4. Diagnostik tahlil. Bilim, ko‘nikma va malakadagi kamchiliklarni aniqlash, ularni to‘ldirish va navbatdagi o‘zlashtirish bosqichiga ko‘tarilish maqsadida tashhislashtirish amalga oshiriladi. Diagnostika quyidagi maqsadlarni amalga oshiradi:
- o‘quvchilar o‘zlashtirish darajasini tashhislashtirish;
- bo‘limlardagi yetishmovchiliklarning oldini olish;
- aniqlangan yetishmovchiliklarini to‘ldirish maqsadida maxsus topshiriqlar ishlab chiqish;
- yakuniy diagnostik tahlil qilish.
Diagnostika ta’lim texnologiyasining navbatdagi bosqichi bo‘lib, uning asosiy elementlaridan hisoblanadi. O‘zlashtirishdagi kamchiliklar sababini aniqlash, har bir o‘quvchining bilim darajasini aniqlash, rejaning borishida tuzatishlar kiritish yo‘li bilan ta’lim jarayonining kafolatlanganligi ta’minlanadi. Diagnostik tahlil nazorat turlaridan test so‘rovida amalga oshiriladi. Test so‘rovi natijalarini diagnostik tahlil qilish ikki muhim vazifani hal qiladi:
1. Qaysi o‘quvchi qaysa o‘quv birliklarida qiynaladi;
2. O‘qituvchi qaysi bilimlarini kuchaytirish lozimligini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |