Razminka Razminka maxsus tanlangan jismoniy mashqlar kompleksi bo‘lib, u har qanday sport mashqi va sport musobaqasi oldidan o‘tkaziladi. Razminka mashqlari sportchi organizmining funksional imqoniyatlarini oshiradi, uni bo‘ladigan ishga tayyorlaydi, maksimal ish qobiliyatining yuzaga kelishi uchun shart-sharoit yaratadi. Organlar ishi maksimal darajaga ko‘tarilish uchun ma’lum vaqt (3-4 daqiqagacha) talab qilinadi, shundan keyingi ishga to‘liq kirishib ketiladi. Razminka mashqlari organizmning sistemalari ishini kuchaytirish, rivojlantirish bilan birga uning ishga kirishib ketish vaqtini qisqartiradi, ya’ni organizm ishga tezroq kirishib ketadi. Razminka ikkita turga ajratiladi: umumiy razminka va maxsus razminka. Umumiy razminka ish qobiliyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, asosan vegetativ funksiyalarni kuchaytirishi bilan ifodalanadi. Ayniqsa yuqori tezlik bilan bajariladigan harakatlar uchun yurak tomir nafas organlarinng funksiyasi va tana haroratining biroz ko‘tarilishi muhim ahamiyatga ega. Maxsus razminka har bir sport turi uchun xos bo‘lgan mashqlar kompleksidan iborat bo‘lib u aynan sport turi bilan shug‘ullanganda mashq va musobaqa oldidan o‘tkaziladi. - Ishga kirishish
- Razminka mashqlar ta’sirida fiziologik funksiyalarning rivojlanishi organizmning ish qobiliyatini eng yuqori darajaga ko‘tarilishi uchun yetarli bo‘lmaydi. Aytmoqchimizki, razminka fiziologik sistemalarning safarbar etilishi to‘la ta’minlay olmaydi. Shuning uchun ham organizm asosiy ishni bajara boshlagandan keyin ma’lum vaqtgacha fiziologik funksiyalarning rivojlanishi yuz beradi. Ular bir tekisda davom etib, turg‘un holatga o‘tadi. Ishga kirishib olish muskul ishining boshlanish davrida fiziologik funksiyalarning berilgan ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo‘lgan yangi funksional darajaga asta-sekin o‘tishdir. Ishga kirishib olish davrida sportchining harakat faoliyati kuchlanish bilan bajariladigan ishga hamon moslashadi, moddalar almashinuvi ortadi, organizmning turli sistemalari faoliyati kuchayadi. Sistemalarning o‘zaro ta’siri yaxshilanadi.
- Ishga kirishish davrida fiziologik sistemalar funksiyasining bajariladigan ishga moslashishida asab sistemasi bilan bir qatorda gumoral mexanizmning ham ayniqsa ichki sekresiya bezlari faoliyatining kuchayishi muhim rol o‘ynaydi. masalan,ishga kirishish davrida qon tarkibida adrenalin, noradrenalin va gipofiz bezining garmonlarining miqdori ortadi.
- Jismonan yaxshi chiniqqan sportchi yaxshi chiniqmagan sportchiga nisbatan tezroq ishga kirishadi. Sekin bajariladigan ishga nisbatan tez bajariladigan ishga kirishish muddati qisqaroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |