Mavzu;Bank –moliya tizimlarida korrupsiyani oldini olish va bank-moliya organlari xodimlaida korupsiyaga qarshi xulq-atvorni shakllantirish. Mundarija Kirish



Download 47,75 Kb.
bet1/7
Sana11.08.2021
Hajmi47,75 Kb.
#145402
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bank –moliya tizimlarida korrupsiyani oldini olish va bank-moliya organlari xodimlaida korupsiyaga qarshi xulq-atvorni shakllantirish.


Mavzu;Bank –moliya tizimlarida korrupsiyani oldini olish va bank-moliya organlari xodimlaida korupsiyaga qarshi xulq-atvorni shakllantirish.

Mundarija

Kirish

1. Bank-moliya tizimlarida korrupsiyaga qarshi munosabat


2. Bank-moliya tizimlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari

3. Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo‘lgan salbiy voqiylik.

4.Banklar tizimida yangi ”Komplaens nazorat” korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi joriy etilishi

5. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentlari tashkil etilishi


Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida monetar siyosat vositalarini takomillashtirish xususida quyidagi asosiy muammo va kamchiliklarni keltirib o’tmoq maqsadga muvofiqdir. Fikrimizcha, ularning asosiylari quyidagilar:
bilvosita vositalarning barcha yangi turlarini joriy etish; majburiy zahira talablari
me’yorini pasaytirish, Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalarini va
muomaladagi ortiqcha likvidlilikni tartibga solish mehanizmlarini rivojlantirish;
kapital bozorini to’liq shakllantirish va rivojlantirish; yalpi ichki masulot deflyatori
bo’yicha umumiy inflyatsiya indeksini yanada pasaytirish hamda pulga bo’lgan
talabni oshirish muammolarini bartaraf etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
“O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz
va uning etakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o’sish
sur’atlariga erishganimizni ta’kidlash joiz. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1
foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi 6,9
foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga
ega bo’lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi
2014 yilda 9,4 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7
foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o’sdi. Inflyatsiya
darajasi yil yakunlari bo’yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga
nisbatan sezilarli darajada pastdir”1 . Shuningdek, tijorat banklari balansida yuqori
likvidli qimmatli qog’ozlar miqdorining kamligi ham, Markaziy bankning ochiq
bozor operatsiyalarini rivojlantirish imkoniyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. 2009-
2013 yillar aprel holatiga ko’ra “ Toshkent ” RFB birja aylanmasining
ko’rsatkichlariga muvofiq 5,4 mlrd.so’mlik bitimlar imzolangan bo’lib, shulardan
2013 yil aprel holatiga Qimmatli qog’ozlar birja aylanmasining tarmoqlar bo’yicha

tarkibida banklar 67,1 % ni tashkil qilgan. 2 Bu boradagi muammolardan yana biri – monetar siyosatning iqtisodiy o’sishiga nisbatan ta’sirining zaifligi hisoblanadi.


Monetizatsiya koeffitsienti darajasining past ekanligi fikrimizning isbotidir. 2011 yilda monetizatsiya koeffitsienti 21,7 foizni, 2012 yil holatiga ko’ra esa, 22 foiz atrofida tashkil etgan. Xolbuki bu ko’rsatkich, Xalqaro valyuta fondi
ekspertlarining tavsiyasiga ko’ra, kamida 30 foizni tashkil etishi lozim.
Iqtisodiyotdagi ijobiy va salbiy holatlarni yaxshilash va bartaraf etish uchun
har qanday mamlakat hukumati har doim iqtisodiyotni barqarorlashtirishda aniq
maqsadlarga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi. Buning uchun
hukumat pul-kredit va soliq-byudjet siyosatini davlat makroiqtisodiy siyosatida
belgilangan aniq maqsadlardan kelib chiqqan holda muvofiqlashti radi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimiz iqtisodiyoti va kredit-moliya tizimida noqulay ichki va tashqi omillar sabab boʼlgan inqiroz tendensiyalari saqlab qolinmoqda. Аfsuski, korrupsiya iqtisodiyotga salbiy taʼsir koʼrsatadigan kuchli omillardan biridir. Bu yerda bank tizimi ham istisno emas.    Bank va moliya-kredit sohalaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish vositalari turlicha boʼlishi mumkin. Ushbu mexanizmda kredit tashkilotlarining ichki xavfsizlik xizmatlari va xatarlarini boshqarish, ularning vijdonsiz xodimlar tomonidan korrupsiya holatlarini zudlik bilan ochib berish qobiliyatlari, shu jumladan, eng yuqori darajadagi bank boshqaruvi muhim rol oʼynaydi.   Аfsuski, bank tizimida korrupsiyaga qarshi huquqiy tartibga solish yetarli darajada rivojlangan emas. Bundan tashqari, ushbu sohadagi korrupsiyaga qarshi vositalar asosan korrupsiya holatlarini yoʼq qilishga emas, balki ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan. Bunday holatlar barqarorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida bank tizimidagi korrupsiyani yengishning taʼsirchan va samarali mexanizmlarini izlash, tatbiq etish va sinovdan oʼtkazish dolzarbligini tasdiqlamoqda.




Download 47,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish