Zamonaviy ShK OS turlari. Operatsion sistemalar turli masalalar uchun mo‘ljanlangan bo‘ladi. Hozirgi zamon operatsion sistemalari quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
Kichik hajmdagi shaxsiy EHMlarga mo‘ljallangan OS (MS DOS, PC DOS);
O‘rta hajmdagi shaxsiy EHMlarga mo‘ljallangan grafik OS (Windows, Apple Os);
Katta hajmdagi mantiqiy tarmoqlarni boshqaruvchi OS (Windows NT, Unix, Xenix, Oracle).
Windows operatsion sistemasi MS DOS operatsion sistemasiga nisbatan grafik imkoniyatlari mavjudligi uchun ancha qulaydir, ammo Windowsdan foydalanish uchun tezkor kompyuter va kattaroq xotira hajmi talab qilinadi.
Hozirgi paytda turli operatsion tizimlar mavjud: Solaris, UNIX, MS DOS, PС DOS, FTS DOS, OS/2, WARP, WINDOWS,LINUX, va boshqalar. Bundan tashqari, xizmatchi dasturlar mavjud. Ular dastur utilitlari deb atalib, yordamchi amallarni bajarib, kompyuter ishlashini osonlahtiruvchi dasturlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |