Bog'liq Mavzular bo‘yicha matn annotasiyasi va oxirgi yangiliklar
14-mavzu. Elektron tijorat modellari Biznes modellashtirishga bo‘lgan turli yondashuvlar mohiyati.
Biznes-modelni tuzish va ularning klassifikatsiyasi.
E-tijorat modelini tuzish xususiyatlari. Elektron tijoratni rivojlantrish omillari
Elektron tijoratda risklar. Ijtimoiy tarmoqlarda biznes modellar. O‘zbekistonda elektron tijorat modellarini rivojlanish yo‘nalishlari.
Internet-texnologiyalardan foydalanuvchi kompaniyalar raqiblariga nisbatan afzallikka avvalo masalalarni operativ hal qilishlari evaziga erishdilar. B2C, B2B va P2P sxemalari hozirda elektron biznesni olib borishning asosiy modellari hisoblanadi.
B2C - “biznes istemolchi” sxemasi Internet orqali xususiy kishiga mollarni va xizmatlarni chakana sotishni ifodalaydi.
B2B - “biznes-biznes” sxemasi kompaniyalarning bir biri bilan mahsus axborot texnologiyalaridan va ma’lumotlarni elektron almashish standartlaridan foydalangan holda o’zaro aloqasini ifodalaydi.
P2P – biznes munosabatning “teng-teng” sxemasi Internetda bir xil holatda bo’lgan sheriklar o’rtasidagi biznes munosabatni ifodalaydi.
B2B “biznes-istemolchi” modeli. Tijorat nuqtai nazaridan B2C “biznes istemolchi” modeli elektron tijoratning eng istiqbolli yo’nalishi hisoblanadi, chunki uning asosini elektron chakana savdo tashkil etadi. Internet orqali chakana savdo iqtisodiyotning tez rivojlanayotgan sohasi bo’lib, elektron tijorat bozorining katta ulushini tashkil etadi.
B2C tizimlariga quyidagilar taalluqli:
Savdo kompaniyalarining Web-dizayn vositalari yordamida rasmiylashtirilgan
Web-vitrinalar;
Internet-magazinlar, ularda, odatda, vitrinadan tashqari internet orqali elektron savdo jarayonini boshqarish uchun kerakli biznes – infratuzilma – back office mavjud;
Back office lari kompaniyaning savdo biznes – jarayonlari bilan to’la integrasiyalangan Internet magazinlargan iborat savdo Internet tizimlar.
Uchchala holda ham Internet orqali savdo qilinsada, har bir variant savdo jarayonining turli avtomatlashtirilgan darajasiga ega. Xaridorlarga xizmat qilish murakkabligi nuqtai nazaridan turli saviyaga ega, savdo qilishga xarajat ham turlicha.
Ba’zida elektron biznes va elektron tijorat tushunchalarini aralashtirishadi, ammo ular orasida anchagina farq bor:
Elektron biznes –faoliyat samaradorligini ko’tarish maqsadida kompaniya asosiy biznes jarayonlarini Internet texnologiyalaridan foydalanib amalga oshirishdir. Boshqacha aytganda elektron biznes – kompaniyaning ichki va tashqi aloqalarini amalga oshirish uchun global axborot tarmoqlaridan foydalanuvchi xizmat faoliyatidir.
Elektron tijorat elektron biznesning muhim tarkibiy qismidir. Elektron tijorat biznes-faoliyatining turli shakllarni – chakana va ulgurji savdo, marketing, korxonalar orasidagi bitim, ilovalarni arendaga berdi, xizmatlarni taqdim etdi shu va hokozolar qamrab oladi. Bu barcha xizmat amallari elektron shaklda kompyuter tarmoqlari yordamida amalgam oshiriladi.
Yangi bozor zamonaviy axborot texnologiyalarining qo’llanishiga asoslangan va istemolchi bilan operativ aloqa qilinishiga mo’ljallangan. Yaqin orada elektron savdo amallari har qanday biznesning asosiy qismi bo’lib, qoladi.
Web-vitrinalar amalgam oshirilishida nisbatan arzon va yetarlicha oddiy saytlar hisoblanadi. Texnika nuqtai nazaridan Web-vitrina-katalog, navigasiya tizimi va buyurtmani rasmiylashtirish majmuidir. Boshqacha aytganda Web-vitrinalar yordamida buyurtma savdo tashkil etiladi. Bunday saytlarda ma’lum kompaniyaning Tovar ro’yxati onlayn katalog ko’rinishida qo’yiladi. Ta’kidlash lozimki, Webvitrinaning rentabelligi oddiy savdo yuritish rentabelligidan unchalik farq qilmaydi.
Elektron biznesni ko’pincha uchinchi ming yilning texnologiyasi deb atashadi. Internetda elektron biznesning rivoji 1995 – yildan, tarmoqni xususiy foydalanuvchilar tomonidan o’zlashtira boshlashlaridan boshlangan. Xuddi shu yili birinchilardan bo’lgan Amazon-Internet magazini ochilgan.
Internet magazinlar. Elektron internet magazinlarning axborot texnologiyalari Internetdan foydalana oluvchi xaridorga uyidan chiqmasdan turib turli firmalarning tavar va hizmat navlari bilan tanishishga, ularning sifati va narxi bo’yicha axborot olishga, internet orqali to’lovni amalga oshirishga va uyga yetkazib berish bilan xarid qilishga imkon beradi. Umumiy holda Internet-magazinning asosiy vazifalari xaridorga-axborot xizmatini ko’rsatish, buyurtmalarni ishlash, to’lovlarni amalgam oshirish hamda turli statistik axborotlarni yig’ish va tahlillash.
Elektron tijorat faoliyati O’zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to’g’risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 613-II son Qonuni bilan belgilanadi va amalga oshiriladi.
Elektron tijorat Internet tarmog’idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldisotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyuter tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmatini ko’rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta'minlaydi.
Elektron tijoratning an'anaviy savdo turlaridan farqi. Elektron tijoratning an'anaviy savdo turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi:
xaridor o’ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;
savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya'ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud;
ko’p sonli xaridorlarning bir vaqtning o’zida bir nechta firmalarga murojaat qila olishi. Bu ko’p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo’lish imkoniyati;
kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor firmalarga murojaat qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig’ish va ularni sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish.
Ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi;
xaridorning yashash joyi, sog’lig’i va moddiy ta'minlanish darajasidan qat'iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;
hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;
elektron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi imkoniyatini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jarayonini tezlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma xarakatini tezlashtirishi kerak bo’ladi.
Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Xaridorlar kundalik xayotida kerakli mahsulotlar ichida sifatlilarini tanlashi mumkin.
Chet el firmalariga murojaat qiladi.
Jahon hamjamiyatining ko’zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo’lgan ehtiyoji katta sur’atlar bilan oshib borayapti.
Iqtisodiy o’sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni ko’rsatadiki erkin axborot oqimining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotiga o’tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi.