XRONOLOGIK SANALAR X– XI aa. – Yevropada ishlab chiqarish va hunarmandchilik yuksaldi.
IX– X aa. – Italiya va Fransiyaning janubida shaharlar yuksala boshlandi.
X– XI aa. – Fransiyaning shimolida, Angliya, Niderlandiya va Germaniyada shaharlar vujudga keldi.
XII– XIII aa. – Vengriya, Boltiqbo’yi, Rus yerlarida shaharlar ko’payib bordi.
XII– XIII aa. – Fransiyaning qator shaharlarida senyorlarga qarshi kurash olib borildi.
XIII– XV aa. – Levant va Shimoliy dengiz savdo yo’llari harakatda bo’ldi
XIV– XV aa. – Ganza ittifoqi.
1203– y. – Tuluza shahrida g’alla bozori ishga tushdi.
1397– y. – London shahrida birinchi yopiq bozor – Blekuelxoll qurib bitkazildi.
XIV– XV aa. – Italiyaning yirik shaharlarida dastlabki banklar paydo bo’ldi.
1409– y. – Bryugge shahrida birja tashkil etildi.
1460– y. – Antverpen shahrida birja tashkil etildi.
1462– y. – Lion shahrida birja tashkil etildi.
XI– XV aa. – Yevropada hunarmandchilik va savdo yuksaldi.
VIII asrning
ikkinchi yarmi – Xitoy, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari rivojlangan o’rta asrlar davriga o’tdilar.
IX– X aa. – Yaponiya rivojlangan o’rta asrlar davriga o’tdi.
XI – XIII aa. – Hindistonda rivojlangan o’rta asrlar davri boshlandi.
IX– XIII aa. – Xitoyda o’rta asr shaharlari vujudga keldi va rivojlandi.
1018– y. – Mahmud G’aznaviy Pratijar rojasi qo’shinlarini mag’lub etdi.
1177– y. – Yaponiyadagi Xeyyan shahri yong’in natijasida vayron bo’ldi.
XI a. – Xitoyda shaharsozlik yuksak darajaga ko’tarildi.
XVI a. – Pekin shahrida 1 mln aholi yashagan.
I a. – Yaqin Sharqda xristian dini vujudga keldi.
IV a. – Xristian dini german qabilalari orasida tarqala boshladi.
VI– VIII aa. – Angliyalik va irlandiyalik rohiblar Yevropaning eng chekka joylarida xristianlikni joriy etdilar.
IX a. – Skandinavia aholisi va vengerlar xristianlikka o’tdilar.
X a. – Polyaklar, Kiev Rusi va Bolgariya xristian diniga o’tdilar.
XII a. – Polab (Lababo’yi) slavyanlari cho’qintirildi.
XIII– XIV aa. – Pruss va litva qabilalari xristian diniga o’tdilar.
VI– XIV aa. – Yevropada xristian dini tarqaldi.
756– y. – Papa davlati tashkil etildi.
1054– y. – Xristian cherkovi rasman 2 mazhabga – katolik va pravoslav cherkovlariga bo’lindi.
1198– 1216– yy. – Papa Innokentiy III hukmronligi.
1227– 1241– yy. – Papa Grigoriy IV hukmronligi.
1096– 1270– yy. – Salib yurishlari.
1095– y. – Papa Urban IIning Klermon shahrida nutq so’zladi.
1096– 1099– yy. – Birinchi salib yurushi.
XIV a. – Tampliyerlar ordeni taqiqlandi.
XIII a. – Vengr zodagonlari Tevton ordeninig qipchoqlarga qarshi kurashga jalb etdilar.
1147– 1149– yy. – Ikkinchi salb yurushi.
1187– y. – Misr Sultoni Salohiddin Ayubiy Quddusni salibchilardan tortib oldi.
1189– 1192– yy. – Uchinchi salib yurishi.
1202– 1204– yy. – To’rtinchi salib yurushi.
1202– 1261– yy. – Lotin imperiyasi.
XII– XIII aa. – Yevropada sholi, grechka, tarvuz, o’rik va apelsin yetishtirila boshlandi.
XII a. – Yevropada shamol tegirmonlari qurila boshlandi.
XII a. – Yevropada xatlarni tashishda kaptarlardan foydalanila boshlandi.