Darsning maqsadi
Maqsadlar:
Ta’limiy:
1.Shaxs va narsaning nomini bildirgan so`zlar haqida
ko`plikda va birlikdagi so`zlar haqidagi tushunchalarini mustahkamlash va kengaytirish.
Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilar qalbida tabiatga bo’lgan muhabbat tuyg’ularini uyg’otish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish. .O`quvchilarning chiroyli va savodli yozuv
malakalarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:O’quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o’rganadi.
Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi, o’zbek tilida nutq tovushlarini to’g’ri qo’llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |