Mahsulot (tovar) ni etkazish va to‘lovini amalga oshirish. Xaridorga mahsulotni etkazish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
shahar va atroflarida magazin kureri tomonidan;
ixtisoslashtirilgan kurerlik xizmati (shu jumladan xorijiy) tomonidan;
pochta tomonidan;
haridorning o‘zi olib ketishi;
telekommunikatsiya tarmoqlari orqali ma’lumot kabi maxsus mahsulot (tovar) etkaziladi.
Mahsulot (tovar) uchun to‘lovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
avvaldan yoki mahsulotni olgan vaqtda;
kurerga yoki haqiqiy magazinga kelganda naqd pul bilan;
pochta o‘tkazmasi bilan;
bank o‘tkazmasi orqali;
kredit karta (VISA, Mastercard va hokazo)lari yordamida;
alohida tijorat banklari orqali elektron to‘lov tizimlari vositasida.
Oxirgi vaqtda elektron tijorat yoki Internet orqali savdo dunyo bo‘ylab anchagina shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Tabiiyki, ushbu jarayon kredit-moliya tashkilotlarining bevosita ishtirokida amalga oshirilmoqda. Va savdoning ushbu turi borgan sayin keng qamrovga ega bo‘lib bormoqda, ayniqsa, yangi elektron bozordan korxonalar va aholining ko‘pchiligi foydalana olishi mumkin bo‘lgan joylarda.
Elektron tarmoqlardagi tijorat faoliyati ba’zi jismoniy cheklovlarni bartaraf etadi. Kompaniyalar, o‘z kompyuter tizimlarini Internetga ulab, mijozlariga kunu-tun, dam olish kunlarisiz xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Mahsulotga buyurtmalar har qanday vaqtda, har qanday joydan qabul qilinishi mumkin.
Biroq ushbu masalaning yana bir tomoni bor. Xorijda, elektron tijorat ko‘proq rivojlanib borayotgan davlatlarda, oldi-sotdi shartnomalari yoki mahsulotlarning qiymati ko‘p holatlarda 300-400 AQSH dollari bilan cheklanib qolmoqda.
Bu kompyuter tarmoqlaridagi axborot xavfsizligi muammolarining etarli darajada hal bo‘lmayotganligi bilan izohlanmoqda. BMTning Jinoyatchilikni oldini olish va kurashish qo‘mitasiga ko‘ra, kompyuter sohasidagi jinoyatchilik xalqaro muammolar darajasiga ko‘tarilgan. AQSHda jinoyatchilikni ushbu turi daromadlilik bo‘yicha qurol va narkotik moddalari bilan savdo qilishdan keyin uchinchi o‘rinni egallab ulgurgan.
Bunday keng diapazon elektron tijoratning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi bilan belgilanadi. Agar xavfsizlik darajasi bugungi holatdagidek bo‘lib saqlanib tursa, u holda elektron tijoratning dunyo aylanmasi yanada kamayishi mumkin. Bu holat, aynan elektron tijorat tizimining past darajada himoyalanganligi, elektron biznesning rivojlanishini to‘xtatib turuvchi omili ekanligini namoyon qiladi.
Elektron tijoratning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash muammosini hal qilish birinchi navbatda unda qo‘llanayotgan axborot texnologiyalarining himoyasi bilan bog‘liq, ya’ni axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bilan.
Biznes-jarayonlarining Internet muhitiga integratsiyalashuvi xavfsizlikni ta’minlash holatini keskin o‘zgarishiga olib keladi. Elektron hujjat asosida huquq va javobgarlikning paydo bo‘lishi,ham hujjat jo‘natuvchini, ham qabul qiluvchini barcha xavflar majmuasidan har tomonlama himoyalashni talab qiladi.
Afsuski, elektron tijorat korxonalarining rahbarlari axborot xavflarining jiddiyligini va o‘z resurslarining himoyasini tashkil qilishning muhimligini axborot hujumlariga duchor bo‘lganidan so‘ng anglamoqdalar. Ko‘rinib turganidek, barcha sanab o‘tilgan to‘siqlar axborot xavfsizligi sohasiga tegishli.
Tijorat amaliyotlarini o‘tkazishga bo‘lgan asosiy talablar orasida – konfidensiallik, yaxlitlik, autentifikatsiya, avtorizatsiya, kafolatlar va sir saqlanishi.
Axborotning xavfsizligiga erishishda uning ochiqligi, konfidensialligi, yaxlitligi va yuridik ahamiyatini ta’minlash bazaviy vazifalar hisoblanadi.
Har bir xatar xavfsiz axborotning ushbu to‘rtta xususiyati va sifatiga zarar etkazishi mumkinligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi zarur. Konfidensiallik ochiqligi cheklangan ma’lumot, unga faqat ushbu ma’lumot etkazilishi mo‘ljallangan shaxs kirish huquqiga ega ekanligini bildiradi. Ma’lumotning yaxlitligi ostida uning o‘zgartirib bo‘lmas holda bo‘lishi xususiyati tushuniladi. Ma’lumotning ochiqligi tizimning, vakolati bo‘lgan subyektlarga ma’lumotga to‘siqsiz kirish huquqi bilan ta’minlash xususiyati orqali belgilanadi. Ma’lumotlarning yuridik ahamiyati, oxirgi vaqtda mamlakatimizda axborot xavfsizligiga oid normativ-huquqiy bazaning yaratilishi bilan birgalikda ortib bormoqda.
Kompleks axborot xavfsizligini ta’minlash doirasida, avvalam bor, o‘z ichiga navbatdagilarni oluvchi elektron biznes xavfsizligi sohasidagi asosiy muammolarni ajratish lozim:
aloqa kanallari orqali uzatilayotganda ma’lumotlarni himoyalashni;
kompyuter tizimlari, ma’lumotlar bazalari va elektron hujjat aylanishni himoyalashni;
ma’lumotni uzoq vaqt davomida elektron ko‘rinishda saqlanishini ta’minlashni;
tranzaksiyalar xavfsizligini ta’minlashni, tijorat ma’lumotini maxfiyligini, autentifikatsiyani, intellektual mulkning himoyasini.
Do'stlaringiz bilan baham: |