Fuqarolik jamiyati haqida g’oyalar evolyutsiyasi (Qadimgi Xitoy, Hindiston, Yunon va Rim mutafakkirlarining davlat boshqaruvi to’g’risidagi qarashlar)
Yangi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.(O’rta asrlarda Evropa mutafakkirlarining davlat boshqaruvi to’g’risidagi qarashlar)
1. Fuqarolik jamiyati haqidagi g’oyalar evolyutsiyasi. (Qadimgi Xitoy, Hindiston, Yunon va Rim mutafakkirlarining davlat boshqaruvi to’g’risidagi qarashlar)
Olam, jamiyat, oila va davlat tuzilishi tug’risidagi falsafiy va sotsial-siyosiy qarashlar insoniyat tarixining eng qadimgi davrlaridayoq vujudga kelgan. Jamiyat taraqkiyotining ob’ektiv extiyoji sifatida vujudga kelgan falsafiy-siyosiy ta’limot tarixiy davrlarda sodir bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy hayotni u yoki bu tarzda aks ettirilib, o’z davrining ilg’or kishilari tomonidan yaratilgan. Jamiyatning siyosiy hayoti masalalariga doir qarashlar jahonning barcha mamlakatlari va xalqlari tarixiga taalluqli bo’lib, ijtimoiy tuzum bilan birga rivojlanib bergan.
Siyosiy g’oyalarning vujudga kelish va rivojlanish bosqichlari tarixini ijtimoiy taraqqiyot boschichlaridan ajratib bo’lmaydi. Chunki g’oyalar tarixi jamiyat tarixini aks ettiradi. Garchi g’oyalarda sub’ektiv omilning ta’siri tufayli tarix asl holicha aks etmasa-da, lekin uning ratsional mag’zini ob’ektiv reallik, haqiqat tashkil etadi. Ana shulardan kelib chiqib, siyosiy tarixiga xronologik izchillikda muhtasar nazar tashlash maqsadga muvofiqdir.
Dastlabki goyaviy-siyosiy qarashlar eramizdan avvalgi asrlarda Xitoyda vujudga keldi. Bu qarashlarning keng yoyilishi ulug’ Xitoy mutafakkiri Konfutsiy (Kun-Fu-Szi.er.av. 551—479 y.) nomi bilan bog’liqdir. Uning axlokiy-siyosiy qarashlari markazida insoniylik, inson tabiatining axloqny masalalari, oila hayoti, davlatning vazifasi, uni boshqarish, xalq va davlatning o’zaro munosabati, ijtimoiy tartib, ijtimoiy qatlamlar to’g’risidagi g’oyalar yotadi. Qadimgi siyosiy qarashlarning xarakterli xususiyati shundaki, qariyb barcha mamlakatlarda siyosatga hamma vaqt axloq printsiplari doirasida va u bilan uzviy birlikda qaraladi. Konfutsiy ta’limotida ham asosiy o’rinni JEN (insoniylik) kontseptsiyasi egallaydi. Uning fikricha, kishilarning oila va davlatni boshqarishdagi o’zaro munosabatlarida shunday qonunlar borki, ular «o’zingga lozim topmaganni boshqalarga ham ravo ko’rma», printsipiga asoslanadi. Insoniylik muayyan ijtimoiy tartib, qoidalar (li) asosida oilada ham, davlat boshqaruvida ham amal qilmogi kerak. Jamiyat a’zolari o’rtasida har bir vazifa ierarxik ravishda, bosqichma-bosqich bo’lib berilnshi va boshqarilishi zarur. Davlat xuddi oilaga o’xshaydi, davlatni boshqarish ham katta oiladagi boshqarishni eslatadi. Hukmdor-hukmdor, fuqoro-fuqoro, ota-ota, o’g’il-o’g’il bo’lmog’i kerak, deyiladi konfutsizm ta’limotida. Bu g’oya davlatni boshqarish haqidagi ta’limotning asosini tashkil etadi. Konfutsiy bu g’oyani isbotlash uchun jamiyat a’zolarining ijtimoiy ahvollariga qarab bir necha qatlamlarga bo’ldi. Birinchi qatlamga tug’ma bilish qobiliyatiga ega bo’lganlar, ikkinchi qatlamga o’qish o’rganish natijasida bilim olganlar, uchinchi qatlamga qiyinchiliklarni sezganidan keyin bilim olganlar, to’rtinchi qatlamga qiyinchiliklarni boshdan kechirsa ham o’qib o’rganmaydiganlarni kiritdi.
Konfutsining sotsial tabaqalar to’grisidagi qarashlari, garchi uning asosida bilim, o’qish-o’rganish g’oyalari qo’yilgan bo’lsa ham, uning mazmuniga ko’ra aristokrat, oliy tabaqalar xukmronliginingqonuniy ekanligini isbotlashga qaratilgandir. Chunki birinchi tabaqa kishilari avval boshdanoq bilimli, adolatga intiluvchan sifatida, qolgan tabaqalarga mansub kishilar esa foyda, manfaat ko’rish shaxsiy hayot uchun harakat qiluvchilar sifatida ko’rsatiladi. Demak, konfutsiychilarning fikricha, birinchi tabaqalarning yuksak ahloqiy sifatlari zahmatkash oddiy xalq ustidan xukmronligini o’rganishini ta’minlaydi. Konfutsiyning davlatni insoniylik ruhida boshqarish g’oyasi o’z davrining ijtimoiy extiyojlaridan kelib chiqadi va xukmron guruxlar manfaatlariga xizmat qiladi. Shu bilan birga uning ta’limoti yaxshilik, odob-ahloq va ta’lim-tarbiyanint zarurligi haqidagi fikrlar bilan sug’orilgan. Davlat xalq ishonchiga sazovor bo’lmasa, hech qachon yashay olmaydi. Xukumat boshliqlari shaxsan namuna bo’lish bilan halqni tartib-qoidalarga o’rgatishi kerak. Yuqori tabaqalarning davlatni boshqarishdagi tartib va usullari quyi halq ommasiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish – bu har bir narsaning o’z joyiga qo’yilishidir.
Konfutsiy va uning davomchilari o’zlarining davlat, siyosat, adolat, yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlarini hamisha tashqi ilohiy kuchlar bilan bog’laganlar. Bu – tabiiy, albatta. Dinning inson dunyo qarashidagn mutlaq xukmronligi va umuman insoniyat taraqqiyotining o’sha davrlardagi darajasi shuni taqozo etardi.
Konfutsiychilarning, umuman barcha antik davr mutafakkirlari singari davlat masalalariga halq ommasining xayoti, odob-ahloq masalalari bilan bog’liq holda qaraganlar. Shuningdek, Konfutsiy ta’limotining bosh kontseptsiyasini falak (osmon) va uning hohish irodasi haqidagi fikrlar tashkil etadi. Uning fikricha, falak yoki osmon tabiatning bir qismidir, biroq u oliy kuch bo’lib, tabiatni ham, insonni ham yaratadi. Shunga muvofiq,xayot va o’lim taqdiri azal bilan, falakning hoxish-irodasi bilan bog’liqdir. Boylik va buyuklik ham falakning irodasiga bog’lliq. Bunday fikrlar o’z mohiyatiga ko’ra diniy bo’lib, xususiy mulk va tengsizlikning abadiy ekanligini isbotlashga qaratilgandir. Tengsizlik ma’rifat yo’li bilan o’zaro kelishish, bo’ysunish orqali xal etiladi. Buning uchun siyosat adolatli, odob-axloq doirasida bo’lishi kerakligi uqtiriladi.
Keyinchalik Konfutsiy maktabi sakkiz yo’nalishga bo’linib ketadi. Ular Konfutsiyning axloqiy-siyosiy qarashlarini qayta ko’rib chiqishga, isloh qilishga urinadilar. Lekin Men Szi rahbarligidagi maktab Konfutsiy maktabini va ta’limotini himoya qilibgina qolmay, balki uni yangi sharoitlarda yanada rivojlatirdi. Men Szi maktabi vakillari o’z qarashlariga asos qilib Konfutsiyning falak, davlat, insoniylik, yaxshilik va yomonlik g’oyalarini oldilar. Men Szi ta’limotiga ko’ra inson tabiatiga avval boshdanoq yaxshilik xislatlari xosdir, yomonlik inson tabiatiga aslo xos emasdir. Yomonlik tashqi zararli narsalar ta’sirida o’z-o’zini himoya qila olmaslikdan kelib chiqqandir. Konfutsiy kabi Men Szi xam falak (osmonni) mohiyatining ikki tomonini ko’rsatdi. Uning fikricha, falak (bu erda – XUDO) bevosita xalqqa va hukmdorga (samo o’g’liga) hamda odamlar taqdir: va davlatga tasir ko’rsatadi. Insonni sevish (JEN), adolat (I), odoblilik. xushfe’llik (Li) va bilim (Chji) inson tabiatiga xos tug’ma xususiyatdir. Insoniylik (JEN) ta’limoti asosida davlatni: «insoniy boshqarish» bosh vazifadir, boshkarishda asosiy rolini: xalq ommasi o’ynaydi, degan g’oya yotadi. Davlatda asosiy rolni xalq o’ynaydi, ruxlar, erdagi barcha narsa va xodisalar uning izidan boradi.
Men Szining bunday qarashlari o’z davri uchun katta ahamiyatga ega bo’lib, siyosat va davlatni xalq xizmatiga yo’naltirish zarurligini ta’kidlar edi.
Konfutsiy qarashlari keyinchalik Syun-Szi (er.av.313—235 yy.) tomonidan rivojlantirildi. Davlatni boshqarishda, Syun-Szi ta’limotiga ko’ra, adolatli buyruk, berish, xalqni sevish, uning an’analarini qadrlash, olimlar. oqil va donishmand kishilarni e’zozlash, davlat ishlariga qobiliyatli kishilarni jalb etish muhim ahamiyatga egadir. Boshkarishning mezoni adolat va tinchlikdir. Davlat kishilarning osoyishtaligi va o’zaro ahil bo’lib yashashlari uchun xizmat qilishi kerak, deb ta’lim berdi Syun-Tszi.
Bu borada mutafakkir Dun Chjunshu (er. av. 180 — 115 yy) ta’limoti alohida ahamiyatga molikdir. Shu yillari «Xan davri Konfutsiyasi» nomli maktab vujudga kelgan edi. Dun Chjunshu imperator universitetida dars berib, saroyga yaqii faylasuflardan biri edi. U Konfutsiy ta’limotining tan olinishini talab qilib bu ta’limotni davlat doktrinasi darajasiga ko’tardi. U imperator hokimiyatining mutlaq ekanligini isbotlashga xarakat qildi.
Eramizdan avvalgi VII—II asrlarda Xitoyda legizm dib olgan falsafiy-siyosiy yo’nalish vujudga keldi. «Legizm» - qonun degan ma’noni anglatadi. Bu ta’limotning ko’zga ko’rnngan vakillari: Guan Chjun (er. av. VII asr), Shan Yan (er, av. 390-338 yy.), Xan Fey (er. av. 280—233 yy.) hisoblangan.
Legizm o’zining axloqiy-siyosiy mohiyatiga ko’ra inson, jamiyat va davlatni boshqarish haqidagi ta’limotdir. Bu okim ilk konfutsiychilik bilan jiddiy kurashlar davomida shakllandi va rivojlandi. Bu oqim tarafdorlari kuchli, yaxshi boshqariladigan, qonunga asoslangan davlat tarafdorlari sifatida chiqdilar. Biroq. qonunga asoslanuvchi qudratli davlatni barpo etish va boshqarish usullari masalasida legizm maktabining namoyondalari hamisha ham bir xil fikrda bo’lmaganlar. Eng muhim masalalarda Konfutsiy ta’limotiga qo’shilmaslik hollari ham bo’lgan. Konfutsiychilar jamiyat xayotining markaziga insoniylik hamda kishilarning ahloqiy sifatlarini qo’ygan bo’lsalar, legizm tarafdorlari qonunni ustun qo’yadilar: «siyosat axloq bilan mos kelmaydi, sig’ishmaydi», degan tezisni ilgari surdilar. Siyosat axloqiy normalardan tashqaridadir.
Xukmdor jamiyatni muvaffatsiyatli boshqarmoq uchun kishilar ruhiyatini yaxshi bilib olsa kifoya: xukmdorning xalqqa ta’sir ko’rsatishining muhim vositasi o’z vaqtida uni rag’batlantirishni va o’z vaqtida unga jazo berishni bilishidir. Ayni vaqtida jazolash rag’batlantirishga nisbatan ustun turadi. Demak, legizm tarafdorlari aholining katta qismiga nisbatan ko’proq jazo choralari qo’llashni ma’qul ko’rganlar va buni isbotlashga xarakat qilganlar. Ularning programmasi asosini dexqxonchilikni rivojlantirish, mamlakat chegarasini kengaytirish, halq ommasini doimo itoatda tutib tura oladigan kuchli armiya tuzish tashkil qilgan. Legizm tarafdorlari qonun oldida hammaning tengligi g’oyasini ilgari surganlar, biroq amalda zolim va mustabid davlat kontseptsiyasini yaratganlar. Lekin bundan hukmdor mustasno bo’lib, uning o’zi qonun, qonun yaratuvchidir. Legizm ta’limoti ma’muriy-byurokratik mafkurani vujudga keltirib, xatto XX asr boshlariga qadar deyarli o’zgarmadi. Umuman, legizm tarafdorlari davlatni boshqarishning quyidagi masalalarini ilgari suradilar: mamlakat da iqtisodiy jarayonlar davlat tomonidan boshqariladi; mansabdor – amaldorlarni (ularning vorislik huquqini bekor qilgan holda) ma’muriy tayinlash yo’li bilan davlat apparatini borish; aslzodalik zodagonlik, amaldorlik, xarbiy xizmatuchun beriladigan imtiyozlarnipg yagona printsipini joriy etish; lavozimlarga ega bo’lishda teng imkonintlarga ega bo’lish xukmron tabaqa ichida o’zaro munosabatlarning izchil bo’lishi; amaldorning shaxsan javobgarligi; davlat apparati xodimlari faoliyati ustidan cheklovchi nazorat o’rnatish va h. o.
Legizm oqimi tarafdorlarining qarashlarida ilgari surilgan bunday talablar markazlashgan feodal davlatni mustahkamlashga, imperator xokimiyatining abadiy va mukaddas ekanligini siyosiy jixatdan isbotlashga qaratilgan edi.
Xan nmperiyasi xukmronligi ostida Xitoyning g’oyat katta territoriyasini birlashtirish avj olgan bir sharoitda Konfutsiy ta’limoti ham rasmiy mafkuraga aylanayotgan edi. Ana shu davrda yashagan va saroyga yaqin bo’lgan Konfutsiy tarafdorlarning ( Dun Chjunshu) ta’sirida konfutsiychilik ustun pozitsiyani legizm uning tarkibiga singnb ketdi; mustaqil ta’limot tugadi. Shunga qaramay uning davlat va xarbiy sohalarga oid kontseptsiyalari uzoq vaqtlargacha saqlanib qoldi.
Legizm ta’limotining rivojlanishida Sharqiy Xitoydagi Tsi podsholigida (er. av. VII asr) birinchi ministr bo’lib xizmat qilgan Guan Chjun (er.av.645 yili vafot etgan) katta rol o’ynagan. Uning siyosiy qarashlari an’anaviy vorislik. aristokratiya va aslzodalikning imperatorlik xokimiyatidagi mavqeini pasaytirishga, yakka xokimlikni mustahkamlashga qaratilgan, ana shu yo’nalishda qator islohotlar o’tkazdi. Xitoy tarixida birinchi bo’lib mamlakatni qonun asosida boshqarish g’oyasini ilgari surdi. ”Qonunlar halqning otasi va onasidir», dsydi u. Xukmdor sabdorlar, oliy va quyi, aslzoda va past tabaqalar, umuman, barcha kishilar qonunga rioya qilishlari kerak. By – davlatning boshqarishning olijanob san’atidir. Guan Chjun qonunni imperatordan ham ustun qo’yishga intildi. Biroq uning bu g’oyalari qo’llab quvvatlanmadi.
Qadimgi Xitoyda legizm g’oyalarini er. av. IV asrda yashagan Shan Yan rivojlantirdi va keng targ’ib etdi. U kambag’allashib qolgan Vey podsholigi urug’idan bo’lib, er. av. 361-Z38 yillarda podsholik qilgan Syao-Gun davrida birinchi maslahatchn lavozimida ishladi. Uning g’oyalari mutlaq xukmronlikka ega bo’lgan podsho va mustabid davlat nazariyasini yaratishga qaratilgan edi. Podsho xokimiyatini mustahkamlash, xokimiyatni yagona qo’l ostida markazlash tirish borasida qator islohotlarni amalga oshirdi. Er.av. II asrlarda yashab, ijod qilgan Xan Fey olam, uning yaratlishi va falsafiy qarashlarini yaratish bilan bir qatorda legizmning g’oyaviy-siyosiy ta’limotlarini sistemalashtirdi va tartibga soldi. Imperatorlik oilasiga mansub bo’lgan bu mutafakkir o’ziga xos huquq falsafasini yaratdi va tarixiy jarayonda halq ommasi va mulkiy tengsizlik hal qiluvchi rol o’ynaydi,degan g’oyani ilgari surdi.
Eramizdan avvalgi II asrga kelib, Xitoy Xan sulolasi tomonidan yagona imperiyaga birlashtirildi. Bu sulola vakillari imperiyani markazlashgan holda boshqarish siyosatini olib borish uchun konfutsiychilar hamda legizm ta’limotidan, ularning quyi tabaqalar yuqori tabaqalarga bo’ysunishi haqidagi siyosiy ta’limotidan foydalangandilar.
Eramizning X asrlariga kelib, konfutsiychilikni qaytadan tiklash davri boshlandi. Birok, feodal tuzumni mustahkamlash davrida konfutschiliknig eng salbiy tomonlaridan foydalanildi. Konfutsiychilikning ko’p asrlar davomida Xitoy halqining ahloqiy-siyosiy qarashlarini belgilovchi ta’limot sifatida yashadi, rivojlantirildi va targ’ib etildi. Turli xukmdorlar, imperatorlar va sulolalar davrida Konfutsiy ta’limotiga turlicha munosabatlar bildirilgan bo’lsa ham, Xitoy xalqining eng buyuk donishmandi va ustozi hisoblangan Konfutsiy ta’limotiga, unda ilgari surilgan ahloqiy va siyosiy g’oyalar hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emasdir.
Qadimgi Xindistonda ahloqiy-siyosiy qarashlarning vujudga kelishi SIDDXARTXA GAUTAMA BUDDA (er. av. 624 – 544 yy.) va uning ta’limoti (buddizm) bilan bog’liqdir. Sharq falsafiy-siyosiy qarashlarida ham hamisha ahloq tenglik, adolat, yaxshilik va yomonlikning o’zaro kurashi haqidagi masalalar muhim o’rin egallagan.
Qadimgi xind rivoyatlariga qaraganda Budda qayta-qayta dunyoga kelgan. U so’nggi marta Gautama qabilasining podshosi xonadonida tavallud topgan. Qadimgi xind adabiy yodgorliklarida Buddaning tarixiy shaxs ekanligi ta’kidlanadi.Budda 80 yillik umrining 40 yilini ta’limotni targ’ib etishga bag’ishlagan.Uning ta’limoti to’rtta«olijanob haqiqat» ni o’z ichiga oladi. Bular: 1) xayot, mavjudlik azob-uqubatdan iboratdir; 2) azob-uqubat asoslari insonning o’zida, uning xokimiyatga, boylikka, huzur-halovatga bo’lgan intilishlarida, umuman, uning hoxish-istaklarida joylashgandir; 3) azob-uqubatning tugashi hoxish-istaklardan voz kechishga bog’liqdir; 4) buning uchun quyidagilarni o’z ichiga oluvchi sakkiz o’lchamli olijanob yo’l mavjud: odil nuqtai nazar, odil niyat odil so’z, odil hulk, odil xayot, odil ta’limot, odil mushohada va odil fikrlash.
Buddizmning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati eng avvalo odamlarning tengligi haqidagi g’oyalari bilan belgilanadi. Kishilarni adolat yo’liga da’vat etish, ularni jonli mavjudotlarni o’ldirishdan, o’g’rilik, yolgonchilik, ichkilikbozlik kabi illatlardan saqlanishga, oilaga va vatanga sadoqatli bo’lishga chaqirish singari ahloqiy qarashlar qadimgi Xindistonda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy qarashlar mag’zini tashkil etadi.
Shunday qilib, Qadimgi Xitoy va Xindistonda turli siyosiy maktablar ijtimoiy taraqqiyot extiyojlarining mahsuli sifatida vujudga keldi va rivojlandi. Ayniksa; Konfutsi ta’limoti kup asrlar mobaynida (er. av. Ill—I asrlarda) markazlashgan imperiyaning qaror topishi bilan rasmiy davlat doktrinasi bo’lib koldi. Eramizniig I asrlariga kelib, Xitoyda buddizmning yoyilishi tufayli uch siyosiy ta’limot — konfutsiychilik, daosizm, buddizmning bir-biriga bo’lgan ta’siri kuchaydi. Diniy va siyosiy ta’limotlar ta’sirida asta-sekin podsho, xukmdor xalq va davlatning tarbiyachisidir, degan g’oya qaror topa boshladi. Davlat qudratli tarbiya muassasasi sifatida talqin etilib, u davlatni boshqarish maqsadida taqdirlash yoki jazolash usullaridan foydalanishi mumkin, xokim fuqorolarning otasidir, degan ta’limot ilgari surildi. Jazolash sistemasini belgilovchi qonunlap keng qamrovli va qat’iy bo’lib, ko’prok oddiy fuqorolarga nisbatan joriy etilgan, aslzoda, boy-badavlat kishilar uchun esa egallagan lavozimlariga qarab qo’llanilgan.
Qonun va qoidalar dao-buddizm ta’limotida ilgari ideal davlatdagi umumiy tenglik, oliy ijtimoiy uyg’unlik va adolat printsiplari asosida ishlab chiqilgan. Unda dehqonlar ommasining qarashlari, orzu-umidlari, ularning talablari yorqin namoyon bo’lgan. Dehqonlar qo’zg’olonlari ba’zan g’alaba qozongan, aholining quyi tabaqalaridan chiqqan yo’lboshchilar xatto imperator darajasiga ko’tarilgan. Bunday xolatlarni Konfutsiy ta’limoti xokimiyatdan ag’darilgan imperator xudoning marxamatini oqlamadi, «falak»ning davlatni boqarish uchun bergan vakolati bajarilmadi, buning uchun uning o’zi aybdor, xokimiyatdan ayrilish ham osmonning hoxishi,deb tushuntirgan.
Qadimgi Xitoy mutafakkiri Men Tszi (372—280 yy) Konfutsiychilikning bu ta’limotini «layoqatsiz xukmdorni almashtirish xalqning tarixiy xuquqi, chunki xukmdor avvalo xalq to’g’risida g’amxo’rlik qilishi uning farovonligi haqida o’ylashi zarur», deb talqin etdi, uni siyosiy kurashlar davriga moslashtirdi. Konfutsiychilik nazariyasi aristokratlarning manfaatlariga mos ravishda o’zgarib borgan. Siyosiy tartiblarni saqlab imperator atrofidagi konfutsiychilar saroy to’ntarishini amalga oshirmoqchi va o’zlariga yoqmagan xukmdorni og’darmoqchi bo’lsalar, imperator osmonning “ogoxlantirishiga» quloq solmadi, shuning uchun u qurg’oqchilik, tabiiy ofat va kasalliklarni,mash’um dushmanni yuboradi, degan g’oyani ilgari surganlar.
Shunday qilib, Konfutsiyning ahloqiy-siyosiy qarashlari feodal tuzumning mustahkamlana borishi bilan siyosiy-g’oyaviy platformaga aylanib borgan. Siyosiy tartiblarni saqlab qolish maqsadida vaqti-vaqti bilan turlicha islohotlar amalga oshirilgan, dehqonlarga ayrim imtiyozlar berilib, buddizm va daotsizmning hukm-xukmronligini cheklash uchun ba’zi tadbirlar belgilangan.
Ana shunday g’oyaviy-siyosiy qarashlar Xindistonda ham rivojlangan. Xindiston, Eroy, Mesopotamiya, Misr singari mamlakatlar jahon tsivilizatsiyasining markazi bo’lgan. Qadimgi xind madaniyatining yozma yodgorliklaridan bo’lgan «VEDA» hamda «Mahobhorat” insoniyat tarixidagi eng noyob yodgorlik bo’lib, unda ilk marta odob-ahloq,, siyosat, davlat masalalari yoritilgan. Yana bir yodgorlik Maur imperiyasining asoschisi Chandraguptaning do’sti Kautilning «Artxashastra» («Davlat qurilishi haqidagi fan asaridir. Xindistonning buyuk davlat arbobi J. Neru Kautilning siyosiy risolalarini yuqori baholab, Kautilning davlatni boshqarish haqidagi nasihatlari uni Xindiston Makiavellisi deb atashga asos bo’la oladi. Kautil o’zining aqli va amalga oshirgan ishlari bilan o’z davri saviyasidan ancha ilgarilab ketgan,deb yozdi. Darhaqiqat, eramizdan avvalgi IV asrda yashagan Kautil davlatni boshqarish masalalariga oid qarashlari bilan Ovrupaning XVI asrdagi mutafakkiri Makiavelli darajasida bo’lsa, urush va siyosatning o’zaro munosabati va urushlarning mohiyatini tushunishda XIX asr nemis generali Klauzevitsdan bir necha ming yilga ilgarilab ketgan edi. U urushlar siyosatning tahqi jihatdan davom |etishidir deb yozgan edi.
Maurlarning yakka hokimlikka asoslangan davlati eramizdan avvalgi 321 yili vujudga kelgan. Kautil ana shu imperiyaning g’oyaviy va siyosiy rahnamosi edi. Maur hukumati shahar va qishloq jamoalarining o’z-o’zini idora qilish huquqini e’tirof etar va ayni xo’jalik ishlab chiqarishi, qarz foizi, narx – navo, tosh-tarozning to’griligi ustidai nazorat o’rnatish oroqali jamiyat xayotini tartibga solar edi. Bu xokimiyat qurg’oqchilik va ochlik yillari etim-esir, nogiron va keksalarga yordam uyushtirgan.
Sharq siyosiy tafakkurining an’analariga muvofiq agar o’zini nomunosib tutsa, u halq tomonidan ag’darib tashlanadi, degan qoida Hindiston ijtimoiy-siyosiy ta’limotlarida ham o’z ifodasini topgan. Biroq siyosat hamisha xukmron sinflar manfaatlarni himoya qilib kelgan. U o’rta asrlarda siyosiy davlat tuzilishlari, huquqiy-siyosiy qarashlar asta-sekin takomillashib borgan. Hindistonda o’z-o’zini boshqarish uzok davrlargacha saqlanib kelgan, amal dorlar va shohlarni saylash o’rnini vakolatli kishilarni tayinlash egallay boshlagan, jamiyatning toifalarga bo’linishi qa’tiy tus olgan.
Hamma davrlarda ham siyosiy qarashlar markazida davlat, siyosiy hokimiyatni egallash, uni boshqarish, himoya qilish, siyosiy hokimiyatdan foydalanish masalalari turgan. Har qanday ijtimoiy masalani hal etish hoknmiyat masalasi bilan bogliq bo’lar ekan, bu masala qadimgi dunyo mutafakkirlarining asarlarida chuqur va atroflicha yoritilgandir.
Inson va siyosatning uzviy bog’liqligi – qadimgi dunyo mutafakkirlari uchun hech qanday shubhaga o’rin qoldirmaydigan haqiqatdir. Antik dunyo siyosiy tafakkurining xarakterli xususiyati shundaki, unda mushohadaga asoslanuvchi nazariyalar amaliy siyosat bilan uygunlashib ketgandir.
Eng yaxshi davlat tuzumi qanday bo’lishi kerak, degan masalani o’z zamondoshlariga nisbatan yorqinroq va keskinroq qo’ygan ulug’ mutafakkir afinalik PLATON (er. av. 427—347 yy.) edi. Platon asarlarining aksariyati suhbat, munozara, savol-javob tarzida bo’lib, ularning ko’pchiligi bizgacha etnb kelgan. Platon otasi tomonidan Afinaning so’nggi podshosp Kodr avlodiga, onasi tomonidan esa o’z davrining «etti donishmand»laridan biri bo’lgan qonunshunos Slonim oilasiga mansub edi. Platon ustozi Sokrat qatl etilganidan keyin Afinani tark etib, yaqin mamlakatlarga sayohat qiladi. Afinaga qaytgach, «Akadem» deb ataluvchi bog’da falsafa maktabi – Akademiya tashkil etib, unda falsafiy-tarbiyaviy ishlar bilan mashg’ul bo’ladn.
Uning falsafiy-ahloqiy qarashlarining shakllanishida ustozi Sokratning (Suqrat) ta’siri katta bo’lgan. Sokrat insoniyat tarixidagi buyuk donishmanddir. Biroq u falsafaga oid bironta ham asar yozib qoldirmagan. U o’z qarashlari va g’oyalarini og’zaki bayon etgan, turli mavzularda munozaralar tashkil etgan; adolat, haqiqat,odob-ahloq haqida kishilarni fikrlashga undagan, ular bilanbahslashgan. Sokrat g’oyalari keyinchalik uning shogirdlari: Platon va Ksenofont asarlarida o’z aksini topgan.
Sokratning siyosiy-ahloqiy qarashlari shunday ishonch-e’tiqodga asoslanganki,unga ko’ra hokimiyat eng yaxshi, ya’ni axloqli, odil va boshqarish uquvi va tajribasiga ega bo’lgan fuqorolarga tegishli bo’lishi kerak. Shu nuqtai nazardan Sokrat Afina demokratiyasini qattiq tanqid ostiga olgan.
Platon ustozi Sokrat siymosida haqiqat va yaxshilik uchun tolmas kurashchi va mutafakkirni ko’rgan, uning izidan borishga harakat qilgan. Platon falsafa, adabiyot, matematika, astronomiya, logika (mantiq) singari fanlarga oid ko’plab asarlar yaratgan. Uning siyosat, davlat, uni boshqarish shakllari singari ijtimoy-siyosiy masalalarga oid asarlari ham ancha salmoqlidir.
Platon falsafiy asarlarida moddiy olamni, real borliqning birlamchi ekanligini inkor etdi va g’oyalar olamini haqiqiy va real olam deb tushuntirdi. Uning «Davlat» asarida bayon etilgan ideal davlat haqidagi qarashlari ham ana shunday nuqtai nazarga asoslangandir.
Platon fikricha, bir zamonlar ideal davlat mavjud bo’lgan, biroq davrlar o’tishi bilan uning mohiyati buzilgan. U ideal davlatning g’oyadan tobora uzoqlashish evolyutsiyasini ko’rsatishga harakat qildi. Platon taklif etgan ideal davlatning asosiy printsipi adolat bo’lib, fuqorolik xayoti ana shu printsipga asoslangandnr. Har bir fuqoroning tabiatiga mos keluvi alohida mashg’ulot, vazifa ajratilgandir: har bir odam o’z g’oyasiga sodiq bo’lishi kerak. Har kim o’z mohiyatiga muvofiq ravishda faoliyat ko’rsatsagina ideal davlat ro’yobga chiqadi. Biroq odamlar bir xil emaslar, ular o’rtasida muayyan farqlar mavjuddir. Shuning uchun jamiyat faylasuf-boshqaruvchilar, xarbiy-posbonlar, xunarmand-ishlab chiqaruvchilap tabaqasiga bo’lingandir. Platon bu uch tabaqani insonning birinchi istagi, qalbi bilan bog’ladi: aql-zakovat, qaxr-g’azab, xohish-istak singari insonning ichki xususiyatlari bilan izohladi. Davlat bilan insonni taqqoslash asosida ideal davlatda har bir fuqaroni ijtimoiy hayotga bo’lgan munosabatlari bir xil bo’lmog’i kerak, degan g’oyani ilgari surdi. Insonning o’z qadr – qimmati va xatti-harakatdagi mustaqilligini inkor etdi. Bunday harakatlar Platon fikricha, g’oyadan uzoqlashish, ideal davlatning buzilishidir. Platon aristokratlar oilasiga mansub bo’lganligi tufayli ham,ideal davlat aristokratlar (yaxshilar xokimiyati) bo’lgan deydi. U o’z asarlarida aristokratik nuqtai nazardan turib,xukmdor va posbonlarga alohida e’tibor berdi, hunarmand-ishlab chiqaruvchilarga esa kam o’rin ajratdi. Uning fikricha, so’nggi tabaqa, shubhasiz, yomonlikdir, chunki ular ishlab chiqarish bilan band bo’lganlnklari tufayli boylik orttirishga intiladilar. Ular oxir-oqibatda deal davlatni halokatga olib keladilar. Davlatning har bir tabaqasi uchun o’ziga mos mashg’ulot, noyob hunar ajratilgan bo’lsa ham, xukmdor va posbonlarni tarbiyalashning alohida sistemasi bo’lishi kerak, kerak, ular musiqa va gimnastika bilan shug’ullanishlari kerak. Bu esa ularni aql-idroki va Vatanga muhabbatini mustahkamlaydi, jismonan chiniqtirib, Vatan himoyasiga tayyorlaydi. Yuqori tabaqa kishlari keyinchalik o’z qiziqishlariga qarab arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa bilan shug’illanishlari mumkin. Ilm-fangina haqiqiy g’oyani olib keladi, xayolotga o’rin qoldirmaydi. Yuqori tabaqa kishilari fanlarning, ayniqsa, falsafiy bilimlarning asosi bo’lgan dialektikani o’zlashtirganlaridan keyingina davlat ishlariga qo’yiladilar, lekin hukmdorlik lavozimiga ellik yoshga to’lib, yaxshilik g’oyalarini davlat hayoti bilan bog’lay olganlaridan keyingina qo’yilishlari kerak.
Platon g’oya hamma narsaning asosidir, degan ta’limotiga sodiq qolgan holda ideal davlat boshida faylasuflar turmog’i kerak, deydi. Chunki kishi g’oyalarni anglab etganidan keyingina yaxshi fazilatlarga ega bo’ladi, haqiqiy bilimlar sohibi bo’la oladi.
Davlatning asosiy vazifasi. maqsadi aholining eng ko’p qismini yaxshi hayot bilan ta’minlashdan iboratdir.
Platonning ideal davlati (ijtimoiy tabaqalarga mos ravishda) 4 ta yaxshi fazilati bilan xarakterlanadi. Birinchidan, donishmandlik, donolik bo’lib, davlatni boshqarish vazifasini bajarayotgan faylasuflarni boshqalardan ajratib turadi. Ikkinchidan bahodirlik, mardlik bo’lib, bu posbonlarning vazifasidir. Uchinchi va to’rtinchidan, yaxshi fazilat ideal davlatning hamma qismiga taalluqli bo’lib, bu mulohazkorlik va oqillikdir.
Platonning ideal davlat haqidagi g’oyalari Qadimgi Gretsiyada keng tarqalgan bir-birin almashtiruvchi besh avlod haqidagi afsonaga asoslangandir. Unga ko’ra birinchi avlod oltin avlod bo’lib, Platon fikricha, unga erishish mumkin emasdir. Bu avlod hamma yaxshi fazilatlarga ega bo’lib, aristokratik ijtimoiy tuzum ana shu avlodlar davrida yaratilgan. Keyingi avlodlar axloqiy jihatdan birinchi avloddan tobora begonalashib borgan, tobora o’zining ideallik xususiyatini yo’qotib borgan. Platon davlat tipining qolgan to’rt tipini ham tavsiflagan. Aristokratik davlat tuzumidan keyin timokratiya (shuxratparastlar hokimiyati) vujudga kelgan. Bu davlat o’zining ko’p jihatlari bilan avvalgi ideal tuzumga ancha yaqindir. Lekin yaxshi fazilat va axloqiy sifatlarni avloddan-avlodga bera olmaganligi tufayli ideal davlat emirila boshlagan.bu tuzum odamlari uchun boylikka xirs qo’yish xarakterlidir. Lekin Platon boylikni emas, balki kishilarning g’oyadan uzoqlashib, moddiy olam tomon intilishlarini qoralaydi. Timokratiya fuqorolariga, ayniqsa, xukmron boshqaruvchi va xarbiylarga shon-sharafning o’zi kifoya qilmay qoladi, ular boylik to’plash, bu bilan o’z martabalarini mustahkamlash uchun harakat qiladilar. Shunday qilib, shuxparastlik xokimiyatini shuhratparastlik xalok qiladi.
Platon timokratiyadan keyingi davlat tartibini oligarxiya (ozchilik hokimiyati) deb atadi. Timokratiya davlatidan kelib chiqqan bu tartib mulkka, boylikka nntilishning oqibatidir. Unda xokimiyatni davlatmand kishilar boshqaradilar, kambag’allar davlat ishlaridan chetlashtiriladi. Agar ilgarigi davlat tuzumida shon-sharaf, shuxrat birinchi o’rinda turgan bo’lsa, bu davlatda boylik ortirish asosiy maqsad bo’lib qoladi. Bu – davlat emirilishining bosqichi hisoblanadi.
Bir vaqtlar boshlangai davlat inqirozini oligarxiya o’rniga kelgan demokratiya yanada chuqurlashtiradi. Bu davlatni boshqarishda qullardan boshqa barcha fuqorolar qatnashadilar.
Platon fikricha, demokratiya (xalq xokimiyati) kambag’allar g’alaba qozonganidan keyin, o’z raqiblarining bir qismini tugatib, bir qismini badarg’a etib, qolganlarini tenglashtirganidan keyingina amalga oshadi. Bu o’rinda Platonning demokratiya xaqidagi fikrlari alohida e’tiborga loyiqdir. Huquqlarning umumiy teng bo’lishi, deb hiso6laydi u, demokratiyani shunday bir davlat tuzumiga aytiradiki, unda xamma siyosiy tartiblar bir-biri bilan qo’shilib ketadi, fuqarolar o’zlarining tenglik huquqlaridan foydalanib, nimani xoxlasa, o’shani qilish imkoniga ega bo’ladilar. Huquq tengligi fuqarolarning qarashlari va xatti-xarakatlarining turlicha bo’lishiga olib keladi, chunki «demokratik odam» uchun asosiy qadriyat erkinlik hisoblanadi. Biroq ana shu erkinlik demokratiyani xalok qiladi: jamiyat birligining buzilishiga olib keladi. Davlat uchun uning birligini yo’qotish va uni ko’plab qismlarga parchalanib ketishidan ham daxshatlproq yovuzlikning bo’lishi mumkin emas, deb yozadi Platon. Demokratik tuzumdagi erkinlik shunday vaziyatni vujudga keltiradiki, fuqarolarnng har biri o’zining mutlaq xaq ekanligini da’vo qila boshlaydi, ijtimoiy va jamoa aloqalari buziladi, butun ijtimoiy tartiblarni qayta qurish boshlanadi. Bunday tartibsizlik sharoitda davlatni saklab qolishning birdan bir yo’li faqat zo’rlikka asoslanuvchi tiraniya (bir kishining noqonuniy hokimiyati) tuzumidir.
Shunday kilib, demokratiya tuzumidan keyin vujudga keladigan davlat tiraniya, ya’ni zo’rlik va zolimlikka asoslanuvchi siyosiy tartibotdir. Platon bu tuzumni eng yomon davlat qurilishi deb atadi, chunki bu jamiyatda barcha fuqarolar erkinligi yo’q qilinadi, o’z manfaatini barcha fuqarolar manfaatidan ustun quyuvchi tiraniyaning – zolim hukmdorning xokimiyati o’rnatiladi. Quyidagi ikki sababga ko’ra bu davlat boshqaruvi o’ta salbiy tartibotdir. Birinchidan, fuqarolar bu tartibot sharoitida g’oyalarga emas, balki bitta odamga tobe bo’ladilar, ikkinchidan, butun insoniyat jamiyatining manfaatlari zolim xukmdor manfaatlari bilan almashtiriladi: davlatning maqsadi shaxs maqsadi sifatida yuzaga chiqadi. Bunday tuzum Platonning ideal davlat, g’oyalar va davlatning o’zaro mos kelishi to’g’risidagi qarashlariga tamoman ziddir. Shuning uchun ham bu tuzum jamiyat va davlatning inqirozga yuz o’girishining yuqori bosqichi hisoblanadi.
Platonning siyosiy qarashlari uchun hayolot elementlari ham xosdir. U birinchi bo’lib aslida mavjud bo’lmagan adolat tuzum xaqida yozdi. U bunday adolatli tuzumni yangi davr hayolparastlaridan farqli ravishda kelajakdan emas, balki o’tmishdan izladi. Bu xususiyat Platon yashagan davr bilan bog’liq edi.
Platonning bunday qarashlari keyinchalik xristianlik g’oyalarida ham o’z ifodasini topdi.
Platon uch davlat tipini ajratib, ularning xar biri ikki xil shaklga ega ekanligini ko’rsatdi: 1) Monarxiya – bir odamning hokimiyati a) qonuniy va b) noqonuniy bo’lishi mumkin; 2) demokratiya – xalq xokimiyati: a) qonuniy, b) yomon (zo’rlikka asoslangan); 3) aristokratiya – ozchilik xokimiyati: a) yaxshy (ma’rifatli), b) yomon (zo’rlikka asoslangan) bo’lishi mumkin.
Platon ideal davlatdan boshqa barcha davlat shakllarini qattiq tanqid qildi. Ulug’ faylasuf moddiy manfaatga, savdo va manfaatga nafrat bilan qaradi. Uning fikricha, xaddan tashqari katta boylik, mulkdorlik asosida tabaqalanish jamiyatni xalokatga olib keladi. U umumiy ovqatlanishni tashkil qilish yjtimoiy tenglikni qaror toptirishga yordam beradi, deb o’yladi. Insonparvar mutafakkir sifatida zo’ravonlik va o’lim jazosiga qarshi chiqdi. Biroq uning gumanizmi antidemokratik xarakterga ega bo’lib, demokratiyani xokimiyat shakli sifatida tan olmadi.
Platonning «Davlat», «Siyosat» asarlarida uning siyosat xaqidagi qarashlari axloq masalalari bilan uzviy bog’lanib ketgan. U xar bir kishiga xos bo’lgan yaxshi fazilat, xislat, ezgulikni adolatli jamiyat bilan kelishtirishga harakat qiladi. Biroq haqiqiy ezgulikni siyosiy tartib bilan qo’shish mumkin emasligini anglab, yillar o’tishi bilan ideal davlat haqidagi xayoldan reaktsion totalitar davlat tuzumi to’g’risidagi g’oyaga o’ta boshladi. Xayotining so’nggi yillarida yozgan «Qonunlar» asarida ideal davlatni qonunlarga muhtoj bo’lmagan jamiyat deb tariflagan faylasuf davlatga cheklanmagan va nazoratsiz xokimiyat huquqini berdi. Bu asarida individual va ijtimoiy hayotni qat’i chegaralashni o’zaro bo’ysundirishni va kelishtirishni zarur deb ko’rsatdi. Bu – ideal davlatni tiklamasada, alohida individlarning xohish istaklarini tartibga solish imkonini beradi. Platon tomonidan ideal jamiyat haqidagi g’oyalarning ilgari surilishi keyingi asrlar davomida siyosiy tafakkurning bundan keyingi rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Qadimgi Gretsiyada butun bir, siyosiy qarashlar sistemasini yaratgan qomusiy olim va faylasuf ARISTOTEL (er. av.384 - 322 yy.) Platon akademiyasining iste’dodli talabalaridan biri bo’lib, quldorlik demokratiyasining emnrilish davrida yashadi va ijod qildi.
Aristotel jamiyat va davlat xokimiyatining turlari to’g’risidagi g’oyalarni sistemalashtirdi va yanada rivojlantirdi. Ulug’ faylasuf dualizm pozitsiyasida turib, moddiy narsalarga g’oyalarning mujassamlashuvi deb qaradi. Uning siyosiy qarashlari mashhur «Siyosat» asarida mujassamlashdi. Aristotel Platon singari o’z ilmiy faoliyatida siyosiy tartibotlarni tasnif (klassifikatsiya) qilishga alohida e’tibor berdi. Ustozi kabi davlat tuzumi tasnifini belgilovchi asos sifatida yaxshilik, ezgulik singari sifatlarni oldi.
Aristotelning siyosiy nazariyasi o’sha davrdagi davlatni boshqarishda erishilgan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirishga asoslangan edi. U 158 polis (shaxar-davlat) haqida boy materiallar to’plab, ularni o’rgandi va davlat, siyosiy tartiblar haqidagi ta’limotini yaratdi. Aristotel yaxshi fazilatga ega bo’lgan uchta davlat tuzumini va ularga zid bo’lgan uch siyosiy tartibotni ko’rsatdi. Uning davlat tuzumi to’g’risidagi g’oyalar mavjud ijtimoiy tuzum hususiyatlaridan kelib chiqar edi.
Aristotel quldorlik jamiyati va undagi sinflarni abadiy, deb, jamiyatning qullar va quldorlarga bo’liniishni qonunlariga muvofiq deb xisobladi. Uning fikricha, tuzumining uch tipi ijobiy xususiyatga, uch siyosiy tartib esa salbiy hususiyatga egadir. Davlat tuzumining monarxiya, aristokratiya va politiya tiplari ijobiy hususiyatga ega. Ularga zid ravishda davlatning uch salbiy tipi mavjuddir. Monarxiyaning buzilishi tiraniyaga, aristokratiyaning buzilishi oligarxiyaga, politiyaning buzilishi esa demokratiyaga olib kelishi mumkin.
Aristotelning davlat tuzumi tasnifida bitta yangi tushuncha – politiya tushunchasi qo’llanildi. Bu tushunchani olngarxiya va demokratiyaning qo’shilishidan vujudga kelgan siyosiy xokimiyatini ifodalash uchun qo’lladi. Boshqacha kilib aytganda politiya «o’rta sinf» davlati tuzilishini ifodalaydi.
Demak, Aristotelning siyosiy tartib tasnifi ikki qarama qarishi mezonga asoslangandir. Birinchi nuqtai nazarda davlat qurilishi tiplari ijobiy va salbiy tomonlarga ajratiladi, ikkinchi nuqtai nazarda esa asosiy o’lchov qilib hokimiyat tushuinchasi olinadi. U siyosiy tartib o’rtasidagi tafovutni hokimiyatni boshqaruvchilar sonidan keltirib chiqardi.
Monarxiya davlat tuzumi sharoitida davlatni bir kishi boshqarsa, politiya shaxar-davlatdagi erkin axolining hokimiyatidir. Arestotel davlat tuzumini tushuntirishda o’zining dualistik falsafiy kontseptsiyasiga tayandi: ideal davlatni ham ikki tipga ajratdi. Birinchisi namunali davlat qurilishi bo’lib, u uzoq vaqtgacha jamiyat barqarorligini ta’minlab bera oladi. Boshqacha qilib aytganda, u amaliy siyosatning ideal ko’rinishidir. Namunali siyosiy tartib sifatida politiyani ko’rsatdi. Politiya o’rta siiflarga xukmronlik qiladi va ehtimol tutiladigan so’nggi halokat chegarasida ham davlat tuzumini saqlab qola oladi. Ideal davlat qurilishiga alohida ahamiyat bergan Aristotel shunday davlat yashab qolishining muhim sharti sifatida aholi soni va territorial hususiyatni ko’rsatdi. Har qanday davlat o’z-o’zini ta’minlashga va himoya kilishga qodir bo’lmog’i kerak. Shunday qilib, davlat aholisining moddiy ta’minlanganligi va o’z-o’zini himoya qilish qobiliyati yashab qolishning birdan-bir shartidir.
Ideal davlatning ijtimoiy tuzilishi hakida gap ketganda Arestotel aristokrat sifatida fikr yuritdi. Uning fikricha, xunarmandlar fuqorolikdan chiqarilishlari kerak, chunki ular shug’ullanadigan kasb – kor, mashg’ulot yaxshilikka olib kelmaydi, davlat fuqorolari sifatida dehqonlar qolishi mumkin. Fuqarolar jamoa eridan foydalanish natijasida vujudga keladigan umumiy ovqatlanishda qatnashishlari kerak. Aristotel erni jamoa va hususiy mulk sifatida taqsimlab berish hakida mulohaza yuritib, fuqoroning ayni bir vaqtda ikkita er uchastkasiga ega bo’lishi, ijtimoiy erning biridan keladigan daromad diniy marosimlar xarajatini qoplashga, ikkinchisidan olinadigan daromad esa umumiy ovqatlanishga sarflanishi kerak, deb hisobladi. Ideal davlat siyosiy tuzilishining o’ziga hos hususiyatlari ustida to’xtalar ekan, Arestotel bu jamiyatni butun tafsiloti bilan ta’riflash shart emas, deb ta’kidladi.
Arestotel garchi Sokrat va Platonning ilmiy an’analarini davom ettirgan bo’lsa ham uning qarashlari uchun uddaburonlik, tadbirkorlik, greklargaxos real ijtimoiy-siyosiy hayotga moslashuchanlik sifatlari harakterlidir. Davlatning vujudga kelishi va vazifalari to’g’risidagi qarashlarida bu narsa yanada yaqqolroq ko’zga tashlanadi. U inson tabiatan siyosiy maxluk bo’lgani kabi polis (shaxar-davlat) ning tashkil topishi ham tabiiydir. Shuning uchun ham davlatni suniy ravishda qaytadan tashkil etish shartmas. Demak, Arestotelning fikricha, davlat, oila va hususiy mulk tabiiy taraqqiyot mahsulidir, ularni tugatishga urinish tabiatga nisbatan zo’rovonlik qilish bilan barobardir. Oila qishloq jamoasini, qishloq jamoasini esa polis (shaxar-davlat)ni keltirib chiqargan.
Arestotel quldorlik demokratiyasi davrida yashagan yuqori tabaqaga mansub mutafakkir sifatida jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishini tabiiy va zaruriy hol deb hisobladi va ana shundan kelib chiqib, fuqorolarning vazifalarini belgiladi. Uning fikricha, fuqorolarning vazifalari ularning yoshlariga qarab ham taqsimlanishi kerak. Fuqarolar yoshligida ideal davlatni tashqi dushmanlardan himoya qilish bilan, keksayganida esa siyosiy maslahatlar berish bilan shug’ullanishlari kerak. Ideal davlatda jismoniy mehnat va savdo erkin dexqonlar va qullarning vazifasidir. Qul va xo’jayin xuddi er-xotin singari polis (shaxar-davlat) sotsial strukturasining zarur elementidir.Aristotel monarxiya, aristokratiya va politiya davlat tiplarini aqlga muvofiq keladigan davlat tuzilishlari deb ko’rsatgan bo’lsa, tiraniya, oligarxiya, haddan tashqari demokratiyani oxlokratiya (olomon xokimiyati) ni aynigan, buzoq, yaramas, siyosiy tartiblar, deb baholadi.
Aristotel ta’limotining Platon qarashlaridan farqi ediki, u real hokimiyatni ideal hokimiyatdan farqladi, siyosiy masalalarni tadqiq, etishga amaliy yondashdi. Aristotel uchun ikkita davlat shakli mavjud bo’lib, biri o’rta hol fuqarolar manfaatini ifodalaydi, ikkinchisi — uning shaxsiy qarashlari asosida vujudga keltiriladi. Kishilar siyosiy birlashuvining mag’zi yaxshi fazilat, saxovat va ezgu niyatdir.
Aristotelning muhim xizmati shunda ediki, u ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilishni ikdisodiy jarayonlar bilan bog’ladi. Bu borada ham u zamondohlaridan ilgarilab ketdi.
Shunday qilib, Platon va Aristotel qarimgi Gretsiyaning buyuk mutafakkirlari bo’lib, o’sha davrdagi hukmron g’oyaviy siyosiy qarashlar ularning asarlarida o’z ifodasini topdi. Shuningdek qadimgi dunyoda yashab ijod etgan ulug’ allomalar: tarixchi, faylasuf va adabiyotchilarning – Gerodot, Fukidid, Tatsit, Tsitseron singari mutafakkirlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlari ham muhim ahamiyatga egadir. Ulug’ rus mutafakkiri V. G, Belinskiy buyuk grek faylasufi Platon asarlari haqida: «Mana bu klassik- zaminda insonparvarlik, jasorat, tafakkur va ijodkodkorlik urug’lari unib chiqdi. Har qanday jamiyatchilikning avvali, uning dastlabki namunalari, oliy g’oyalari o’sha erdadir» - deb yozgan edi. Bu chin tarixiy haqikatdir.