3. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda berilgan muloqot turlari.
Muloqotni ijtimoiy hayot qonuniyatiari bilan bog'Iab olib borish. Yosh avlodning o'sib ulg'ayishi va shakllanishiga hayot, ijtimoiy muhit qonuniyatiari ham muntazam ta'sir etadi. Muhit ijtimoiy omil-larning eng muhim xususiyati bo'lib, u shaxsga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Muhit deganda, shaxsning tarbiyalanib, shakllanishiga ta'sir etuvchi tashqi olam voqealari, hodisalar majmui tushu-niladi. Muhit tushunchasi o'zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikro-muhit xususiyatlarini ifodalaydi. Ayniqsa, oila, maktab, do'stlar davrasi, tengqurlar kabilarni o'z ichiga oladigan mikromuhit shaxsni tarbiyalash jarayoniga muhim ta'sir etishi pedagog va psixolog olimlar tomonidan e'tirof etilgan. Oila muhiti o'quvchining tarbiyasi va barkamol inson sifatida shakllanishida o'ziga xos muhim tarbiyaviy ta'sirga ega. Shuning uchun o'qituvchi muloqotni tashkil etishda ota-onalar, mahalla faollari, o'quvchilar jamoasi faollari, uchastka nozirlari bilan doimiy aloqada bo'lib, ular bilan birgalikda faoliyat olib borishi kerak. Muloqotda ijtimoiy hayot qonuniyatlarini hisobga olish, o'quvchilarni maqsadli tarbiyalashda muvaffaqiyatlarga erishish uchun zamin yaratadi.
Muloqotni tashkil etishda mehnat faoliyatining o'rni. Taiim muassasaiarida o'quvchi mehnat faoliyati bilan o'z qobiliyati va iste'-dodini namoyon qiladi. Mehnat - yosh avlodni yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvorini namoyon qiluvchi, kasbiy qobiliyatlarini uyg'otuvchi, tarbiyaviy jarayonning eng qadimiy va sinalgan vositasidir. O'quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o'quvchi shaxsiga ijobiy ta'sir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani jismonan chiniqtiradi va faollashtiradi, xulq mukammalligini ta'minlaydi, tashabbuskor va izla-nuvchan qilib shakllantiradi. Shunday ekan, o'qituvchi o'quvchilar bilan muloqotni ularning mehnatsevarligiga yoki dangasaligiga qarab belgilasa ham bo'ladi. Taiim muassasaiarida bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat qiiuvchilarga hurmat ruhida tarbiyalashda o'zaro muloqotning o'rni cheksiz. Taiim muassasaiarida o'qishning o'zi ham mehnatdir. Muloqotdan maqsad, taiim-tarbiyaviy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun u mehnat tarbiyasi bilan aloqadorlikda olib borilishi lozim.
5. Qo'rquv va hayajonga asoslangan muloqot uslubi. Bunday muloqot uslubiga odatda yosh, tajribasiz o'qituvchilar tushib qolishi mumkin. Ushbu uslub asosida boshlangan muloqot, ko'pincha, o'quvchilarni tez-tez ogohlantirish, ularni qattiqqo'llik bilan tarbiyalashga harakat qilish, o'qituvchi yoqtirmagan o'quvchilar xatti-harakatini ta'qiq-lash vaziyatida olib boriladi. O'quvchilar faolligi, tashabbuskorligi inkor etiladi. Natijada o'qituvchi bilan o'quvchilar orasida ko'z ilg'amas qarama-qarshiliklar paydo boiadi.
Muloqot jarayonidagi ushbu qarama-qarshiliklar o'quvchilarda o'z tushunchalariga muvofiq paydo bo'lgan dastlabki sifatlar bilan o'qituvchining o'quvchilarga qo'yadigan talablari va ularni bajarish imkoni-yatlari o'rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishidan paydo boiadi. Ba'zan o'quvchining ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq kelmasligidan, yoki o'qituvchining o'quvchilar yosh xususiyatlarini, fei-atvovi, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sogiomligini bil-maslikiari oqibatida ziddiyatlar kelib chiqadi. Muloqot jarayonidagi ushbu ziddiyatlarni bartaraf etishda asosan o'qituvchining o'zi qizg'in faoliyat olib borishi, ustoz o'qituvchilar tajribalaridan foydalanishi, lozim boiganda, tortinmasdan ulardan yordam so'rashi maqsadga muvofiqdir.
O'quvchilar taiim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadri-yatlarni, axloqiy normalarni o'zlashtiradilar. O'quvchi eng yaxshi insoniy fazilatlarni, axloq-odohni, muloqot madaniyatini asosan o'qituvchi timsolida anglab olishini unutmaslik kerak. O'quvchilar jamoasida o'qituvchilar bilan o'zaro munosabatlar insonparvarlik tamoyillariga asoslanadi. Ular odatda ikki xil bo'lib biri rasmiy, ikkinchisi norasmiy muomala deyiladi.
Rasmiy muomala munosabatlari O'zbekiston Respublikasining Qonunlari, direktiv hujjatlariga asoslanadi.
Norasmiy muomala pedagogik etika va estetikaning qonuniyatlariga va o'qituvchi odobiga asoslanadi va jamoaning har bir a'zosi tomonidan ixtiyoriy ravishda bajariladi. Muloqot odobi psixologik qonuniyatiar, odob normalari va qoidalari, talablari hamda o'qituvchilar jamoasining fikri asosida boshqariladi.
Ilmiy pеdagоgik adabiyotlarda bеrilgan mulоqоt turlari (do`stоna mulоqоt, qo`rquv asоsiga kurilgan mulоqоt, хazil-mo`tоyibaga asоslangan mulоqоt va bоshqalar) haqida.
Har bir o’qituvchi dars o’tayotgan vaqtda o’zini sinf o’quvchilari bilan birligini, ular bilan hamnafas, hamfikir ekanligini sezsa, o’zi qilayotgan ishdan zavq oladi.
Bu – o’qituvchining pedagogik ijodkorligini ta’minlaydi. Samarali kommunikativ faoliyat yuritish uchun pedagogik muloqotga e’tibor berish shart. Dars paytida u sinfda yuz bergan eng arzimas o’zgarishga ham sezgirlik bilan qarashi, tanlab olingan pedagogik ta’sir etish usullarini shu daqiqadagi muloqot qilish hususiyatlari bilan solishtirib ko’rishi lozim.
Izlanuvchan pedagog olimlar tomonidan tubandagi eng ko’p tarqalgan pedagogik muloqot qilish turlari aniqlangan:
Birgalikda qilinadigan ijodiy faoliyatga qiziqish asosidagi muloqot.
Do’stona muloqot.
Muloqot - masofa.
Qo’rqizish orqali bo’ladigan muloqot.
Xazil - mutoyiba orqali bo’ladigan muloqot.
Endi birgalikda qilinayotgan ijodiy faoliyatga qiziqish asosidagi muloqot uslubini ko’rib chiqamiz. Bunday muloqot qilish usuli asosida o’qituvchining yuksak pedagogik professionalligi va axloqiy qarashlari yotadi. CHunki, bolalar bilan birgalikda ijodiy izlanish bilan mashg’ul bo’lish faqat o’qituvchining kommunikativ faoliyat bilan shug’ullanishining natijasi bo’libgina qolmay, balki bu, masalaga chuqurroq yondashadigan bo’lsak, uning umuman olganda pedagogik faoliyatga munosabati hamdir. Do’stona muloqot bir – birini yoktirish, xush ko’rish asosida qurilgan muloqot qilish usuli bo’lishi bilan birgalikda u o’quvchilarni bajariladigan ijodiy faoliyatga qiziqish asosidagi muloqotga tayorlaydi. Darhaqiqat, umumiy ijodiy ish bilan qiziqish – do’stlikning, bir-birini yoqtirishning nishonasidir.
CHunki, har bir o’qituvchi-bu bolalarning katta yoshli do’sti va ustozi, ikkinchidan esa o’zaro faoliyatning faol ishtirokchisidir.
Pedagoglar va boshqa ta’lim raxbarlari xech qachon yengil tabiatlilik qilmasliklari, ya’ni, behayo anekdotlar aytmasliklari, tiliga bo’lsa bo’lmasa erk bermasliklari, mashara va mazah kilmasliklari kerak. Uchunchidan, ular bolalar oldida tund, tajang basharada turmasliklari, baland, chinqiroq ovozda gapirmasliklari lozim. Do’stlik, do’stona munosabat, yoktirish meyorida bo’lgani yaxshi. Ba’zan yosh o’qituvchilar do’stona munosabatni oshna og’aynilarcha munosabatga aylantirib yuboradilar. Bu o’quv - tarbiya jarayoniga shubhasiz, salbiy ta’sir etadi, haqiqiy ijodkorlik muxitini yaratishga halal beradi. O’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tizimda albatta masofa, chegara bo’lishi shart.
Masofa, chegara qo’yib muloqot qilishga katta erk berilsa, bu muloqot qilishning salbiy shakllaridan biri bo’lgan qo’rqizish orqali bo’ladigan muloqotga olib keladi. YOsh o’qituvchilar ba’zan qo’rqizish orqali bo’ladigan muloqot usulidan ham foydalanishadi.
Bunday hol ularning o’quvchilar bilan birgalikda ijodiy faoliyat tashkil etolmaganliklari natijasida yuz beradi.
Ishni yangi boshlagan yosh o’qituvchi bu usulni osonrok deb topadi va o’quvchilar bilan muloqotda o’zi bilmagan holda salbiy muloqot usullarini tanlaydi. Bu usullarning kelajagi yo’q.
Bolalar bilan ishlashda o’zaro muloqotni xazil mutoyiba - asosida tashkil etish ham salbiy natijalarga olib keladi. O’z moxiyatiga ko’ra bunday muloqot usulidan foydalanayotgan yosh o’qituvchi osonlik bilan, arzon garovga obro’ orttirish niyatidaligini, bolalar bilan tezgina til topib, sinfga yoqishni istayotganligini bildiradi.
Ikkinchi tomondan olganda bu - o’qituvchida umumpedagogik va kommunikativlik madaniyatining yo’qligini, pedagogik muloqot malakasini, kommunikativ faoliyat tajribasining juda kamligini ko’rsatadi. O’z roxatini ko’zlab o’quvchilar sevgisiga erishish, buning uchun ular oldida hushomadguylik qilish, ularning nojo’ya hoxishlariga bo’ysunish yaramaydi.
Muloqot – xazil - mutoyiba, muloqot hushomadguylik kuzatishlarning ko’rsatishicha tubandagi sabablarga binoan yuzaga keladi:
Pedagog tomonidan o’z oldida turgan mas’uliyatli vazifani tushinmaslik;
Muloqot qilish malakalarining yo’qligi; Dars hamda darsdan tashkari jarayonda o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi mulоqоt, unga qo’yiladigan talablar.
Muloqot-yunoncha so'z bo'lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o'zaro fikr almashuv ma'nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarnfng so'zlashuvida paydo bo'ladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta'lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar g'oya va mafkura omillari ta'sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida ka-molotga yetadi. Kishilar o'rtasidagi o'zaro muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o'z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Psixologiya fanida muomaia kategoriyasi keng ma'noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o'zaro ta'sir va o'zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
Pedagogikada muloqot o'qituvchi va o'quvchilar jamoasining o'zaro ta'sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o'zaro axborot almashishida, ta'lim va tarbiyaviy ta'sir o'tkazishida, o'zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo'ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
muloqot o'qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta'minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;
o'qituvchi va o'quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u hamxuddi shunday muhim rol o'ynaydi;
pedagogikada muloqot - o'qituvchining o'quvchilarga ta'sir o'tkazish asosida o'zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maq-sadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chi-qadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko'p qirrali jarayoni hisoblanadi;
noto'g'ri pedagogik muloqotdan o'quvchilarda qo'rquv, o'z kuchi-ga ishonchsizlik paydo boiadi, ularning diqqat-e'tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqii va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
Pedagogik muloqot - bu o 'qituvchining o quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o 'zi uchun eng qulay bo 'Igan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.
O'qituvchining o'quvchilar bilan o'zaro yaqin muloqotidan asosiy rnaqsad:
• salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham
berish;
• o 'quvchilarda mustaqii fikr yuritish ko 'nikmalarini hosil qilish;
o 'quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o 'z fik-mulohazalarini cho 'chimasdan bayon qilib unga tayanishga o 'rgatish;
o 'quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatinipaydo qilish.
A.S.Makarenkoning fikricha, o'qituvchi muloqoti hypmat va talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida bo'lishi lozim.
V.D.Suxomlinskiy o'qituvchining "...maktab hovlisida gapirgan har bir so 'zi puxta o 'ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma 'lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo 'lishi kerak" deb ta'kidlaydi. O'qituvchining har bir so'zi olimning fikricha, nafaqat o'quvchi qulog'iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo'lishi shart. Umuman ilg'or o'qituvchilarning fikricha, ta'lim va tarbiya faqat o'qituvchi va o'quvchining o'zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida ouriladi.
O'qituvchining to'g'ri tashkil etilgan muloqoti o'quvchining o'zligini anglash funksiyasini takomillashtiradi. Bunda o'qituvchining vazi-fasi muloqot asosida o'quvchilarga o'zining "Men'iigini anglashni, shaxs sifatida o'z fikrini dadil va erkin gapirishni, jamoada o'z o'rnini bilishni, o'z-o'zini baholashni o'rgatishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |