Mavzular Jami


O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida o`qituvchi faoliyati mazmuniga qo`yiladigan talablar



Download 1,7 Mb.
bet38/66
Sana17.08.2022
Hajmi1,7 Mb.
#847166
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
Bog'liq
Педагогик махоратДокумент Microsoft Word

1.O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida o`qituvchi faoliyati mazmuniga qo`yiladigan talablar.
O`zbеkistоn Rеspublikasining “Ta’lim to`g’risida”gi kоnuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asоsida o`qituvchi faоliyati mazmuniga qo`yiladigan talablar, o`qituvchining umumiy madaniy saviyasi va qоbiliyati. o`qituvchilik faоliyatining tizimi, kasbiy mahоrati haqida tushuncha. Pеdagоgik mahоratning tarkibiy qismlari va ularning mохiyati.
Jamiyatimizning ma’naviy yangilanishi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iktisodiyotini shakllantirish jahon hamjamiyatiga ko’shilishini ta’minlaydigan, demokratik hukukiy davlat kurish, kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustivor mezon sifatida muhim rol o’ynaydi. SHuning uchun ham O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov – inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfatlarini ro’yobga chikarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulk - atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir - deb juda to’g’ri aytgan edi. CHunki xalkning boy intellektual merosi va umuminsoniy kadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iktisodiyot, fan, texnika va texnologiyaning yangi yutuklari asosida mukammal tayyorgarlikdan o’tgan kadrlarni tayyorlashning yangi tizimini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi tarakkiyotining muhim shartlaridan biri bo’lib koldi.
Mana shu ma’noda bugungi mustaqillik sharoitida kadrlar tayyorlashning milliy modelini ro’yobga chikarish, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim – tarbiyani ongli ravishda idrok eta oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida javobgarlik hissini yuragiga tuya oladigan fukarolarni tarbiyalashni nazarda tutish bilan birga, ta’lim sohasini tubdan isloh kilish, uni o’tmishdan kolgan mafkuraviy karashlar va sarkitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axlokiy talablarga javob beruvchi yukori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish maqsadida 1997 yilda Oliy Majlisning IX sessiyasida «Ta’lim to’g’risida» Konun va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» kabul kilindi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ishlab chikishning asosiy omillaridan biri, respublikamizning demokratik va hukukiy davlat va adolatli fukarolik jamiyat kurish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganligi; davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi karor topganligi; milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vataniga iftixor tuyg’usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga va xalkimizning intellektual merosiga hurmatning ortib borayotganligidir. YAna shu narsani alohida kayd etish joizki, endilikda O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavkei va obro’ - e’tiborining tobora ortayotganligi ham mazkur islohotlarni tezlikda amalga oshirish lozimligi pedagogik zaruriyat bo’lib koldi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan barcha tadbirlar uch boskichda amalga oshirilishi ko’rsatib berilgan..
Bizga ma’lumki, kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosatini insonni intellektual va ma’naviy – axlokiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’lik bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orkali har tomonlama barkamol shaxs-fukaroni shakllantirishni nazarda tutadi. SHu tarzda fukaroning eng asosiy konstitutsiyaviy hukuklaridan biri bilim olish, ijodiy kobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasb bo’yicha mehnat kilish hukuki ro’yobga oshiriladi.
Demak, bu g’oyalar ilmiy - nazariy umumlashmalar, xususan, kadrlar tayyorlashning milliy modeli shaxs; davlat va jamiyat; uzluksiz ta’lim; fan; ishlab chikarish uyg’unlashtirilganda ko’zlangan maqsadga erishish mumkin bo’ladi. Zero, davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal kilishi va rivojlanishining kafolatlari yukori malakali rakobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo’yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg’unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Uzluksiz ta’lim esa kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy – iktisodiy tarakkiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iktisodiy, ijtimoiy, ilmiy texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini kondiruvchi ustuvor sohadir.
CHunonchi, uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yukori malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Fan o’z navbatida yukori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chikaruvchi sifatida yuzaga chikadi.
Ishlab chikarishning kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy - texnika jihatidan ta’minlash jarayonining katnashchisi bo’lib hisoblanadi.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va qo’yiladigan ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:
- maktabgacha ta’lim;
- umumiy ta’lim;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
oliy ta’lim;
oliy O`quv yurtidan keyingi ta’lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash;
maktabdan tashkari ta’lim.
Kadrlar tayyorlashning milliy modelining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, mustaqil ravishdagi to’kkiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limini joriy etishdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limi dasturlariga izchil intilishni ta’minlaydi..
Ma’lumki, hamma kasblarni ham avvalo ustoz-muallim o’rgatadi. Dastlabki sabokni ham o’qituvchi beradi. Dastlabki ona - Vatan so’zlarining ma’nosini, mohiyatini ham o’qituvchi o’rgatadi. SHuning uchun ham barcha kasblar ichida o’qituvchilik- muallimlik kasbi o’ta sharafli va mas’uliyatli hisoblanadi. Mana shu o’rinda tabiiy ravishda savol tug’iladi. Xo’sh, o’qituvchi kim? U kanday sifatlarga ega bo’lmog’i kerak? Xususan, bugungi kun o’qituvchisi kanday malakalar bilan kurollanmog’i darkor? va boshkalar.
O’qituvchi jamiyatning yosh avlod ta’lim – tarbiyasiga ko’yilgan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisidir. SHuning uchun ham respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov «Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshkalarning akl – idrokini o’stirish, ma’rifiy ziyosidan bahramand kilish, hakikiy fukaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo tarbiyachining o’zi aynan shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak» - degan edi. Darhakikat o’qituvchilik kasbida chuqur bilimdonlik, zukkolik o’z kasb mahoratini muntazam takomillashtirib borishga ishtiyok bo’lmas ekan, u yaxshi ustoz - o’qituvchi bo’la olmaydi. Zero, davlatimizning istikboli, Prezidentimiz tomonidan olg’a surilayotgan barcha islohatlarning ijobiy yechimi ana shu ko’p minglik ziyokorlik ishining samarasiga bog’lik. SHuning uchun ham bugungi mustaqillik sharoitida o’qituvchilik kasbiga bo’lgan e’tibor va ehtiyoj har kachongiga nisbatan ortib bormokda. SHuning bilan birga o’qituvchi oldiga qo’yiladigan talablar ham o’zgacha bo’lmokda. CHunki, bugun O’zbekiston mustaqil Davlat sifatida jahonga yuz tutar ekan, bu borada pedagog - o’qituvchilarning o’z o’rni, o’ziga xos mohiyati borligini aslo unutmaslik lozim.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko’tarilgan barcha tadbiru - amallar respublikamizning akliy salohiyatini oshirishga karatilgan ekan. Bu eng avvalo o’qituvchi kasbiga bo’lgan munosabatni tub jihatdan o’zgartirishni, uning ma’naviy - axlokiy va akliy kamolotini oshirish lozimligini takozo etadi.
Demak, bu fikrlarni ilmiy – nazariy tahlil kilish, shunday xulosalarga olib keladi:
Birinchidan - o’qituvchi pedagogik faoliyatga kobiliyati bor, ijodkor, ishbilarmon, bolajon bo’lmog’i
Ikkinchidan – milliy va umuminsoniy kadriyatlarni yaxshi anglaydigan va mukammal egallagan, diniy va dunyoviy bilimlardan ogoh, ma’naviy – axlokiy barkamol inson sifatida obro’ - e’tiborga ega bo’lmog’i;
Uchinchidan – imon –e’tikodi butun, har kanday okimlarga va ko’rinishlarga o’zining kat’iy munosabatini bildira oladigan, eng muhimi O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida maydonga chikishiga ishonadigan va boshkalarni ham ishontira oladigan bo’lishi;
To’rtinchidan - o’qituvchi vatanparvarlik g’oyasi bilan sug’orilgan bo’lmog’i va o’z tarbiyalanuvchilarini ham ana shu yo’lda fidokorlikka undamog’i;
Beshinchidan – pedagoglik kasbiga doir bilimlarni ya’ni psixologik, pedagogik malaka va mahoratni, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallagan bo’lishi;
Oltinchidan – bolalarni sevish, ular ruhiyatini yaxshi bilishi, shuningdek, ularning yoshi va individual xususiyatini hisobga olgan holda ular bilan muomalaga kirisha olishi;
Ettinchidan - o’qituvchi erkin va ijodiy fikrlay olishi, talabchan, adolatli bo’lmog’i;
Sakkizinchidan - o’qituvchi odobli, iboli va hayo sohibi bo’lish bilan birga, o’z tarbiyalanuvchilarini ham ana shunday sifatlar bilan kurollantirishga harakat kilmog’i;
To’kkizinchidan - o’qituvchi o’z so’ziga va qilayotgan ishiga bolalarni ishontira oladigan, obro’ - e’tiborli shaxs bo’lmog’i;
O’ninchidan - o’qituvchi o’tkir suxandon, mantikiy fikrlovchi, O`quvchilarga berilishi lozim bo’lgan ma’lumotni izchil va ketma – ketlik printsipi asosida yetkazishi;
O’n birinchidan - o’qituvchi madaniyatli, estetik didli bo’lishi bilan o’zining tarbiyalanuvchilari uchun ibrat bo’lib kolmog’i kerak.
Agar o’qituvchi ana shunday sifatlarni o’zida mujassam qila olsa kadrlar tayyorlash milliy modelida kayd etilgan o’qituvchi tamoyiliga ko’yilgan talablarga to’lik javob bera oladi deyish mumkin.
O`QITUVCHI FAОLIYATI, UNING O`ZIGA ХОS ХUSUSIYATLARI VA IJTIMОIY AHAMIYATI.
O’qituvchilik kasbini egallash uchun, albatta, tabiiy kobiliyatlar bilan birga, jismoniy ham ruhiy xislatlar ham shakllangan bo’lmog’i darkor. Aks holda o’qituvchilik kasbini tanlagan bunday shaxslardan na jamiyatga, na o’zgalarga hech kanday manfaat bo’lmasligi turgan gap.
Pedagogik faoliyatning mazmuni asosan yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalk oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga tarbiya berish uchun, layoqatli, talab doirasida barcha akliy va axlokiy salohiyatga ega bo’lgan maxsus tayyorgarlikdan o’tgan shaxslarning alohida faoliyatiga aytiladi. Anikrok kilib aytganda o’qituvchilarning mehnat faoliyati komil insonni tarbiyalashga karatilgan murakkab, ziddiyatli va uzok davom etadigan jarayondir.
O’qituvchilik kasbini egallagan har bir inson avvalo o’qituvchi shaxsiga xos xususiyatlarni o’zida mujassam etishi; shuningdek, o’qituvchining ruhiy – pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablarni atroflicha o’zlashtirgan bo’lishi; tanlangan ixtisos yuzasidan kerakli doirada pedagogik mahorat, texnika, takt, ziyraklik, kuzatuvchanlik, bilimlarni bolalarga yetkaza olish kobiliyatiga ega bo’lmog’i juda muhim.
O’qituvchi go’zallik sohibidir. U olijanob sharafli kasb egalari hakida ne-ne aziz odamlar ko’llariga kalam olib jo’shkin hislarini, eng yaxshi ezgu tilaklarini ok kog’ozlar betiga bitmagan deysiz. Hayot abadiy. Ammo u yosh avlod bilan barhayot. Avlod bor ekan, unga ta’lim va tarbiya beradigan mehri daryo o’qituvchilar ham abadiy barhayot yashayveradi. Hayotning bu sharafli kasb egalariga bo’lgan ehtiyoji ham abadiydir. O’qituvchi bamisoli bog’bon. U yoshlik gulshanining bog’boni. Maktab, O`quv yurti - yoshlik gulshani, yosh avlod uning bebaho nihollari, ustoz o’qituvchilar bu bog’ning okil, mirishkor, mehribon bog’bonlaridir. U o’z bog’idagi mevalarning rango-rang va sog’lom bo’lishi uchun kurashadi. Har bir shogirdini baxtiyor ko’rishni orzu qiladi. Daraxtni shirin meva, o’qituvchini esa okil, barkamol shogird bezaydi.
Bu kasbning faxru - iftixori shundaki, o’qituvchi tarbiyalab o’stirgan nihollarning hosili kanchadan-kancha avlodlarni bahramand qiladi. Eng baxtiyor, piri badavlat odamlardan biri o’qituvchi. U dunyodagi har kanday javohirdan ham kimmatli bo’lgan inson farzandini voyaga yetkazib, uni ulug’ ishlarga voris qiladi. Kasblar ichida alohida faxr va iftixor bilan tarona etiladigani o’qituvchilik kasbidir. CHunki biror soha yo’qi, unga o’qituvchining bevosita yoki bilvosita ko’shgan hissasi bo’lmasin. O’qituvchining bilimidan, akl-zakovatidan, mehr-muhabbatidan bahramand bo’lmagan kishi yo’k.
Zamonamizning zabardast olim va shogirdlari, shoir va san’atkorlari, fazogirlari, ishchisi, o’rmonchisi, shifokori, kuruvchi-injeneri - hammasi o’qituvchidan ta’lim olgan. SHuning uchun ham xalkimiz –tog’ cho’kqilaridan yuksak mehr-muhabbatini, kuyosh nuridek jo’shkin kalb haroratini "o’qituvchi" degan so’zga singdirgan va bu nomni katta ezoz bilan tilga oladi.
Biz o’qituvchilar kasbimiz bilan kancha faxrlansak, umrimizning bebaho hosili - sevgan kasbimizning durdona mevasi, faxru iftixorimiz bo’lgan shogirdlar bilan baxtiyormiz. Ulug’ Vatanimizning kaysi yeriga borsak, "Sa­lom, ustoz, o’qituvchim", deb shogirdlarimiz peshvoz chikishadi. Biz shunda o’zimizni kanchalik baxtiyor inson ekanligimizni chuqurrok, his etamiz. Umrimizga yana umr ko’shilgandek o’zimizni tetik sezamiz. Ana shu narsa bizga yana kuch-kuvvat va kasbimizga bekiyos muhabbat baxsh etadi. O’qituvchi mehnatini takdirlash "Xalk o’qituvchisi" degan yuksak unvonning ta’sis etilishida yana bir yorkin ifodasini topdi.
O’qituvchi o’ziga bo’lgan bu hurmat bilan birga unga yosh avlodni tarbiyalash kabi faxrli, ayni zamonda juda murakkab va mas’uliyatli vazifa ishonib topshirilganligini juda yaxshi biladi.
Ilmiy-texnika tarakkiyoti katta sur’at bilan rivojlana borayotgan bir sharoitda hayot bizning oldimizga yangidan-yangi vazifalarni ko’ymokda.
Dars bizdan bola tarbiyasiga atroflicha yondashishni, yosh avlodni har taraflama rivojlantirishni talab etmokda. SHunday sharoitda o’qituvchining o’ziga xos o’rni va mavkei kanday bo’lishi kerak. Bu kasb egasi o’ziga xos ijtimoiy, siyosiy, pedagogik va shaxs talablariga javob bera olishi uchun u kanday sifatlarni o’zida mujassamlashtirishi kerak? degan konuniy savol tug’iladi.
O’qituvchi quyidagi fazilatlarga ega bo’lishi kerak: insoniy g’oyaviylik, insoniy e’tikodlilik, vatanga sodiklik, mehnatsevarlik, ijtimoiy burchni chuqur anglash, inson manfaati singari ulug’vor maqsad yo’lida mumtoz niyatlar, temir iroda bilan kurasha bilish, hakkoniylik, printsipiallik, mudom mehnatkash xalk bilan hamdam va hamkorlik, xalk manfaatini hamma narsadan ustun ko’yish, hayotda faol pozitsiyada turish, yangiliklarni sezish va ularni hayotga joriy etishda tashabbuskorlik ko’rsatish, axlokiy poklik va yosh avlodga mehribonlik, okilona talabchanlik, yuksak madaniy xulk, nafosat, til va dil birligi, fan asoslarini, jamiyat, tabiat va inson tafakkuri konuniyatlarini chuqur bilish va amalda ko’llay olish, har sohada yosh avlodga o’rnak ko’rsata bilish.
O’qituvchining jamiyatdagi muallimlik vazifasi ana shu fazilatlarni o’zida to’la mujassam bo’lishini takozo etadi.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish