Adabiyotlar.
1. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida T. O‘zbekiston 2011.
2. Karimov I.A. Inson manfaati , huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo‘lishiga erishish bizning bosh maqsadimizdir. T.O‘zbekiston 2012.
3. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarning qo‘shma majlisidagi nutq. T.O‘zbekiston 2016. 56 b.
4. Mirziyoev SH.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.T.O‘zbekiston 2017.104 b
5. SHarifxo‘jaev M. O‘zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatini shakllanishi. T. SHarq, 2003
6. Qirg‘izboev M.Fuqarolik jamiyati genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. T.O‘zbekiston,2010
9-Mavzu: FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI.
REJA:
1. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining nazariy asoslarini yaratilishi va ularning umuminsoniy hamda milliy jihatlari.
2. Fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini shakllanishi va rivojlanishi.
3. Fuqarolik jamiyati tizimida mahalla va o’zini o’zi boshqarish organlarining o’rni.
Mavzuning tayanch iboralari:
Fuqaro, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, nomarkazlashtirish,o’zini o’zi boshqarish, nodavlat notijorat tashkilotlar, harakatlar, o’zini o’zi boshqarish, fuqarolar yig’ini, mahalla, mahalliy hokimiyat.
XX asrning 80-yillari oxiri - 90-yillar boshida totalitar tuzumdan endigina xalos bo’lgan, o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan O’zbekistonda yangi jamiyat va davlatni bunyod etish islohotlarining jahon tajribasining qanday yo’lidan borishi hali aniq va ravshan emas edi. Xalqimiz tarixi, dunyoqarashi, ma’naviyati, milliy manfaatlari va milliy an’analari, manfaatlari va orzu istaklaridan kelib chiqib fuqarolik jamiyati va demokratik printsiplarni o’zida mujassam etgan siyosiy tizimni tashkil etishga qodir bo’lgan Konstitutsiya qabul qilindi. Respublikada fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning siyosiy va huquqiy kafolatlari qisqa muddatlarda yangi Konstitutsiya va boshqa qonunlarda o’z ifodasini topdi. Natijada fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun huquqiy asoslar tug’ildi. O’zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish islohotlari eng murakkab va mashaqqatli sinovlarni kutmoqda edi. Chunki, mamlakatda eskidan meros bo’lib qolgan davlatchilik an’analari va totalitar jamiyat asoratlari hali saqlanmoqda edi. Shuningdek, xalqning ham hali yangi jamiyat qurish va uni tashkil etishga doir tajribasi kam, ruhiyati va siyosiy madaniyati esa fuqarolik jamiyati to’g’risidagi tasavvurlardan ancha uzoq edi. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishning asosiy kafolati, ya’ni ularning huquqiy asoslarini yaratish maqsadlarida 1991 yilning 15 fevralida O’zbekiston Oliy Kengashi «O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. Mazkur qonun respublikada faoliyat yuritib kelayotgan jamoat birlashmalari faoliyatini tubdan isloh qilishga, ularni sobiq yakkahokim mafkuradan poklanishiga, shuningdek, jamoat birlashmalari tizilmalarini davlat va hukumat tizimidan ajratishga huquqiy shart-sharoitlar yaratib berdi. Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida birinchi marta mazkur qonunda jamoat birlashmalarining maqsadlari xalqaro va demokratik mezonlar asosida ta’riflab berildi: «Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqiy hamda erkinliklarni ro’yobga chiqarish va himoya qilish, fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish...»53 maqsadlarida tuziladi. Mamlakat tarixida ilk bor fuqarolik jamiyati institutlari -jamoat birlashmalarining mustaqilligi, ularning davlat va hukumatdan alohida faoliyat yurituvchi huquqiy sub’ekt ekanligi tan olindi. Bu holat fuqarolik jamiyatiga xos belgilardan biri edi. Qonunda davlat idoralari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashish, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat idoralari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishiga yo’l qo’yilmasligi huquqiy jihatdan mustahkamlandi.
Bu davrdagi muhim voqeliklardan biri O’zbekistonda o’tish davri uchun davlat qurilishi, bozor iqtisodiyotini shakllantirish, fuqarolik jamiyati qurish, umuman, jamiyatning barcha sohalarini isloh qilish jarayonlarini beshta asosiy printsip asosida amalga oshirishning “O’zbek modeli” kontseptsiyasining ishlab chiqilishi bo’ldi. Bu beshta asosiy printsiplarning mohiyati quyidagicha ifodalandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |