Tizimli utilitalar. Tizimli utilitalar kompyuterning apparat vositalariga, ayniqsa, tashuvchilarga, operatsion tizimlar va boshqa ilovalarga xizmat qilishga mo‘ljallangan.
Testlash va diagnostika dasturlari. Bu dasturlar kompyuter va har bir uzellarining ishlash imkoniyatlarini tekshirish, mavjud, yuzaga kelgan yoki potentsial nosozliklarni aniqlash uchun xizmat qiladi.
Yig‘uvchilarga xizmat qiluvchi dasturlar. Diskli yig‘uvchilar va ularda saqlanadigan axborotlarga xizmat qilishga mo‘ljallangan dasturlar sinfi. Diagnostika dasturlari disk yig‘uvchilarida joylashtirilgan axborotlarning mantiqiy tarkibidagi nosozliklarni aniqlaydi va bartaraf qiladi. Difragmentator dasturlari disklarda axborotlarni joylashtirishni shunday tartiblaydiki, natijada ularga ularga murojat qilish yoki kirishning maksimal tezligi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |