23-mavzu. SHaxsiy elektron biznesni yaratish
SHaxsiy elektron biznesni yaratish bosqichlari. SHaxsiy biznesni boshlash yo‘lidagi faoliyat ketma-ketligi.
Yangi mahsulot yoki xizmatlar uchun g‘oyalarni izlash va ularni tanlash imkoniyatlari. Startap loyihalari.
SHaxsiy elektron biznesni rivojlantirish strategiyalari. Bozorni pozitsiyalash asoslari. Risklarni boshqarish.
Investitsiya va moliyalashtirish manbalarini tanlash. Venchur investitsiyalarning xususiyatlari.
Bugungi kunda dunyo bo‘ylab Internet foydalanuvchilarining soni to‘rt milliarddan ortgan bir paytda yangi turdagi sifat «virtual iqtisodiyot» iborasi ostida namoyon bo‘lib, o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab bormoqda. Unda, xaridlar biznes yuritishning yangi usullaridan foydalangan va o‘zining marketing strategiyasiga ega bo‘lgan hamda boshqa ko‘plab imkoniyatlarni qo‘llagan holda savdo saytlari orqali amalga oshiriladi.
Dastlab o‘z biznesini Internetga o‘tkazgan kompaniyalardan apparat-dasturiy vositalarni sotuvchi va kompyuter hamda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchilari afzalliklarga ega bo‘ldilar.
Har bir internet-magazin ikkita asosiy qismdan iborat bo‘ladi: elektron vitrina va savdo tizimi.
Elektron vitrina Web-saytda sotilayotgan mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumotlarni saqlaydi, magazin ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlaydi, xaridorlarni ro‘yxatga oladi, sotib oluvchining elektron “savatchasi” bilan ishlaydi, buyurtmalarni rasmiylashtiradi, marketing ma’lumotlarini to‘playdi, ma’lumotlarni savdo tizimiga taqdim etadi.
Savdo tizimi mahsulotni etkazib beradi va uning to‘lovi uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi. Savdo tizimi – alohida kompaniyaga tegishli bo‘lgan Web-serverda o‘z joyini ijaraga oluvchi turli firmalarning magazinlari majmuasi.
Internet-magazinning ishlash texnologiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Xaridor elektron vitrinadagi mahsulotlar va narxlar katalogidan kerakli mahsulotni tanlab oladi va shaxsiy ma’lumotlari kiritiladigan shakl (ismi-sharifi, otasining ismi, pochta va elektron manzil, etkazib berish va to‘lovning afzal usuli)ni to‘ldiradi. Agar to‘lov Internet orqali amalga oshiriladigan bo‘lsa, u holda uning axborot xavfsizligiga alohida e’tibor beriladi.
Rasmiylashtirilgan mahsulot internet-magazinning savdo tizimiga topshiriladi va bu erda buyurtma komplektatsiya qilinadi. Savdo tizimi qo‘lda bajariladigan yoki avtomatlashtirilgan usulda faoliyat yuritadi. Qo‘lda bajariladigan tizim avtomatlashtirilgan tizimni sotib olib, yo‘lga qo‘yishning imkoni mavjud bo‘lmagan holda, oddiy pochta jo‘natmalari prinsipi bo‘yicha ishlaydi, odatda mahsulot hajmi katta bo‘lmaganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |