Effektiv joylashtirish. Ma’lumotlarni qay tartibda joylashtirish tizimning mukammal ishlashiga omil bo’ladi. Ma’lumotlar pog’onama- pog’ona joylashtiriladi. OT shunday qurilganki ma’lumotlar bir-biriga yaqin joyda joylashadi. Bunda ko’p ishlatiladigan berilganlar oldingi "fon"da, kamroq ishlatiladiganlar esa keyingi bo’limlarda joylashtiriladi. Albatta joylashtirishda ikkita ma’lumotlar majmuasi o’rtasida bo’sh joy qoldirmaslikka harakat qilinadi. Berilganlar majmuasi orasida bo’sh joy hosil bo’lishi mumkinmi? Ha, mumkin. Bu ma’lumotlarning saqlanishining ichki tuzilishidan kelib chiqadi. OT ma’lumotlarni effektiv joylashtirish uchun shunga o’xshash holatlarni hisobga olgan holda joylashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |