Mavzular bo’yicha ma’ruzalar matni 1 – mavzu: fuqarolik jamiyati fanining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari reja


partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi



Download 349,03 Kb.
bet4/39
Sana08.06.2022
Hajmi349,03 Kb.
#644281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
2 5393130166606106521


partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi;

  • fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma’naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a’zolarini qonun oldida ma’suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta’lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa sharoitlarni yaratish;

  • faqat qonun bilan cheklangan davlat tsenzurasidan tashqari OAV yaratish va faoliyat yurgizish erkinligi;

  • davlat va fuqarolik jamiyati o’rtasidagi munosabatni barqarorlashtiradigan mexanizmni (konsensus mexanizmi) mavjudligi, hamda fuqarolik jamiyatini ishlashini davlat organlari tomonidan xavfsizligini ta’minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo’ladimi, norasmiy bo’ladimi, u o’z ichiga qonuniy aktlarni, xalq vakillarini demokratik saylov bilan hokimiyatning, o’z-o’zini boshqarishturli organlari va h.k. tayinlash kabilarni oladi.

    Iqtisodiy sohada fuqarolik jamiyat asosini ko’p ukladli iqtisod, mulkning turli shakllari boshqariladigan bozor munosabatlari tashkil etadi; Huquqiy sohada esa – hokimiyat boshqaruvi vakolatlarini markazda yig’ilib qolmasligi, hokimiyatlar bo’linishi, siyosiy plyuralizm, fuqarolarning davlat va jamoat ishlarida ishtirok etishlari, qonun ustivorligi hammaning ular oldida tengligi; ma’naviy sohada-yagona mafkura va dunyoqarashning yakka hokimligini yo’qligi, vijdon erkinligi madaniylik, yuqori ma’anaviyat va axloq tashkil etadi.
    Fuqarolik jamiyati shaxs erkinligisiz bo’lmaydi. Erkinlik me’ѐriy ko’rinishga ega bo’lgani uchun, bunday shunday xulosa kelib chiqadiki, bir tomondan inson erkinlikka uning normativ talablariga bo’ysunish qobilyati natijasida ega bo’ladi, boshqa tomondan, shaxs erkinligi borlig’ining tashqi shakli bu erkinlikning chegaralarini belgilovchi ijtimoiy me’ѐrlar hisoblanishini anglatadi. Va faqatgina, jamiyat uchun ѐki insonning o’zi uchun eng muhim ahamiyatga ega, eng asosiy hisoblangan sohalardagina davlatning o’zi erkinlikning o’lchovini, me’ѐrini belgilab beradi. Bu esa huquqiy me’ѐrlar, qonunlar, konstitutsiya ѐrdamida amalga oshiriladi.
    Bunda huquqiy va erkinliklarning o’zi, jumladan konstitutsionlari bir tomondan fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik darajasi bilan uning iqtisodiy, ijtimoiy, ijtimoiy-siyosiy tashkillanganligining etukligi darajasi bilan belgilanadi. Boshqa tomondan inson va fuqaroning huquq va erkinligining to’liqligi bilan, ularning kafolatlanganligi darajasiamalga oshirish ketma-ketligi fuqarolik jamiyatining huquqiy demokratik jamiyat sifatidagi, haqiqiy erkinlik va ijtimoiy adolatli jamiyat sifatida muhim harakteristkalarining chuqurlashuvi, rivojlanishga ko’p tomondan bog’liq bo’ladi. bu o’rinda inson va fuqaro huquqlari fuqarolik jamiyatining o’z vositasi namoyon bo’ladi. Ushbu muhim funktsiyalarnibajarish darajasida fuqarolik jamiyati qator muhim funktsiyalarni bajaradi:

    1. Qonunchilik asosida u insonning va fuqarolarning shaxsiy xaѐt sohasini davlat va boshqa siyosiy strukturalarning asoslanmagan qat’iy muvofiqlashtirishidan himoya qilishni ta’minlaydi.

    2. Fuqarolik jamiyati uyushmalari asosida ijtimoiy (jamoatchilik) o’zini – o’zi boshqarish mexanizmlari yaratiladi va rivojlantiriladi.

    3. Fuqarolik jamiyati davlatning demokratik organlarini, uning barcha siyosiy tizimini shakllanishi va sodda ko’rinishga keltirishga ko’mak beradi; buning uchun u turli vositalardan foydalanadi: saylov kampaniyalaridan va referendumlarda, norozilik ѐki bu ѐki u talablarini qo’llab-quvvatlash aktsiyalarida, u ѐki bu masaladar bo’yicha jamiyatni shakllantirishdafaol ishtirok etish.

    4. Fuqarolik jamiyatining institutlari va tashkilotlari insonlarning huquq va erkinliklarini real kafolatlashlarini davlat va jamoat ishlarida teng ishtirokini ta’minlashga qaratiladi.

    5. Fuqarolik jamiyati o’z a’zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat funktsiyalarini bajaradi: u davlatdan mustaqil ravishda vosita va sanktsiyalar berishga ega bo’lishi mumkinki, ularning ѐrdamida u individlarning jamoa talablariga rioya qilishlariga majburlashi, fuqarolarning ijtimoiylashuvini va tarbiyalanishini ta’minlanishi mumkin.

    6. Fuqarolik jamiyati kommunikatsiyaviy vazifani bajaradi. Bu jamiyat davlat organlariga fuqarolarning konkret manfaatlari haqida xabardor qilib turadi,bu manfaatlarni amalga oshirish esa faqat davlat organlariga tegishli bo’ladi.

    7. Fuqarolik jamiyati o’z institutlari va tashkilotlari bilan barqarorlashtiruvchi vazifasini bajaradi. U davlat oldida tang holatlar yuz bergapnida unga ѐrdam beradi, jamiyat hayotini yashashini ta’minlaydigan mustahkam strukturalarini yaratadi.

    Ma’lumki, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng, bozor iqtisodiѐtiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. Shu kabi jamiyatgina O’zbekiston xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analar va ma’naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma’naviyaxloqiy kamol topishini ta’minlay olishi e’tirof etildi.
    Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo’lganligi bois, birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o’rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o’z ifodasini topishiga alohida e’tibor berildi.
    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini aks ettiruvchi printsipial ahamiyatga ega bo’lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi (2-modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7-modda), O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi printsipiga asoslanishi (11-modda), O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy printsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko’rishimiz mumkin.
    Mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo’yicha Konstitutsiyamizda qayd etilgan asosiy printsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish,axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiѐtni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish bo’yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi.
    O’zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutti tomonidan uch bosqichga bo’lib tahlil qilish tavsiya etiladi.3
    Birinchi bosqich o’z ichiga 1991-2000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatldafuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi
    Ikkinchi bosqich (2000-2010 yillar) damamlakatni demoeratlashtirish va modernizatsiyalash bo’yicha faol jaraѐnlar davom ettirildi.
    2010 yil 12 noyabrda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining Mamlakatda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasi‖e’lon qilindi.Bu Kontseptsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilaѐtgan ishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va yani – uchinchi bosqichni boshlab berdi.
    Mamlakatimizda amalga oshirilaѐtgan isloxatlarining mazmun moxiyatidan kelib chiqib fuqarolik jamiti tushunchasiga turli xil darajada tariflar berilmoqda. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan fuqarolik jamiyatiga quyidagicha ta’rif berilgan: Fuqarolik jamiyati – bu qonun ustuvorligi qiladigan; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalashnita’minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o’zligini namoyon qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholinig keng qatlamlari tomonidan qo’llab-quvvatlanidigan mustaqil qva barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir‖.
    Yurtimizdagi jamiyatshunos olimlar ham fuqarolik jamiyatini - bu erkin, demokratik, huquqiy tsivilizatsiyalashgan jamiyat bo’lib, unda yakka hokimlik rejimiga, volyuntarizmga, sinfiy adovatga, totalitarizmga, odamlar ustidan zo’ravonlik qilishga o’rin yo’q, Bunday jamiyatda faqat va faqat qonun, axloq, insonparvarlik, adolat ustuvorlik qiladi. Bu jamiyatda ko’p ukladli raqobatga asoslangan bozor iqtisodiѐti, tashshabbuskor tadbirkorlar iqtisodiy rivojlanishning asosini tashkil etadi, turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlari muvozanatga keltirib turiladi‖4 ѐki Fuqarolar o’rtasidagi muaayyan kompromiss, davlat va nodavlat tashkilotlpr o’rtasida konsensus madaniyati vudulga kelganda, shuningdek, dunyoqarashlar plyuralizm, davlat hokimiyati organlari bilan o’zaro ta’sirga kirishishga laѐqatli jamoatchilik institutlari vujudga kelganda shakllanishi mumkin‖5 deya tariflaydi. Fuqarolik jamiyati tushunchasiga tariflarning turli-tumanligi fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining murakkab, ko’p qirrali jarayѐn ekanligi bilan xarakterlanadi.
    Istiqlol yillarida mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo qilishning ustuvor yo’nalishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Buni biz qonunchilikning demokratik tamoyillari, fuqarolik institutlarining huquqiy kafolati rivojlanishi, milliy g’oya mafkurasining shakllanishi hayotimiz va yashash tarzimizda muhim ahamiyat kasb etishida ko’ramiz. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida (2010 yil 12 noyabr) ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida fuqarolik jamiyatining shakllanishi hamda ravnaq topishiga alohida e’tibor qaratib, ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ tamoyilni amalda to’liq tatbiq etishning aniq va ravshan qirralarini belgilab berdi.
    Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi bo’yicha qo’yidagi xulosalar chiqarish mumkin:

    • fuqarolik jamiyatining shakillanishi uzoq davom etib kelaѐtgan murakkab tarixiy jaraѐndir.Fuqarolik jamiyatining ba’zi bir unsurlari qadimgi Yunoniston va Rimda namoyon bo’lgan vaqtdanboshlab Yangi davrda shakllanish elementlari va xozirgi kunda bir butun tizim sifatida paydo bo’lishi.

    • fuqarolik jamiyati g’oyasi insoniyatning antik davrdan beri davom etib kelaѐtgan tafakkuri maxsulidir. Avesto manbalarida, Qadimgi yunon faylasuflari fikrlarida, O’rta asr mutafakkirlarining qarashlarida, Uyg’onish va Reformatsiya davri g’oyalari va bugun XXI asr jahon xamjamiyati tomonidan umuminsoniy ijtimoiy madaniy qadriyatlar sifatida e’tirof etilishi. Har qanday fan,o’z mohiyatiga ko’ra umumbashariydir.Dunyoning barcha xalqlari katta-kichikligidan qat’iy nazar uning rivojiga turli xil darajada hissalarni qo’shgan.Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatining shakillanishi va rivojlanishi to’g’risidagi g’oyalar qarashlarni bir ѐqlama bo’rttirish ѐki kamsitish xato ѐndashuvdir.

    • fuqarolik jamiyatining xususiyatlari, belgilari,tamoyillari har qanday ijtimoiy tizimda mavjud, biroq ularning rivojlanish darajasi turli xil bo’lishi mumkin.

    • fuqarolik jamiyatining shakllanish jaraѐnlari xolati ijtimoiy hayotning va davlat hokimiyati boshqaruvining demokratlashib borishi bilan birgalikda kechadi.

    • fuqarolik jamiyatining shakillanishi huquqiy davlatchilikning shakillanish jaraѐni bilan takomillashib boradi.

    • har bir davlatda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va shakillanishi o’ziga xos mental xususiyatlarga bog’liq holda tadrijiy rivojlanish modellari asosida amalga oshiriladi.

    • hozirgi dunyoda biron bir mamlakat fuqarolik jamiyat qurishning etuklik bosqichiga erishmagan va bu uzuluksiz davom etadigan jarayondir.


    Download 349,03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish