Mavzu№3: Axborot texnologiyalari dasturiy ta’minoti. Tizimli dasturiy ta’minot, operatsion sistema, servis dasturiy ta’minot, texnik xizmat koʻrsatuvchi dasturlar, instrumental dasturiy ta’minot. Zamonaviy operatsion tizimlar
Mavzu№3: Axborot texnologiyalari dasturiy ta’minoti. Tizimli dasturiy ta’minot, operatsion sistema, servis dasturiy ta’minot, texnik xizmat koʻrsatuvchi dasturlar, instrumental dasturiy ta’minot. Zamonaviy operatsion tizimlar.
Reja:
Reja:
Axborot texnologiyalari dasturiy ta’minoti va uning tasnifi
Kompyuterning dasturiy ta’minoti deganda, hisoblash tizimi tomonidan bajariladigan dasturlar majmui tushuniladi. Dasturiy ta’minot kompyuterning ajralmas qismi bo‘lib, u texnik vositalarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Aniq bir kompyuterning qo‘llanish sohasi uning uchun yaratilgan dasturiy ta’minotning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Zamonaviy kompyuterning dasturiy ta’minoti ko‘ngil ochar dasturlardan boshlab - ilmiy sohalarga taalluqli bo‘lgan millionlab dasturlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minotlarini quyidagi uchta kategoriyalarga ajratish mumkin:

Amaliy dasturlar, foydalanuvchilar tomonidan zarur bo‘lgan ishlarni bajarilishini bevosita taminlaydi;
Tizimli dasturlar, turli xil funksiyalarning bajarilishini ta’minlaydi, masalan: kompyuterning resurslarini boshqaradi; foydalanilayotgan axborotning nusxalarini tuzadi; kompyuter qurilmalarining ishlash imkoniyatini nazorat qiladi; kompyuter hakida ma’lumotnoma taqdim qiladi va h.k.

Instrumental dasturlar, kompyuterlar uchun yangi dasturlar tuzishni osonlashtiradi. Bu kategoriyalarning har biri o‘ziga minglab dasturlarni qamrab olishini hisobga olib, ularni qo‘yidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Amaliy dasturiy ta’minot tarkibiga kiruvchilar: matn muharrirlari va prosessorlari; elektron jadvallar; mashina grafikasi tizimlari; ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi; integrallashgan dasturlar paketi;
Amaliy dasturli ta’minot foydalanuvchining aniq muammoli amaliy dasturlarini va aniq bir muammo sohasida ishlatishga mo‘ljallangan amaliy dasturlar paketini o‘zida qamrab oladi.
Tizimli dasturiy ta’minot tarkibiga kiruvchilar: operasion tizimlar va qobiqlar; testlash va diagnostika dasturlari; tashqi qurilmalarga xizmat qiluvchi dasturlar, masalan yig‘uvchilar; arxivatorlar; antiviruslar;
Instrumental dasturiy ta’minot tarkibiga kiruvchilar: dasturlash tizimi (translyatorlar, qism dasturlar kutubxonasi va h.k.); dasturlar yaratish yoki ishlab chiqishni osonlashtiradigan dasturlash muhiti.
Axborot tizimlari nuqtai nazaridan dasturiy ta’minot deyilganda – hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish, ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarining yig‘indisi tushuniladi.
Kompyuter texnologiyalari nuqtai nazaridan dasturiy ta’minot deyilganda – bevosita hisoblash texnikasini ishini ta’minlovchi tizimli dasturiy ta’minot va amaliy masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan "Amaliy dasturiy" ta’minotlar to‘plami tushuniladi.
Umumiy ta’minlashda operasion tizimlar va texnik xizmat ko‘rsatish dasturlarini amalga oshirilishi tushuniladi.
Maxsus muammoli ta’minlashda muammoli masalalar yechimining dasturiy paketlari ishlab chiqilib, kompyuterda yechiladi. Demak, har qanday iqtisodiy jarayon muammolari dasturlash tizimlari orqali hal qilinadi.