Mavzu: Zoologiya fani va uning vazifalari. Hayvonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. 1 §



Download 4,94 Mb.
bet203/217
Sana05.04.2022
Hajmi4,94 Mb.
#529087
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   217
Bog'liq
7- sinf zoologiya konspekt

O’.I.B.D.O’._____________________________


Sana:­­­­­­­­­__________________ Sinf:________


Mavzu: Sutemizuvchilarning xilma-xilligi, tuxum qo‘yuvchilar, xaltalilar, yoldoshlilar. 61 §

Darsning maqsadi:
a) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda tabiatga bo’lgan muhabbatini oshirish.
b) ta`limiy maqsad: Sutemizuvchilarning xilma-xilligi, tuxum qo‘yuvchilar, xaltalilar, yoldoshlilar haqidagi umumiy ma’lumot, hamda eng muhim tarkibiy qismlarining tuzilishi va vazifalari to’g’risida tushuncha berish.
v) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda shaхsiy, psiхologik-gigiyenik хususiyatlarini shakillantirish.
Dars jarayonida qo’llaniluvchi metodlar: an`anaviy va interfaol metodlar, modellashtirish.
Dars jihozlari: mikroskop, o’simlik, hayvon va inson organizmi hujayralarining mikropreparatlari, o’quv filmlari, jadvallar.
Dars turi: munozara
Darsning uslubi: Muammoli ta’lim elementlarini o’z ichiga olgan noan’anaviy dars;
Darsning bогishi:
1. Tashkiliy qism
O'quvchilar bilan salomlashish, navbatchilikni yo`lga qo'yib, davomatni aniqlash, sinf xonasining gigiyenik holatini nazorat qilish.
2. O’tgan mavzular yuzasidan savollar.
3. Yangi mavzu bауоni
Sutemizuvchilar tuzilishi, ko'payishi va bolasining rivojlanish xususiyatlariga binoan tuxum qo'yuvchilar, xaltalilar va yo'l­doshlilar guruhlariga ajratiladi.
Tuxum qo'yuvchilar, ya'ni kloakalilar tirik bola tug'masdan tuxum qo'yib ko'payadi. Sut bezlarining rivojlanganligi va tanasida jun yoki qillar bo'lishi bilan ular sutemizuvchilarga o'xshaydi. Lekin ularning haqiqiy sutemizuvchilar uchun xos belgilari bir­muncha kuchsiz rivojlangan. Chunonchi, bosh miyasi ancha sod-da tuzilgan; sut bezlari so'rg'ichlari rivojlanmagan; tana harorati nisbatan pastroq (26° dan 36° С gacha) bo'ladi. Shuning bilan birga ularning tuzilishida sudralib yuruvchilarga xos bir qancha xususiyatlar (masalan, kloakasining bo'lishi, tuxum qo'yib ko'payishi) mavjud. Tuxum qo'yuvchi sutemizuvchilarga o'rdakburun va yexidna kiradi (103-rasm). Ular Avstraliya qit'asi va uning yaqinidagi orollarda tarqalgan.

O'rdakburunning o'rdaknikiga o'xshash keng va uzun muguz tumshug'i bor. Tanasi jun bilan qoplangan. U daryo qirg'oq-laridagi uyasida yashaydi. Oyog'ining barmoqlari orasidagi suzgich pardasi yordamida yaxshi suzadi. O'rdakburun tuxum qo'yib, uni bosib yotadi. Lekin tuxumdan chiqqan bolalarini sut bilan boqadi. Sut bezlari so'rg'ichlari bo'lmaganidan junining sir-tiga oqib chiqadi; bolalari ana shu sutni yalab oziqlanadi.
Yexidna — ko'rinishi tipratikanga o'xshaydigan hayvon. Tanasi uzun qillar bilan qoplangan. Urg'ochisi bitta tuxum qo'yib, uni qornidagi xaltasida olib yuradi. Uning bolasi ham onasining qorin tomonidan terisi ustiga oqib chiqqan sutni yalaydi.
Xaltalilar tuxum qo'yuvchilarga nisbatan birmuncha murakkab tuzilgan. Ular tirik bola tug'adi; kloakasi bo'lmaydi. So'rg'ichlari rivojlangan, tana harorati nisbatan yuqori (37°C gacha), bacha-doni rivojlanmagan yoki juda kuchsiz rivojlangan. Shuning uchun tug'ilgan bolalari juda kichik va zaif bo'ladi. Masalan, bo'yi 2 m keladigan kenguru bolasining uzunligi bor-yo'g'i 3 sm. Xaltalilarning urg'ochisi tug'ilgan bolasini ancha vaqt qornidagi xaltasida olib yuradi (104-rasm).
X

altalilar Avstraliya qit'asi va uning yaqinidagi orollar-da, ayrim turlari esa Mar­kaziy va Janubiy Amerikada yashaydi. Ularning 270 ga ya­qin turi ma'lum. Ulardan kenguru, koala, xaltali sich-qon, xaltali bo'ri ko'pchilikka ma'lum. Kenguru uzun va kuchli orqa oyoqlarida sakrab harakatlanadi, oldingi oyoq­lari yordamida o'tlar, shox-shabbalardan iborat ozig'ini og'ziga soladi.
Yo'ldoshlilar tuxum qo'yuvchilar va xaltalilarga nisbatan an­cha yuqori tuzilgan. Ularning homilasi urg'ochisi bachadonida rivojlanadi. Yo'ldoshlilar mayda sichqonlardan tortib, juda yirik fillargacha bo'lgan xilma-xil sutemizuvchilar, shu jumladan, de­yarli barcha xonaki hayvonlarni o'z ichiga oladi.
Sutemizuvchilar tuzilishi, ko'payishi va rivojlanishiga binoan tuxum qo'yuvchilar, xaltalilar, yo'ldoshlilarga bo'linadi.
Tuxum qo'yuvchilar sutemizuvchilar bilan sudralib yuruvchilar o'rtasida oraliq holatni egallaydi. Ular sut bezlari va junining bo'lishi bilan sutemizuvchilarga; tuxum qo'yib ko'payishi va kloakasining bo'lishi bilan sudralib yuruv-chilarga o'xshaydi. Xaltalilar juda kichik va zaif bola tug'adi; tug'ilgan bolasi onasi xaltasida rivojlanadi. Ularning bachadoni kuchsiz rivojlan­gan yoki bo'lmaydi. Yo'ldoshlilar tuxum qo'yuvchilar va xaltalilarga nisbatan ancha yuqori rivojlangan. Urug'langan tuxumi bachadonda rivojlanadi; homilasi yo'ldosh orqali ona organizmi bilan bog'langan.

Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish