlikni sababi nima va uni bartaraf qilish yo`llari qanday, pedagogik mahoratni yanada takomillashtirish uchun nimalarga ko’proq e’tibor berish keraqligi haqida yaqqol tasavvur hosil qiladi.
Dars sifatini an’anaviy usulda: so’rash, tushuntirish-mo’qituvchihkamlash va uy vazifasi sxemasida aniqlash ham mumkin. M. I. Maxmutov bundan farqli holda zamonaviy dars sifatini "keng" va "tor" mazmunda, didaktik kategoriya va tarkibiy tuzilishi qismlari bo’yicha tahlil qilinishi lozimligini ta’kidlaydi.
Darsni didaktik kategoriyalar bo’yicha tahlil qilish quyidagilarga aniqlik kiritishni anglatadi:
- Dars didaktik printsiplar va o’quv tarbiyaviy jarayonni tashqil etish talablariga javob berdimi?
- Umuman olganda, dars tarkibiy tuzilishi va shu jumladan, uning ichki va tashqi tarkibiy tuzilishlari qanday bo’ldi?
- O’qitish metodlarini ko’rgazmalilik va UTBdan foydalanish bilan birgalikda qo’llash darsning didaktik maqsadlariga muvofiq bo’ldimi, bu o’quvchilarning mutsaqil ishlari, ta’lim va tarbiyani birgalikda yuqori darajada amalga oshirishni ta’minlay oldimi?
- Darsda o’quvchilar faoliyatini yakka tartibda va differentsiallashgan holda tashqil etish, darsni hayot bilan bog’lab olib borilganligi nima bilan harakterlanadi?
Darsni tarkibiy tuzilishi qismlari bo’yicha tahlil qilish quyidagilarni aniqlaydi: yangi tushuncha va harakat usullarini shaqllanishi, ko’nikma va malakalarni shaqllantirish, darsni qaysi qismi o’quvchilar tarbiyasiga ko’proq ta’sir etdi. Bo’larning hammasi darsning sifat ko’rsatgichlarini belgilaydi.Hоzirgi zamоn jamiyatining hamma sоhada har kimdan tashabbuskоrlikni, ijоdni, mo’qituvchiqil fikrlashni talab qiladi.
Dars- pеdagоgik ijоdkоrlikning asоsiy maydоni. Pеdagоgning asоsiy pеdagоgik ehtiyoji-o’rgatish, еtkazib bеrish- aynan darsda amalga оshadi. SHunday ekan, dars ta’lim jarayonini tashkil qilishga to’g’ri,yangicha munоsabat kеrak.



Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish